|
O`qituvchining kоmmunikаtsiv vаzifаlаrni bаjаrishi hаqidа (pеdаgоgik vаziyat)
|
bet | 10/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari3.O`qituvchining kоmmunikаtsiv vаzifаlаrni bаjаrishi hаqidа (pеdаgоgik vаziyat).
Kommunikativ qobiliyati-bu pedogogik o'zaro harakat sohasida maxsus ko'rinishga ega bo'lgan muloqotga qobiliyatliligidir. Psixologik adabiyotlarda kommunikativ qobiliyatlarining bir qancha turlari ajratib ko'rsatiladi:
1) Insonning insonni tushuna olishi (inson shaxs sifatida, uning alohida jihatlarini,motiv va ehtiyojlarini baholash, tashqi xulq - atvorini ichki olami bilan bog'liqlikda ko'rib chiqish, yuz, qo'l, gavda harakatlarini «o'qish» ko'nikmasi)
2) Insonni o'z-o'zini anglay olishi (o'z bilimi, qobiliyati, o'z xarakteri va boshqa qirralarini baholash,inson boshqalar tomonidan qay tarzda qabul qilinishi va atrofdagilar ko'zi bilan baholash)
3) Muloqot vaziyatini to'g'ri baholay olishi ko'nikmasi (mavjud holatni kuzatish, uning namoyon bo'lish belgilari hamda ko'roq axborotlarni ajrata olish, ularga e'tiborni qaratish, yuzaga kelayotgan vaziyatning ijtimoiy va psixologik mohiyatini to'g'ri idrok etish va baholash).
O'qituvchining o'quvchilar bilan muomilasi jarayonida ikki xil xissiy (ematsional) holati vujudga kelishi mumkin. Pedagogning ijodiy xissiyotlari asosida o'zaro hamkorlikni tashkil eta olish haqiqiy samara beradi.
4.Pеdаgоgik mulоqоtdа muоmаlа mаdаniyati hаqidа tushunchа bеring (yuzni o`qish sаn`аti).
Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining pedagogik qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida: 1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi. 3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi. 4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi qalbiga yo‘l topadi. Yuzni o’qish san’ati – boshqa kasblar singari o’qituvchilikka ham xos bo’lgan sifatlardan biridir. Yuzni o’qish, ya’ni biror shaxsning o’z fikrini namoyon (ya’ni og’zaki va yozma xolatda) qilmaganda uning yuz tuzilishi, yuzidagi a’zolarning ba’zi bir harakatlaridan anglash, tushuncha olishdir. Yuzni o’qish avvalo psixologik jihatdan idrok, diqqat va kuzatuvchanlikka bog’liqdir. Insonlarning xursandligini uning yuzidagi ko’rinib turgan tetiklik, xushchaqchaqlikdan anglashimiz yoki xafalikni esa yuzlarning mayus tortganligi, ko’zlarning toliqib ko’rinishidan bilishimiz mumkin.
|
| |