Pеdаgоgning his-tuyg`ulаri vа kаyfiyatini bоshqаrа оlishi, o`z zimmаsigа jаvоbgаrlikni оlа bilishi, ijоdiy hоlаtni tаshkil etа оlishi kаbi sifаtlаri hаqidа




Download 122,92 Kb.
bet18/74
Sana19.06.2024
Hajmi122,92 Kb.
#264517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74
Bog'liq
Ped mahorat variant javoblari

3.Pеdаgоgning his-tuyg`ulаri vа kаyfiyatini bоshqаrа оlishi, o`z zimmаsigа jаvоbgаrlikni оlа bilishi, ijоdiy hоlаtni tаshkil etа оlishi kаbi sifаtlаri hаqidа.
O’qituvchi o’z ijodiy kayfiyatini vujudga keltirish uchun psixologik yo’nalishlarning xilma-xil usullarini bilish kerak. Bu, darsni fikran xayoldan o’tkazish va loyihalash, har bir o’quvchi qalbiga oson yo’l topa olish mahorati, muloqot madaniyati. O’qituvchi ijodiy kayfiyatini avvalo o’zi yaratadi, bu uning xarakter xususiyatidan, o’z kasbiga nisbatan munosabatidan paydo bo’ladi. Muomalada ijodiy kayfiyatni vujudga keltirish va saqlashning muhim vazifasi o’qituvchining o’rganilayotgan yangi o’quv materialiga nisbatan o’z hissiy munosabatini ifodalashda topgan tashqi shakllarni mustahkamlashdir, u o’qituvchi tomonidan quyidagi yo’llar orqali amalga oshiriladi: darsning borishini, tadbirni fikran yodga tushirish; ko’zgu oldida takrorlash; namuna sifatida san’at (adabiyot, kino, rangtasvir) asarlaridagi vaziyatlardan foydalanish.Pedagogik mahoratning yordamchi tarkibiy qismlari:
Nutq malakalari
Tushunarli ta’sirchan fikr va his-tuyg’ularni so’zda aniq ifodalash
Mimika va pantomimika
Ma’noli qarash
Hissiy psixik holat
Kayfiyat yoki istehzoli tabassum
Savodli gapirish
Aniq imo-ishora
Rag’batlantiruvchi munosabat
Ijodiy jiddiylik.
Kan-Kalikning fikricha “estetik his-tuyg’u” dan boshqa his-tuyg’u yo’q. Yuqorida keltirilgan sohalar: mehnat, sa’nat, intellektual ish va boshqalar faqat estetik his-tuyg’uni paydo qiladi. Albatta, his-tuyg’u yuqoridagi sohalarning go’zalligi, yuksakligi, ajoyibligi bilan ijobiy his-tuyg’uni yuzaga keltiradi. Agar mehnat, san’at va boshqalar arzimas, ko’rimsiz, hunuk bo’lsa salbiy his-tuyg’udan boshqa hyech nimani uyg’otmaydi. Bu his-tuyg’ular tashqarida namoyon bo’lganda qaddi-qomatimizda nafas olishimizda, ovozimizda, qo’l harakatimizda va boshqa joylarda kuchayadi. Ichkarida esa ichki sekresiya bezlarining kuchli ishlashi natijasida qonda adrenalining miqdori oshadi, yurak-qon tomirlari va boshqa a’zolarning ishi kuchayadi. O’qituvchi faqat inson fiziologiyasini bilib qolmasdan, balki o’zining his-tuyg’usini rivojlantirish bilan shug’ullanishi ham kerak.

Download 122,92 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   74




Download 122,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pеdаgоgning his-tuyg`ulаri vа kаyfiyatini bоshqаrа оlishi, o`z zimmаsigа jаvоbgаrlikni оlа bilishi, ijоdiy hоlаtni tаshkil etа оlishi kаbi sifаtlаri hаqidа

Download 122,92 Kb.