|
А.Kоmеnskiy, А.Distеrvеrg, K.D.Ushinskiy vа K.S.Stаnislаvskiylаrning tа`lim-tаrbiya rivоjidаgi qаrаshlаri
|
bet | 17/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari5.А.Kоmеnskiy, А.Distеrvеrg, K.D.Ushinskiy vа K.S.Stаnislаvskiylаrning tа`lim-tаrbiya rivоjidаgi qаrаshlаri.
Komenskiy o'z pedagogik qarashlarida insonni tabiatni bir qismi deb hisobladi va tabiatdagi barcha mavjudodni yagona bir qonunga bo'ysunadi, degan g'oyani olg'a suradi. Uning fikricha, ta'limni, bolalarni narsa va mavjudodlar bilan tanishtirishdan, ularni idrok qildirishdan boshlash, undan keyin ularga xos xususiyatlarni o'rganishga o'tish zarur.Komenskiy barcha bolalarni bilimlarni idrok qilishga qodir deb hisoblab, "barchani hamma narsaga o'rgatish" zarurligini, ta'limning umumiy bo'lishini talab qiladi. Komenskiy maktab bolalariga har tomonlama bilim berishi, ularning aql-idroki, axloqi, his-tuyg'ulari va irodasini rivojlantirishi lozimligini ta'kidlaydi. Ushinskiy tarbiyani shaxsni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy shakllantirishga qaratilgan yaxlit jarayon deb bilgan va bunda axloqiy tarbiya asosiy oʻrinni egallashi lozim deb hisoblagan. Maktabda oʻquvchilar mehnatiga taʼlim va tarbiyaning muhim omillaridan biri sifatida qaragan. Ushinskiy ning axloq va axloqiy tarbiya toʻgʻrisidagi qarashlarida xalqchillik gʻoyalari aks etgan. Ushinskiy yaxlit didaktik tizimni ishlab chiqqan. Unda taʼlim mazmunini tanlash hamda uni bolalarning yosh xususiyatlariga moslashtirish masalalari ochib berilgan. Ushinskiy oʻqitishning psixofizik tabiatini tadqiq etdi, diqqat, qiziqish, xotira, xayol, hissiyot, tafakkur kabi psixologik mexanizmlarni tahlil qildi. Oʻzining "Inson tarbiya predmeti sifatida" degan asarida psixologiyani tajriba maʼlumotlariga asoslanib tuzishga harakat qildi.
7-variant
1.Pеdаgоgik nаzоkаtning mоhiyati vа хususiyatlаri.
"Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari
O‘qituvchining pedagogik nazokati mohiyatida avvalo etnopedagogik tuyg‘ular, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analar, o‘zbekona tavoze va muomala madaniyati, o‘quvchilar jamoasiga singib keta oladigan har qanday ijtimoiy muhitga moslashuvchi individual qobiliyatlar, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar mujassamlashgan bo‘ladi. Hozirgi kunda informatsion jarayonning jadal rivojlanishi o‘quvchi ruhiyatiga keskin ta’sir qiladi. Ularning psixologik xususiyatlarini, ruhiy holatini bir maromda ushlab turish uchun o‘qituvchidan kuchli iroda, muomala madaniyati va bosiqlik, pedagogik mahoratning keng imkoniyatlaridan foydalanish talab qilinadi. Ysh avlod tarbiyasida o‘qituvchi eng qiyin vaziyatlarda ham pedagogik nazokatning quyidagi holatlariga rioya qilishi va ushbu faoliyatga o‘zini moslashtirishi lozim:
emotsional his tuyg‘ular va kechinmalarda, stress va affekt holatlarida o‘zini boshqara olish qoidalariga rioya qilish; o‘zining xulq-atvor xususiyatlarini doimiy bir muvozanatda saqlagan holda qo‘llash; bachkana qiliqlar, ortiqcha hatti-harakatlar, pedagogik etikaga to‘g‘ri kelmaydigan bema’ni so‘zlardan o‘zini qat’iy tiyish; o‘qituvchiga xos notiqlik san’ati sirlarini puxta egallash, o‘quvchi shaxsiga og‘ir ta’sir etadigan, uning ruhiyatini jarohatlaydigan iboralarni ishlatmaslik, muomalada, jazo metodlaridan foydalanishda qo‘pol va dag‘al so‘zlar qo‘llamaslik; dars jarayonida hissiy, aqliy bilim berishda belgilangan muayyan psixologik va fiziologik me’yorlarga asoslanish, manmanlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z holatidan boshqa holatga o‘tishdan saqlanish; o‘qituvchilar jamoasi va o‘quvchilar bilan, ota-onalar hamda notanish kishilar bilan munosabatda kommunikativ qobiliyatning rasmiy va qat’iy muomala hamda ishbilarmonlik uslublariga asoslanish."
2.Buyuk аllоmаlаr Аbu Rаyhоn Bеruniy, Аbu Nаsr Fаrоbiy, Ibn Sinо, Аbu Аbdullоh, Аl Хоrаzmiy, Mаhmud Qоshg`аriy, Zаmаhshаriy, Аbu Yoqub Sаkkоkiylаrning tа`lim-tаrbiya hаqidаgi fikrlаri tаhlili.
"Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».
Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.
Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi."
|
| |