O`qituvchi nаzоkаtidа dilkаshlik vа pеdаgоgik tаkt




Download 122,92 Kb.
bet25/74
Sana19.06.2024
Hajmi122,92 Kb.
#264517
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Bog'liq
Ped mahorat variant javoblari

5.O`qituvchi nаzоkаtidа dilkаshlik vа pеdаgоgik tаkt.
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo’lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin muno­sabatda boiishga intilishi deb ta'riflanadi. Bu intilish o'qituvchining o'quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o'rnata olishi va belgi-langan maqsadga erishishini ta'minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo'lmaydi, ayniqsa yosh o'qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixologlar o'qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta'kidlaydilar:
Birinchisi, ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta'sirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi, introvert shaxslar: Ular faqat o'z ichki olamiga beriluv-chan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o'z-o'zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir. Pedagog olimlar o'qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo'lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo'lishini ta'kidlaydilar. Biroq, ko'pincha, pedagogikada ekstravert tip-US dagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e 'tirof etilganlar. O'qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir. Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda o'z kasbiy faoliyatida mujassamlashtirgan o'qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak:
• sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga ega boiishi;
•o'quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o'quv-chiga individual shaxs sifatida yondashishi;
• birorta ham o'quvchisining yomon bo'lishiga, ularning hurmat e'tiborini qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi;
• biror o'quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf ja-moasi bilan o'zaro yaxshi munosabatni yo'lga qo'yilishiga xalaqit qili-shini bilishi;
• o'quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardi-natsiya) saqlash mumkin emasligi;
• sinf jamoasida sodir boiadigan kulgili vaziyatlarda o'qituvchining o'ta jiddiy va qat'iy bo'lishi jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib yuborishini unutmasligi;
• har bir o'quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy) o'qituvchi va o'quvchi orasidagi munosabatni mustahkam-laydigan ko'prik ekanligini unutmaslik."

Download 122,92 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Download 122,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`qituvchi nаzоkаtidа dilkаshlik vа pеdаgоgik tаkt

Download 122,92 Kb.