|
1-variant Pеdаgоgik mаhоrаt hаqidа tushunchа, uning mаqsаdi, prеdmеti vа vаzifаlаri
|
bet | 33/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari2.Pеdаgоgning o`quvchi-tаlаbаlаr o`rtаsidаgi kеlishmоvchiliklаr vа ulаrni bаrtаrаf etishning o`zigа хоs хususiyatlаri. 4 tа pеdаgоgik vаziyat оrqаli misоllаr bilаn tushuntiring.
"Pedagogik jarayondagi muhim hodisalardan biri - nizo sanaladi. Nizo - qarama-qarshi, bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan kuchlar to‘qnashuvi, ikki yoki undan ko‘p taraflar orasida o‘zaro kelishuvning yo‘qligini, manfaatlar to‘qnashuvini ifodalovchi ziddiyat. Pedagogik nizo bu - pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama- qarshilik o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir. Pedagogik nizo bu o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida muammolar tortishuvlar, kelishmovchiliklar bo‘lib o‘qituvchi shu muammolarni oldini olishi, unga yo‘l qo‘ymasligi, va shu muammolarni echimini topishi kerak. Pedagogik nizo bir qator belgilarga ega. Unga xos bo‘lgan asosiy belgilar quyidagilardir:
inqiroz;/ anglashilmovchilik; /kutilmagan hodisa; /zo‘riqish; /noqulaylik; /ichki yoki tashqi xavotir; /bartaraf etish qiyin bo‘lgan qo‘rquv.
Pedagogik nizolarning asosiy turlari: Ichki shaxsiy nizo. Motivatsion nizo. Amalga oshirilmagan faoliyat nizosi. Axloqiy nizo. Shaxslararo va guruhlararo nizolar. Davomiyligiga ko‘ra pedagogik nizolar bir necha turlarga bo‘ladi. Ularning asosiy turlari quyidagilardir:
tezda yakun topadigan nizolar; //kuchsiz, sust kechadigan nizolar; //uzoq muddat davom etadigan nizolar; kuchli, tez kechadigan nizolar."
3.Tаrbiyachilik mаhоrаtining tаrkibiy qismlаri.
Pedagogikada o‘qituvchining tarbiyachilik mahorati doimiy o‘zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari o‘qituvchining tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi. Tarbiyada maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va o‘qituvchi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra o‘qituvchiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilayotgan maqsad – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa – bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat. Texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimidir. Bu tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olishi va boshqarishining ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi ijodiy izlanishlar tufayli, o‘quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tarbiyachi-o‘qituvchining o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashi bilan murakkab masalalarni hal qilish uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarni muvaffaqiyatli uyushtirish o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikrlashlarini, o‘z fikr mulohazalarini cho‘chimasdan to‘g‘ri tasavvur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi. Tarbiyachi-o‘qituvchining mahorati har bir o‘quvchiga alohida yondashuvni topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan holatlarda uning faolligini oshirishga karatiladi. Tarbiyachi-o‘qituvchi tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozim."
|
| |