• 12-variant 1.Pеdаgоgning pеrtsеptiv (o`quvchi, tаlаbаlаrni tushunish) хаtоlаri.
  • O`qituvchi nаzоkаti vа оdоbini shаkllаntirish, rivоjlаntirish yo`llаri hаmdа ungа erishish shаrt-shаrоitlаri




    Download 122,92 Kb.
    bet32/74
    Sana19.06.2024
    Hajmi122,92 Kb.
    #264517
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
    Bog'liq
    Ped mahorat variant javoblari

    5. O`qituvchi nаzоkаti vа оdоbini shаkllаntirish, rivоjlаntirish yo`llаri hаmdа ungа erishish shаrt-shаrоitlаri.
    Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‘indisidir.Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta’minlovchi omillar: pedagogik nazokat o‘qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib takomillashib boruvchi jarayon; pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo‘lmay, insoniy fazilatlar evaziga uzluksiz boyib boradi; o‘qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning yashash tarziga, urf-odatiga qarab o‘zgartirishi mumkin; o‘qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi talab etiladi; pedagogik nazokatni o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda o‘zi uchun eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi. o‘z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo‘yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, kamtarligi, samimiy muomalasi pedagogik nazokatning zarur talablaridir. Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchining mehribonligida tarbiyada talabchanlik va qattiqqo‘llik hislatlari mujassamlashgan bo‘ladi. Pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini o‘zining dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi.O‘qituvchi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho berishi, o‘quvchilarning hatti-harakatini to‘g‘ri idrok etishi, sabot va matonat, o‘zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan erishadi.
    12-variant
    1.Pеdаgоgning pеrtsеptiv (o`quvchi, tаlаbаlаrni tushunish) хаtоlаri.
    "O‘qituvchining xatolari. O‘quvchilar bilimini baholashda eng jiddiy xatolardan yana biri turli guruhlariga sub’ektiv yondoshishdir. Bu o‘qituvchi tomonidan ayni bir javob uchun, ayni bir ish uchun turli o‘quvchilarni baholashdagi tofovutlarda aks etadi.Tofovutlar ba’zan ikki ballgacha tushadi. Yillar o‘tishi bilan o‘qituvchidan o‘quvchilar turli guruhlariga nisbatan muayyan tasavvur va unga muvofiq holda munosabat shakllanib boradi. Bu narsa o‘zlashtirgan va o‘zlashtirmagan o‘quvchilarga munosabatda yorqin namoyon bo‘ladi. O‘qituvchilar bir xil o‘quvchilarni (o‘zlashtirayotgan) doim maqtaydilar, boshqalarni (o‘zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o‘zlashtirmayotganlarga, odatdaa, o‘zlashtirgan sinfdoshlariga nisbatan tez-tez va qattiq tanbeh beradilar. Yanglish munosabat yana shunda namoyon bo‘ladiki, o‘qituvchilar yaxshi o‘zlashtiruvchilarga nisbatan yomon o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni javob berishga kam taklif etadilar. Javobni o‘ylash uchun ularga juda oz vaqt beradilar. Mana bunday vaziyatga e’tibor qiling. Doska yonida past o‘zlashtiradigan o‘quvchi javob bermoqda. Ishonchsiz o‘rinsiz javob bermoqda. Bunday holatda o‘qituvchining munosabati qanday bo‘ladi? U o‘quvchi gapini shartta bo‘lib, unga “ikki” qo‘yadi va joyiga o‘tqizadi: “Sen yana dars tayyorlamabsan”, “Sen hech odam bo‘lmaysan”, “Senga o‘rgatsa ham, o‘rgatmasa ham befoyda ekan” deb uni izza qiladi."



    Download 122,92 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




    Download 122,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`qituvchi nаzоkаti vа оdоbini shаkllаntirish, rivоjlаntirish yo`llаri hаmdа ungа erishish shаrt-shаrоitlаri

    Download 122,92 Kb.