Pеdаgоgik tехnikа vа uni shаkllаntirish uslublаri




Download 122,92 Kb.
bet34/74
Sana19.06.2024
Hajmi122,92 Kb.
#264517
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Bog'liq
Ped mahorat variant javoblari

4.Pеdаgоgik tехnikа vа uni shаkllаntirish uslublаri.
"Ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnikaning ya'ni jamoa va shaxs bilan muloqot qilish mahorati, muloqot jarayonini nazorat qila olish, jamoani tashkil qilish, o’z kayfiyatini, ovozini va harakatlarini boshqara olish mahoratining o’rni ham muhimdir. Pedagogik texnika haqida A.S.Makarenko shunday deydi: «Chiroyli ovoz faqat kuylash yoki so’zlashish uchun emas, balki o’z fikr va his-tuyg’ularini aniq, ta'sirchan ohangda ifodalash uchun ham kerakdir. Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, pedagogik texnika bu – o’qituvchining o’quvchilarga shaxsan ta'sir o’tkazish usullarining yig’indisidir. Pedagogik texnika tarkibiy qismlari 2 qismga bo’linadi:
1-guruh pedagogning o’z hulqini boshqara olish mahorati bilan bog’liq bo’lib, unga o’z organizmini boshqarish (mimika, pantomimika), kayfiyat va his-tuyg’ularini boshqarish, ijtimoiy perqepqiya malakasi (yuz ifodasini o’qiy olish), nutq texnikasi (nafas olish, tovushni to’g’ri tutish, dikqiya) kabilar kiradi.
2-guruh shaxsga va jamoaga ta'sir eta olish mahorati bilan bog’liq bo’lib, ular pedagogik muloqot texnikasi, talab qo’ya olish texnikasi, tartib o’rnatish texnikasi, rag’batlantirish va jazolash texnikasi kabilardan iborat.
Mimika – o’zining fikr-mulohazalarini, his-tuyg’ularini, kayfiyatini yuz muskullari harakati orqali ifodalash san'ati. Ko’pincha yuz ifodasi so’zlardan ko’ra kuchliroq ta'sir qiladi. Mimika nutq mazmuniga mos bo’lishi kerak. U orqali ishonch, tasdiqlash, nozilik, hursandchilik, befarqlik, zavqlanish, qiziqish, hafa bo’lish kabi tuyg’ularni ifodalashga yordam beradi. Mimika detallari – qosh, ko’z, yuz muskullari. Shuning uchun o’qituvchi doimo’quvchilarga qarab gapirishi kerak. O’quvchilar o’qituvchining ko’z qarashlariga qarab kayfiyatini, munosabatini aniqlaydilar. Shu sababli o’qituvchining ko’zi his-tuyg’ularni ifodalabgina qolmasdan, o’quvchilarga taalluqli bo’lmagan his-tuyg’ularni yashira olishi ham kerak. Pantomimika – fikrlarini ifodalashda qo’l, bosh va umuman gavda harakatlari, imo-ishoralardan foydalanish. Ijtimoiy perqepqiya – o’quvchilarning yuz ifodalari, ko’z qarashlaridan ular psixologiyasini, kayfiyatini aniqlash. Mutlaqo to'g’ri bo'lgan pedagogik tadbirni yoki sistemani o'rnatish mumkin emas. Hozirgi daqiqa, hozirgi bosqich sharoitlari va talablaridan kelib chiqmaydigan har qanday qotib qolgan qoida har doim noto'g’ri qoida bo'ladi,- deb yozgan edi L. S. Makarenko, L. M. Gorkiyga yo'llagan maktubida.Pedagogik san'at vaziyat bilan bog’liq. Bu erda har gal hamma narsa yangidan sodir bo'lganday tuyuladi.
5.Shаrq mutаfаkkirlаri Аl-Хоrаzmiy, Аbu Rаyhоn Bеruniy, Аbu Аli ibn Sinо, Аlishеr Nаvоiy, Аbdullа Аvlоniy, Yusuf Хоs Хоjib, Kаykоvuslаrning ijоdiy mеrоslаridа mulоqоt vа muоmаlа mаdаniyati, munоsаbаtgа kirishish mаhоrаti, ulаrni egаllаshgа qo`yilаdigаn tаlаblаr hаqidаgi ilg`оr fikrlаr.
"Sharqda va`zxonlik-balog’a, balog’at (chechanlik, notiqlik) deb yuritilgan va notiqlik san`ati rivojlanishi bilan nutq oldiga qo`yilgan talablar ham murakkablashib bordi. Buyuk allomalardan Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Mahmud Koshg’ariy, Zamaxshariy, Abu Ya`qub Sakkokiylar ham tilga, lug’atga so`z odobi, grammatika va mantiqshunoslik ilmiga doir asarlar yozganlar, boshqa sohalarga doir yozgan asarlarida ham nutq madaniyati masalalariga katta e`tibor berganlar. Mana shunday Sharq mutafakkirlaridan biri Abu Rayhon Beruniy. Butun umrini ilm-fanga baxshida etgan olim Xorazmdagi notinchliklar tufayli bir muddat Jurjonda-shoh Qobus huzurida istiqomat qiladi, ilmiy asarlar yaratadi. Qobusga bag’ishlab “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarlarini yozdi. Beruniy “Geodeziya” asarining kirish qismida fanlarning paydo bo`lishi, tarmoqlanib ko`payishi haqida so`z yuritib, har bir fan inson hayotidagi zaruriy ehtiyoj tufayli paydo bo`ladi deb fikr bildiradi. Olimning fikricha –grammatika, aruz va mantiq shu zaruriy ehtiyoj hosilasi, mevasi. Inson nutqi o`z tuzilishiga ko`ra rost va yolg’onni ifodalashi mumkin. Bu munozaraga sabab bo`ladi. Bu munozaralar jarayonida inson rostni yolg’ondan ajratib oladi, rostni yolg’ondan ajratadigan mezon yaratadi. Bu mantiq fani hisoblanadi. Mantiqning sillogizmi (qiyosi) rostni yolg’ondan ajratish vositasi bo`ladi. Nutqdagi shubhali o`rinlar sezilsa ular “mezon” asosida tuzatiladi. Abu Rayhon Beruniy mantiq ilmini o`rganmasdan uni malomat qiladiganlarga achinib shunday yozadi: “Agar u dangasalikni tashlab oromga berilmasdan gap bilan bog’lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she`r o`lchovi) va mantiq (logika) ni mutolaa qilganda edi, so`z (nutq) zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bo`lardi”. Beruniy nutqning nazm va nasr ko`rinishlari borligini ko`rsatadi."

Download 122,92 Kb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Download 122,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pеdаgоgik tехnikа vа uni shаkllаntirish uslublаri

Download 122,92 Kb.