• 5.Yunоn fаylаsuflаri аsаrlаridа o`qituvchilаrning kаsbiy mаhоrаti hаqidаgi g`оyalаri.
  • Eng qаdimgi dаvrlаrdаn erаmizning ХII аsrlаrigаchа o`qituvchilik fаоliyati to`g`risidа ijtimоiy qаrаshlаr




    Download 122,92 Kb.
    bet42/74
    Sana19.06.2024
    Hajmi122,92 Kb.
    #264517
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
    Bog'liq
    Ped mahorat variant javoblari

    4.Eng qаdimgi dаvrlаrdаn erаmizning ХII аsrlаrigаchа o`qituvchilik fаоliyati to`g`risidа ijtimоiy qаrаshlаr.
    Madrasa arab tilida dars olib boriladigan joy, talabalar bilim olidigan bino demakdir. Madaris - bu madrasalarning ko'pligi. Islomning qadimgi davrlaridagi masjidlar talim berilgan joylar edi. Talim faoliyatining ko'payishi va xilma-xilligi bilan ta lim markazi masjidlardan madrasalarga o'tishni boshladi. Bir tomondan madrasalar boshqa tomondan masjidlarning o'rnini bosa boshlagach, masjidlar ham yangi ta lim markazi sifatida faoliyat yuritmoqda edi. Biroq, masjidlar ibodat markazlari bo'lganligi sababli, ta lim faoliyati ortish natijasida darslar va ibodatlarning birgalikdagi olib borish ehtiyoji natijasida yuzaga kelgan ba zi muammolarni to'liq hal qila olmaydilar bu kabi muammolar esa madrasa muassasalarini barpo etishni majburiylashtirdi. Shuningdek, bir tomondan masjidlarda ibodat qilinadigan joylair bo'lgan boshqa tomondan, masjidlarda dars jarayonidagishovqinli va bahs munozarali holatlar ibodatga kelgan insonlar uchun kop ham uyg'un muhit emas edilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o’rni beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Shax Ma’mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo’lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma’mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma’mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini) tashkil qildi. U Ma’mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug’ mutafakkirlar Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg’oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko’pgina mamlakatlaridan kelgan ulug’ allomalar ham bor edi.
    5.Yunоn fаylаsuflаri аsаrlаridа o`qituvchilаrning kаsbiy mаhоrаti hаqidаgi g`оyalаri.
    Antik davrdagi maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. Qadimgi YUnonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so‘zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi V asrda Afina yaqinidagi Akadema so‘zi bilan nomlanuvchi joyda Platon o‘z shogirdlariga ma’ruzalar o‘qigan bo‘lib, keyinchalik ta’lim-tarbiya berish uchun tashkil etiluvchi maskanlar ham shunday nom bilan atala boshlangan. Qadimgi Yunonistonda bolalarga ta’lim-tarbiya berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan edi.
    Ular notiqlik san’atining etuk namoyondalari bo‘lib, o‘zlarining chiroyli so‘zlari, baland va ta’sirchan ovozlari bilan ta’lim oluvchilarning tafakkuriga, ongiga kirib borganlar, ta’lim va tarbiyada ulkan yutuqlarga erishganlar. Shu sababli, notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’ati bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida tan olingan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita sifatida rivojlantirganlar.
    Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning eng takomillashgan davri bo‘lgan. Shu sababli “Notiqlik san’ati” ham qizg‘in rivojlangan davr hisoblanadi. Bu davrda notiqlikning uchta qonuniyati umumiy shior sifatida e’tirof etilgan: o‘quvchilarga tushuntirish (ma’lum bir mavzuni); o‘quvchilar ongini uyg‘otish (inson tafakkurini, ongini, maqsadini); har bir tinglovchiga huzur-halovat va qoniqish uyg‘otish. Yunonistonda notiq ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda o‘quvchilarga, ya’ni “tinglovchilarga halovat bag‘ishlash” orqali ularni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchga sadoqatli bo‘lishga, yaxshi amallarni bajarishga, axloq va odob qoidalariga rioya qilishga chorlar edi. Bu uning jamiyat oldidagi asosiy vazifasi hisoblanardi. Notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va chiroyli nutqlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Dinarx, Giperid, Gorgiy, Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen kabi namoyondalar mashhur davlat arboblari bo‘lib etishganlar. Yunon faylasuflari o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya berishda og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmi qoidalarini chuqur o‘zlashtirishlari lozimligini qat’iy talab qilganlar. Shuning uchun pedagog o‘qituvchilar o‘z fikrlari va tuyg‘ularini o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta’sir o‘tkazganlar. Har bir pedagog o‘zlarining notiqlik san’ati ustida tinimsiz mashg‘ulotlar olib borganlar, sehrli ovoz sohibi bo‘lish uchun nutq texnikasining barcha qonuniyatlariga amal qilganlar. Ular o‘z nutqlarini mafkuraviy va siyosiy kurash hamda yosh avlodni tarbiyalash quroli deb hisoblaganlar. Mashhur faylasuf olim Sokrat (eramizdan avvalgi 469 ─ 399) o‘quvchilar bilan savol-javob usuli orqali ta’lim-tarbiya berishning suhbat metodiga asos solgan. Sokratning shogirdi Platon o‘z ustozi g‘oyalarini davom ettirib, o‘quvchilar bilan savol-javob usulini notiqlik san’atining bir shakli sifatidagi ahamiyati cheksiz ekanligini bayon etadi hamda uni inson tafakkuri va ongini, dunyoqarashini og‘zaki nutq bilan boyituvchi noyob uslub sifatida baholaydi. Yunonistonda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda notiqlik san’atining ahamiyatini yoritib berish hamda uning rivojlanishi faylasuf olim Demosfen (eramizdan avvalgi 384-322) nomi bilan uzviy bog‘langan. U yoshlik yillaridanoq notiqlik san’atiga qiziqdi. Tug‘ma duduq bo‘lishiga qaramasdan, o‘quvchi va tinglovchilarning istehzolariga bardosh berib, qizg‘in va shiddatli mehnati bilan notiqlik mahoratini namoyish eta olgan. Barcha dunyoviy bilimlarni faqat notiqlik san’atining olijanob qudrati asosida tinglovchilar tafakkuriga etkazish mumkin deb ta’kidlagan edi faylasuf. Faqat Demosfen Yunonistonda notiqlik san’atining etuk namoyodasi, ya’ni elitasi sifatida mashhur bo‘ldi. U davlat tribunasini siyosiy va mafkuraviy kurash maydoniga aylantirdi.



    Download 122,92 Kb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




    Download 122,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Eng qаdimgi dаvrlаrdаn erаmizning ХII аsrlаrigаchа o`qituvchilik fаоliyati to`g`risidа ijtimоiy qаrаshlаr

    Download 122,92 Kb.