-variant 1.Nоtiqlik sаn`аtining kеlib chiqish tаriхi




Download 122,92 Kb.
bet43/74
Sana19.06.2024
Hajmi122,92 Kb.
#264517
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
Bog'liq
Ped mahorat variant javoblari

15-variant
1.Nоtiqlik sаn`аtining kеlib chiqish tаriхi.
"notiqlik san’ati va nutq madaniyatining nazariyasiga, uning cheksiz tarbiyaviy ahamiyatiga ilk marotaba qadimgi Yunonistonda asos solinganligi ilmiy adabiyotlarda bayon etiladi. Yunonistonda epos, lirika, drama, haykaltaroshlik, musiqa va me’morchilik san’atlari bilan birga notiqlik san’ati ham murakkab va muhim san’at asari sifatida e’tirof etilgan. Notiqlik san’atini davlatning muhim ijtimoiy-siyosiy ishlariga taalluqli faoliyatdagi ahamiyati uchun hamda yosh avlodni tarbiyalashda ular ongi va tafakkuriga qizg‘in ta’sir etuvchi murakkab vosita ekanligi uchun Yunonistonda uni “San’atlar shohi” deb atashgan. Eramizdan avvalgi V asr Yunonistonda “Notiqlik san’ati”ning eng takomillashgan va rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda notiqlik san’atining quyidagi uchta qonuniyati qizg‘in takomillashtirilib, notiqning unga jiddiy e’tibor berishi talab qilingan: tinglovchiga tushuntirish (ma’lum bir g‘oyani) tinglovchining tafakkurini uyg‘otish (fikrini, ongini, maqsadini); tinglovchini o‘ziga jalb qilish (huzur-halovat va qoniqish hissini uyg‘otish asosida). Notiqlar ushbu qonuniyatlarga amal qilgan holda “tinglovchilarga halovat bag‘ishlash” orqali odamlarni ezgulikka, adolatparvarlikka, vatan oldidagi burchlariga sadoqatli bo‘lishga, eng yaxshi insoniy fazilatlarga amal qilib, ularni doimo bajarishga, odob va axloq qoidalariga rioya qilishga chorlar edilar. Bu ularning asosiy vazifasi hisoblanardi. Yunonistonda notiqlik san’atini chuqur egallagan, o‘zlarining go‘zal va chiroyli nutqlari hamda noyob asarlari bilan jamiyatda hurmat va e’tibor qozongan Sokrat (Suqrot), Platon (Aflotun), Dinarx, Giperid, Gorgiy (Horgiy), Isokrat, Isey, Esxil, Demosfen, Sitseron, Kvintilian kabi namoyondalar Yunonistonning mashhur davlat arboblari bo‘lib yetishganlar. Yunon notiqlari og‘zaki nutqning shakl va qonuniyatlarini, mulohaza va isbot kabi mantiq ilmining qoidalarini chuqur o‘zlashtirganlar. Ular o‘z fikrlari va tuyg‘ularini ruhan o‘quvchilar hamda tinglovchilar tafakkuri va ongiga chuqur singdira olganlar va keskin ta’sir o‘tkazganlar. "

Download 122,92 Kb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Download 122,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-variant 1.Nоtiqlik sаn`аtining kеlib chiqish tаriхi

Download 122,92 Kb.