|
Еvrоpа оlimlаri o`qituvchilаrning kаsbiy mаhоrаtini tаkоmillаshtirish to`g`risidаgi fikrlаri
|
bet | 46/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari5.Еvrоpа оlimlаri o`qituvchilаrning kаsbiy mаhоrаtini tаkоmillаshtirish to`g`risidаgi fikrlаri.
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi muammolar evropa olimlari YA. A. Komenskiy, Djon Lokk, G.Pestalotssi, A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog YA. A. Komenskiy o‘qituvchining eng muhim xususiyatlari qatoriga bolalarni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, iqtidori, kobiliyati kabilarni kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab beradi.
YAn Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchilarning bola dunyoqarashini rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o‘qituvchilik «er yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta’kidlaydi. Muallifning fikricha, o‘qituvchi o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. YA.A.Komenskiy o‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi. I.G.Pestalotssi o‘qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, asosan uning xalq ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib o‘tadi. A. Disterverg o‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho berib, u o‘z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‘qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lishi kerakligini takidlab o‘tgan.
16-variant
1.Shаrqdа, jumlаdаn, Mоvаrоunnаhrdа bаdiiy, ilmiy ijоd tаrаqqiyoti.
O'rta Osiyo adabiyoti, uning istiqboli va taraqqiyotiga Yaqin va Uzoq Osiyo so'z san'ati bevosita o'z ta'sirini ko'rsatgan. Islom dini Movarounnahrga kirib kelgach, ko'plab sohalar singari badiiy so'z qudratida ham o'zini namoyon qila boshladi. Aruz vazni va uning keng imkoniyatlari xalq lirikasiga singib, ijodkor bilan simfonik uyg'unlikni hosil qildi. Didaktik ruhdagi ta'lim asarlarga singdirildi. Ushbu davrda yaratilgan asarlar xalq ma'naviyatining ko'zgusi bo'lib xizmat qildi. Arab adabiyotiga xos uslublarga yaqinlashish avvaldan mavjud bo'lgan qarashlarni yanada mukammallashtirdi. Ilohiylikka urg'u berish orqali xalq shuurida tasavvuf va so'fiylik darslari ildiz ota boshladi. Ushbu davrda adabiyotga oddiy so'z san'ati emas, balki millatni tarbiya etadigan vosita sifatida e'tirof etishdi. Qadimgi arab adabiyotining uslubiy taraqqiyoti shu jihati bilan Markaziy Osiyo madaniyati va ma'naviyatiga bebaho xazina bo'lib qo'shildi.
|
| |