• 2.Shахsiy ish tаjribаni to`plаsh vа o`z-o`zini bоshqаrish.
  • -variant 1.Hоzirgi kundа bаrkаmоl shахsni tаrbiyalаsh muаmmоlаri




    Download 122,92 Kb.
    bet26/74
    Sana19.06.2024
    Hajmi122,92 Kb.
    #264517
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
    Bog'liq
    Ped mahorat variant javoblari

    10-variant


    1.Hоzirgi kundа bаrkаmоl shахsni tаrbiyalаsh muаmmоlаri.
    Barkamol avlod tarbiyasi mamlakatimizda avvalo o’qituvchilar zimmasiga yuklatilgan eng olijanob vazifadir. Komil inson, o’qituvchining mashaqqatli mehnati namunasidir. Sharq allomalari ilmiy meroslarida ham komil inson tarbiyasi doimo munozarali mavzu bo’lib kelgan. Jumladan, mashhur alloma Aziziddin Nasafiy o’zining “Komil inson” nomli kitobida shunday yozadi: “Bilgilki, komil inson quyidagi to’rt fazilatga mukammal shaklda ega bo’lgan insondir. Ularning birinchisi yaxshi so’z, ikkinchisi ezgu faoliyat, uchinchisi go’zal axloq, to’rtinchisi ilm”. Ushbu mukammal shakllarga ega bo’lgan inson buyuk davlatimiz poydevorini, farovon hayot asoslarini qura oladi. Komil insonni tarbiyalash va voyaga еtkazish jarayoni – pedagogik faoliyatning uzluksiz jarayoni bo’lib, pedagogik texnologiyaning so’nggi namunalari doirasida amalga oshiriladigan hamda tarbiyalanuvchilarning ijobiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadlariga qaratilgan tashkiliy faoliyatdan iborat. Bu faoliyatda o’qituvchi tarbiyaviy jarayonning quyidagi asosiy xususiyatlarini bilishi kerak:
    tarbiyaning yaxlitligi;
    tarbiyaning tizimliligi;
    tarbiyaning davriyligi;
    tarbiyaning texnologiyaviyligi.
    2.Shахsiy ish tаjribаni to`plаsh vа o`z-o`zini bоshqаrish.
    "Ta’lim jarayonida o’z - o’zini boshqarish va o’z ustida ishlash. shaxsiy pedagogik tajriba to’plash tizimi
    Buyuk kelajak taraqqiyoti tomon odim otayotgan mamlakatimizda kadrlar masalasi yosh avlod tarbiyasi birinchi o’rindagi muhim masalalar qatorida turibdi. Zeroki O’zbekiston ravnaqi kelajagi shu yoshlar, ya’ni kadrlar qo’lida ekan, jamiki e’tibor ularni hur fikrli bo’lishi, jahon ta’lim standartlariga mos kela oladigan ta’lim olishi buyuk kelajak uchun qo’yilayotgan mustahkam poydevordir. Jumladan, 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’limni yana bir pag’ona ildamlatdi, desak xato qilmagan bo’lamiz. CHunki zamonaviy ta’lim olishning o’zi har bir yosh avlodga katta - katta mas’uliyatlar yuklaydi. Zeroki ta’lim tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yuksak g’oyali, milliy g’ururli chuqur ma’lumotli, ma’naviy va jismoniy yetuk qilib yetishtirish maqsadini ko’zda tutadi va o’z ishlarini shu nuqtai nazardan yo’lga qo’yadi. Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakaimizda yosh avlodni tarbiyalash, hayotda o’z o’rnini topish, demokratik davlat qurish vazifalariga bo’ysundirilishi lozim ekanligini uqtirib o’tgandi.
    Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, ahloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch quvvatlari mustahkamlanadi.
    Bugungi kunda zamonaviy ta’limni turli usullarda amalga oshirish mumkin. Bularning barida butun mas’uliyat o’qituvchiga yuklatilmasdan o’quvchidan ham o’z - o’zini boshqarish talab etilmoqda.
    O’qitish tizimida o’z - o’zini boshqarishning zarurligi, eng avvalo, butun o’quv yurtlari tizimining samarali, puxta ishlab chiqilganligidan dalolat beradi. CHunki o’z - o’zini boshqarish tufayli o’qitishdagi o’zaro munosabat o’qitishning borishini jadal boshqarish va kamchiliklarni o’z vaqtida tuzatish keyingi darsga zamin va imkon yaratadi. O’z - o’zini boshqarishni biz mustaqil ish jarayonlarida turli xildagi tadbirlar uyushtirish va o’tkazishda, tarbiyaviy soat darslarida ko’rishimiz mumkin. O’z - o’zini boshqarish mohiyati o’quvchilarda birinchi o’rinda o’zini mustaqil his qilishi va o’zi ko’proq darsni qabul qilishidan iborat. Agar o’qituvchi o’quvchilarga ma’lum bir mavzuni o’zlashtirishga qiziqtirib borsa o’qituvchi mavqei nima bilan o’lchanishini bilamiz. Uning mavqei o’z kasbiga muhabbati, o’quvchilariga nisbatan talabchanligi, o’quv dasturi va darsliklardan to’g’ri foydalana bilishi, shuning bilan bir qatorda o’z ustida tinmay izlanib, o’z - o’zini tarbiyalashi bilan o’lchanadi. Kelajagimiz yoshlar qo’lida ekan biz o’qituvchilar ana shu yoshlarni chin inson bo’lib yetishishlari uchun qo’limizdan kelgan barcha mahoratimizni ishga solmog’imiz kerak.
    O’qituvchilik nihoyatda mas’uliyatli kasb, bu esa ko’proq o’z ustida ishlash, tajriba almashish, darsga tayyorgarlikni takomillashtirishga da’vat etadi. O’qituvchilarning o’z - o’zini tarbiyalashlarida matbuot sahifalari bilan tanishishi, ilg’or o’qituvchilarning tajribalariga suyangan holda dars tahlillarida qatnashishi, jamoadagi kasbdoshlari bilan uslub almashish yuqori samara beradi.
    Tarbiyaviy jarayonni mustahkamlash, yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, usullarni, g’oyalarni qaytadan ko’rib chiqish, bola shaxsiga e’tiborni qaratish, yillar davomida to’plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarur.
    Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
    O’qituvchi yoshlarga ta’lim — tarbiya beruvchi insondir. O’qituvchida o’qituvchilik kasbiga xos layoqat, qobiliyat bo’lmog’i darkor"

    Download 122,92 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




    Download 122,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -variant 1.Hоzirgi kundа bаrkаmоl shахsni tаrbiyalаsh muаmmоlаri

    Download 122,92 Kb.