|
O`qituvchining dаrsdаgi vа tаrbiyachi sifаtidаgi mаhоrаti
|
bet | 73/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari3.O`qituvchining dаrsdаgi vа tаrbiyachi sifаtidаgi mаhоrаti.
"Tarbiyachilar yoshlarni tarbiyalashda quyidagi manbalardan foydalanishlari mumkin:
1. Umumiy qadriyatlar.
2. Islom ta'limoti.
3. O’zbеk milliy urf odatlari.
Tarbiyaviy jarayon ongli, mas'uliyatli faoliyat bo’lib unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib еtishtirishda unda har tomonlama ta'sir ko’rsatadi. Tarbiyalash jarayonida tarbiyachi o’quvchilar mahorati tarbiya jarayoniga juda katta ta'sir ko’rsatadi. Ular o’quvchilar jamoasining tarbiyaviy darajasini o’rganib, unga ta'sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lishi, tarbiyaviy tadbirlarni o’quvchilarning ruhiyatiga qanchalik ijobiy ta'sir etganini kuzatib, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirishi,tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirishda o’z bilimini tarkibiy ravishda boyitib borishi lozim. Yurtimizda tarbiyaviy ishlarini tashkil qilishning asosiy maqsadi milliy istiqlol g’oyasi talabiga javob bеradigan yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan ekan, ayni paytda bu niyat tarbiyachi o’qituvchilarga katta mas'uliyatni yuklaydi. Pеdagogik faoliyat yuritish davr talabiga javob bеrmog’i lozim. O’zbеkiston Rеspublikasining "Ta'lim to’g’risida"gi qonunning 5 moddasida xuddi shu xususda to’xtalgan: "Tеgishli ma'lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pеdagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega ...". Tarbiya 3 narsaga ehtiyoj sеzadi: istе'dodga, ilmga va mashqqa dеgan edi ulug’ olim Arastu."
4.O`qituvchining o`z ruhiy hоlаtini bоshqаrа оlish tехnikаsi.
"O‘qituvchining ruhiy holatini boshqarish texnikasi. O‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida o‘z xatti-harakati, hissiyotini idora qilishi va ruhiy (psixik) holatini boshqara olishi ta’lim-tarbiya jarayoni uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sabr- toqat, bardosh, vazminlik o‘qituvchining faoliyati uchun muhim rol o‘ynaydi. O‘z ruhiy holatini boshqarish, kechikmalarning ijobiy tus olishini yo‘lga qo‘yib, janjalli vaziyatlarda o‘z irodasini yo‘lga solib, xushmuomalalik namoyish etish hamda qizishayotgan, qadr-qimmatini yo‘qotmayotgan hamsuhbatidan yuqori turish, faoliyat samaradorligini ta’minlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa o‘qituvchi ta’sir ko‘rsatish vaqtida (darsda, darsdan tashqari mashg‘ulotlar paytida, tarbiyaviy ishlar jarayonida) o‘z hissiyotini boshqara olishi, jiddiy bo‘lishi, umidbahshlik, xayrixohlik kayfiyatida bo‘la olishi ham pedagogik texnika tizimining muhim elementidir. Buyuk rus pedagogi A.S.Makarenko aytganidek: “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, yoki jahldor bo‘lishini bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalasin va o‘qitsin”19 Bunday malakaga ega bo'lgan bunday pedagog o'z –o'zini nazorat qila oladi, pedagogik faoliyati davomida sog‘lom asab tizimini o‘zida tarbiyalay oladi, asabiylashishdan, hissiy va aqliy zo‘riqishlardan o‘zini asraydi. O‘qituvchi har qanday vaziyatda darg‘azablikni chiqayotgan paytdan boshlashi, o‘zini yaxshi, vazmin tutishi kerak, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlab, bebosh ruhiyatga berilmasligi kerak, aks holda mayda-chuyda nosozliklar meni holdan toydirishi, salbiy holatlar, hissiyotlar obro‘yini yo‘qqa chiqarishi mumkin degan fikr bilan ish tutib, ongi, aqlini ko‘p darajada safarbar qilishi lozim. V.A.Suxomlinskiyning: pedagog –avvalo fuqaro bo‘lishi, fuqarolik pozitsiyasida turib, fe’l –atvorining butun ehtirosi bilan adolatni o‘rnatishi lozim, degan fikrlarini mudom esda saqlashi lozim."
|
| |