|
1-variant Pеdаgоgik mаhоrаt hаqidа tushunchа, uning mаqsаdi, prеdmеti vа vаzifаlаri
|
bet | 64/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari3.Buyuk аllоmаlаr Аbu Rаyhоn Bеruniy, Аbu Nаsr Fаrоbiy, Ibn Sinо, Аbu Аbdullоh, Аl Хоrаzmiy, Mаhmud Qоshg`аriy, Zаmаhshаriy, Аbu Yoqub Sаkkоkiylаr tа`lim-tаrbiya hаqidа.
"Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi. Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy – ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota – onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. O’z kamchiliklarini tuzatishga qodir bo’lgan ota – ona tarbiyachi bo’lishi mumkin. Axloqiy tarbiyada eng muxim vositalar bolaning nafsoniyatiga, g’ururiga tegmagan holda, yakkama – yakka suxbatga bo’lish unga nasixat qilishdir. Ibn Sino bolada axloqiy xususiyatlarni mehnat, jismoniy aqliy tarbiya bilan o’zviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi."
4.Tаrbiyachilik mаhоrаtining mаzmuni vа jаrаyoni.
".S.Makarenko tarbiyachi ishlarini ko‘rib chiqib aytadiki, tarbiyachi faoliyati, aslida, mohiyati bilan tashkilotchilik faoliyati ham hisoblanadi. Demak, tarbiyachi mahorati, boshqa narsa emas, balki bolalar hayotini tashkil etuvchi mahoratdir. Tarbiyachi mahorati - o‘quvchining samarali rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik holatlarni yarata bilishda ko‘rinadi. Mahoratda nazariya va amaliyot uzviyligi gavdalanadi. Hech qachon biron bir muvaffaqiyatli harakat tushunilmagan yoki stixiyali bo‘lmaydi. Har qanday samarali usullarning asosiy va yetarli sharti shu maqsadga erishish vazifalarini, yo‘l va vositalarini, ya’ni tarbiya jarayonining qonuniyatlarini bilish demakdir. Tarbiya mahorati - bu faqat yetarli nazariy bilimlarni egallashgina emas, balki tarbiya qonuniyatlari, bolalar jamoalari hayotini tashkil etish qonuniyatlaridan kelib chiqadigan barcha vosita, usul va metodlarni hayotga, ijodiy tatbiq eta bilish hamdir.Tarbiya mahorati mazmunining acoci bilim va unga asoslangan ko‘nikmalardir. Tarbiyachining muhim ko‘nikmalariga turli pedagogik holatlarda bolalar dunyosida sodir bo‘layotgan turli jarayonlarni to‘g‘ri qabul qilish ko‘nikmasi, holatni tanlashga nisbatan tadbiq etiladigan «Maqsad - vosita- natija» munosabatlarini tahlil qila olish ko‘nikmasi, diqqatni tez yo‘naltira olish va biridan ikkinchisiga tez o‘gkaza olish ko‘nikmasi, bolalar bilan o‘ynay olish ko‘nikmasi, ko‘plab pedagogik holatlardan muhimini ajratib olish ko‘nikmasi, turli tomondan holatlarni baholay olish ko‘nikmasi, tasodifiy omillardan muhimini ko‘ra bilish ko‘nikmasi, bir xil holatda turli-tuman ta’sir usullaridan foydalana bilish ko‘nikmasi, o‘zining kayfiyatini, hissiyotini va fikrini so‘z, mimika, harakatlar orqali yetkaza olish ko‘nikmasi."
|
| |