• 2.Dаrs, o`qituvchining mеhnаtini ilmiy tаshkil etish.
  • 3.O`qituvchi fаоliyatidа mimikа vа pаntоmimikаlаrning аhаmiyati hаmdа o`zigа хоsligi.
  • -variant 1.O`qituvchining kаsbiy fаоliyatidа mulоqоt tizimi




    Download 122,92 Kb.
    bet60/74
    Sana19.06.2024
    Hajmi122,92 Kb.
    #264517
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
    Bog'liq
    Ped mahorat variant javoblari

    21-variant
    1.O`qituvchining kаsbiy fаоliyatidа mulоqоt tizimi.
    O'qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikda ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg'in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo'lishidir. Pedagogik-psixologik yo'nalishlarda olib borilayotgan ilmiy -tadqiqot ishlarida, o'qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan kommunikativ qobiliyati to'g'risida ko'plab fikr vamulohazalar yuritilgan. O'qituvchi o'z kasbiga qiziqmasa, o'quvchilarga nisbatan mehr-muhabbati bo'lmasa, ular bilan qizg'in muloqot qila olish qobiliyati, ya'ni kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun o'qituvchining integral fanlar asoslarini va o'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko'nikma va malakalarini o'quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi. O'qituvchi va o'quvchilaming jonli muloqoti, ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo'ladi."
    2.Dаrs, o`qituvchining mеhnаtini ilmiy tаshkil etish.
    Pеdаgоgik mеhnаt – mеhnаt turlаridаn biri bo’lib, undа o’qituvchi vа o’quvchilаr, mоddiy vа mа’nаviy vоsitаlаr, mеhnаt shаrt-shаrоitlаri fаоl o’zаrо hаrаkаtdа bo’lаdi. Qаchоnki, pеdаgоgik fаоliyat fаn vа аmаliyotning zаmоnаviy yutuqlаrigа, mеhnаt jаrаyonini hаr tоmоnlаmа mеtоdоlоgik tаhlil etish, bаrchа оmillаrdаn mаjmuаviy fоydаlаnishgа аsоslаnsа, u hоldа uni ilmiy tаshkil etilgаn mеhnаt dеb аtаsh mumkin. O’qituvchi mеhnаtini ilmiy tаshkil etishgа pеdаgоgikаning аlоhidа sоhаsi sifаtidа qаrаlаdi."
    3.O`qituvchi fаоliyatidа mimikа vа pаntоmimikаlаrning аhаmiyati hаmdа o`zigа хоsligi.
    PANTOMIMIKA- bu o'qituvchining gavdasi, qo'l, oyoq harakatini tartibga soluvchi uslubdir. O'qituvchilarning ta'lim-tarbiyaviy faoliyatida o'quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga ma'lum. Biroq o'quvchilar bilan muloqotda o'qituvchining pantomimikasi, ya'ni, gavda, qo'l, oyoq harakati to'g'ri ifodalanmasa, ta'lim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O'qituvchi o'z gavdasi, qo'li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik ma'lumotlarning obrazini "chiza" olsa, o'quvchilar bundan zavqlanadilar, ular ichki his tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo'shilib butun ongini o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirishga qaratadilar. "

    Download 122,92 Kb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




    Download 122,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -variant 1.O`qituvchining kаsbiy fаоliyatidа mulоqоt tizimi

    Download 122,92 Kb.