|
Pеdаgоgik tехnikаni egаllаsh mаhоrаti
|
bet | 58/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari2.Pеdаgоgik tехnikаni egаllаsh mаhоrаti.
O'qituvchi pedagogik faoliyatida pedagogik texnikaning ko 'niktna va malakalarini mukammal takomillashtirgan holda o 'z mahoratini oshirish uchun quyidagi jarayonlarni bilishi lozim: 1. O'qituvchi o'zlashtirishi lozim bo'lgan pedagogik texnikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri uning nutq texnikasidir (nutq tempi, dik-siyasi, tovush ohangini baland, o'rta, past qila olishi va hokazo). Dars jarayonida o'quv materiallarini idrok qilishda o'qituvchining nutqi muhim rol o'ynaydi. Olimlarning fikricha, o'quvchilar tomonidan 1/2 foiz o'quv materialini tafakkur orqali idrok qilish va o'zlashtirish o'qituvchilarning nutqiga va uning so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishiga bog'liq. O'quvchilar o'qituvchining nutqini nihoyatda kuzatuvchanlik va qiziqish bilan tinglaydilar. Past ohangda gapiradigan o'qituvchining darsi o'quvchilar uchun zerikarli bo'ladi, nihoyatda baland gapirish, oddiy suhbat chog'ida ovozni baland qilib so'zlashish o'quvchilami darsdan bezdiradi va charchatadi. O'quvchilarning bunday o'qituvchi ta'limidan ko'ngillari soviydi. Shuning uchun o'qituvchi savodli gapirishi, o'z nutqini chiroyli va tushunarli, ta'sirchan qilib bayon qilishi, o'z fikr va his-tuyg'ularini so'zda aniq ifodalash malakalariga ega bo'lishi lozim,Pedagogik texnika malakalarini mukammal egallash uchun awalo, o'qituvchi o'z fanini, o'qitadigan predmetining boshqa fanlar bilan o'zaro aloqadorlikda bilishi, pedagogik va axborot texnologiyalarini, pe-dagogika va psixologiya fanlari asoslarini davr taraqqiyoti darajasida bilishi, kasbiy jihatdan o'z-o'zini tarbiyalay oladigan bo'lishi zarur. Chunki pedagogik texnika o'qituvchilarning individual shaxsiy xusu-siyatlariga ham bog'liq. Har bir o'qituvchi o'z tafakkuriga, flkrlash qo-biliyatiga, o'zining kasbiy yo'nalishi, kasbiy laboratoriyasiga ega boiishi kerak.
3.Pеdаgоgik fаоliyatdа оvоz аppаrаti vа tоvushning rоli(kаsb kаsаlligi hаqidа).
Pedagogik faoliyatda tovush, diapazon, tembr, diksiya, arrikulyatsiya, ritmika, to'g'ri nafas olish muhim rol o'ynaydi. Tovush. Ba’zi o'qituvchilarga tovush tug'ma qobiliyat sifatida berilgan, lekin bu ham mashq qilib turilmasa buziladi Diapazon.tovushning hajmi bo'lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir xi] ohangda zenkarli bo'lib qolishiga sabab boiadi. Tembr. tovushning rang-barangligi, yorqinligi hamda yumshoqligini namoyon qilib, shu bilan birga o'qituvchi nutqining chiroyli, mavin, jozibali, o'ziga hosligini ta’minlaydi.Ovoz apparati uch qismdan iborat: 1. Generator – ovoz generatsiyasi ovoz paylarida hosil bo‘ladi, bunda ogiz bo‘shligining roli kam. Ovoz paylari shovqin va tonlarni farqlaydi. 2. Rezonator tizimi – bunda tomoq, halqum, burun bo‘shligi, ogiz bo‘shligi qatnashadi va ular ovozning kuchini (statikasini) va dinamikasini ta’minlaydi. 3. Energetika tizimi - o‘pkadan kelayotgan kuchli nafasning miqdori va tezligini ta’minlaydi. Pedagogning nutqi uchun avvalambor tovushning kuchi zarur. Bu o‘pkadan kelayotgan nafasning kuchiga va tezligiga bogliq. Tovushning yuqoriligi – bu tovushni uzoqqa yetkaza olish va yuqori-pastligini boshqara olishdir. Tovushning harakatchanligi va o‘zgaruvchanligini tovushning mazmuniga, sharoitiga, tinglovchilarning kayfiyatiga qarab oson o‘zgartira olish mumkin. Harakatchanligi esa past, o‘rta, yuqori tiplarga bo‘linadi. Tovush parvozi – tovushning uzoq masofaga uzatilishi va qattiqligini sozlab olish. Tovush ixchamligi va harakatchanligi uni mazmunga tinglovchi moslab o‘zgartira olish imkoniyatini bildiradi. Kasb kasalliklari - yomon mehnat sharoitlari va kasbga aloqador zararlarning organizmga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan kasalliklar. Kasb kasalliklarining kechishi unga sabab boʻlgan zararli omillarning oʻziga xosligi, kuchi, davomiyligi va ularning birgalikdagi taʼsiriga bogʻliq. Kasb kasalliklarining zararli omillarini hisobga olgan holda belgilanadi
|
| |