|
O`qituvchi fаоliyatidа shаrqоnа mulоqоtning tutgаn o`rni vа pеdаgоgik mulоqоtni tаshkil etishgа tа`siri
|
bet | 61/74 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 122,92 Kb. | | #264517 |
Bog'liq Ped mahorat variant javoblari4.O`qituvchi fаоliyatidа shаrqоnа mulоqоtning tutgаn o`rni vа pеdаgоgik mulоqоtni tаshkil etishgа tа`siri.
Ibtidoiy to’zum davridan boshlab, kishilar ma‘lum ijtimoiy munosabatlar asosida bir – birlari bilan aloka kila boshlaganlar. Muloqot insonning mexnat faoliyatida eng muxim soxa xisoblangan. Boshqacha aytganda, muloqot inson faoliyatining ruhiy hamda ma‘naviy asosi natijasida yo’zaga kelayotgan ijtimoiy extiyojlar bilan birgalikda namoyon bo’ladi. «SHaxslar faoliyatining motivatsiyasining asosi sifatida yo’zaga chikayotgan extiyoj, manfaat, manfaatdorlik kabi ijtimoiy – iktisodiy omillar ma‘lum ma‘noda ularni maksadli uy – fikrlari, istaklarini yo’zaga chikishga ham sabab bo’ladi. Shaxslararo munosabatlarni, muloqot madaniyatini kay darajada shakllanishiga ham sezilarli ta‘sir utkazadi. Binobarin, muloqot odamlar orasida amalga oshiriladigan faoliyatlar ichida yetakchi urin egallab, u insondagi eng muxim extiyojlarni jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb xisoblash bilan bog’liq extiyojni kondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir». (V.M.Karimova. Ijtimoiy psihologiya asoslari. Toshkent. 1994 yil. 35 – bet). Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari, extiyojlaridan kelib chikadigan turli faolliklari mobaynida bir – biri bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. «Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyatlari o’zaro munosabat va ta‘sir shakllarini o’z ichiga oladi. Chunki har qanday ish avvalo odamlarning bir – birlari bilan til topishishni, bir – birlariga turli xil ma‘lumotlarni o’zatishni, fikr almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining muvaffakkiyati, obrusi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir. Bir qarashda osonga uxshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo’lib, unga odam xayoti davomida o’rganib boradi. Muloqotning psihologik jixatdan murakkab ekanligi haqida tanikli psiholog B.F.Pargin shunday yozadi:
а). individlarning o’zaro ta‘sir jarayoni; b). individlar o’rtasidagi axborot almashinuv jarayoni; v). bir shaxsning bashqa shaxsga munosabat jarayoni; g). bir kishining bashqalarga ta‘sir ko’rsatish jarayoni; d). bir – biriga hamkorlik bildirish imkoniyatlari; ye). shaxslarning bir – birini tushunish jarayoni. Muloqot o’z xususiyatlariga ko’ra turli shakl va ko’rinishlarga ega bo’ladi. Muloqot inson amaliy faoliyatining moddiy – ma‘naviy shakllarini hamda uning extiyojlarini o’zida aks ettiradi. "
|
| |