1. Xizmat tafsifi (pasporti)




Download 96 Kb.
Sana23.03.2020
Hajmi96 Kb.
#8638

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda ochiq konkurs asosida xaridni amalga oshirish” xizmatlarini ko‘rsatish reglamenti




1. Xizmat tafsifi (pasporti)

1.1. Xizmat nomi



Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda “O‘ZAVTOSANOAT” AK ehtiyojlari uchun mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning optimal yetkazib beruvchilarini tanlash.



1.2. Xizmat natijasi


Taklif qilingan sharoitlarda “O‘ZAVTOSANOAT” AKning konkurs tanlovlarida yuridik va jismoniy shaxslarning qatnashishi.



1.3. Xizmat ko‘rsatish organlari va blankalarni olish joyi.


Konkurs tanlovlarini o‘tkazish bo‘yicha kompaniyaning Ishchi organi, konkurs tanlovlarini o‘tkazishdan 15 kun oldin kompaniyaning rasmiy veb-saytida e'lon berish orqali Konkurs tanlovlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni qatnashuvchilarga yetkazadi.

Konkurs ma'lumotlarini tushuntirib berishni talab qilgan, Konkursda ishtirok etishni mo‘ljallagan qatnashuvchi, Konkurs ma'lumotlarida ko‘rsatilgan pochta manzili, telefon aloqasi yoki faks orqali Ishchi organiga yozma murojaat qilishi mumkin.

Konkurs talablarini tushuntirishga bog‘liq bo‘lgan har qanday so‘rovga, Ishchi organ yozma shaklda javob berishi shart, agarda ushbu so‘rov Konkurs tanlovlari haqidagi ma'lumotlarda belgilangan, konkurs takliflarini taqdim etishning oxirgi muddatidan 5 kun oldin jo‘natilgan bo‘lsa.



1.4. Huquqiy asoslar


Kompaniyaning 10.01.2011 yildagi №3-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘ZAVTOSANOAT” AK ehtiyojlari uchun mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xaridi bo‘yicha konkurs tanlovlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom.

1.5. Xizmat ko‘rsatuvchilar




O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan, tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lgan va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar.


Talabgorlarning kvalifikatsiya tanlovini o‘tkazishda, quyidagi tashkilotlarning Konkursda qatnashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

- qayta tashkil qilinish, tugatilish va bankrotlik holatida bo‘lganlar;

- kvalifikatsiya tanloviga talab etilgan barcha hujjatlarni belgilangan muddatda topshirmaganlar;

- imzolangan shartnomalar bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni tegishli tarzda bajarmaganlar;

- Konkurs e'lon qilingunga qadar ro’yxatdan o’tganiga 6 oydan oshmaganlar;

- Kompaniya bilan sudlashayotganlar.




1.6. Hujjat topshirish muddati

Talabgorlarning takliflari konkurs tanlovlari haqidagi ma'lumotlarda belgilangan tartibda va muddatlarda qabul qilinadi.


Konkurs tanlovlari haqidagi ma'lumotlarda ko‘rsatilgan sanadan keyin qabul qilingan takliflar ko‘rib chiqilmaydi va talabgorlarga qaytariladi.

Talabgorlar ham, konkurs takliflarini qabul qilishning oxirgi kunidan 5 kun oldin o‘z takliflarini qaytarib olish huquqiga ega.



1.7. Bajarish muddati


Ishchi organ tomonidan kvalifikatsion tanlovni o‘tkazish va takliflarni Konkurs komissiyasi muhokamasiga kiritish muddati - Konkurs tanlovlari haqidagi ma'lumotlarda belgilangan, tijorat takliflarni taqdim qilish muddati tugagan kundan boshlab bir oygacha bo‘lgan muddat hisoblanadi.



2. Xizmatni ko‘rsatuvchilarga ma'lumot berish
2.1. Ma'lumotlarning tarkibi va hajmi


Konkurs ma'lumotlarini tushuntirib berishni talab qilgan, Konkursda ishtirok etishni mo‘ljallagan qatnashuvchi, Konkurs ma'lumotlarida ko‘rsatilgan pochta manzili, telefon aloqasi yoki faks orqali Ishchi organiga yozma murojaat qilishi mumkin.



2.2. Keng ma'lumot berish


Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning optimal yetkazib beruvchilarini tanlab olish bo‘yicha “O‘ZAVTOSANOAT” AKning konkurs tanlovini o‘tkazish haqidagi ma'lumot www.uzavtosanoat.uz saytida beriladi.



2.3. So‘rov bo‘yicha ma'lumot berish


Telefon orqali: 9-00 dan 18-00 gacha konkurs tanlovida qatnashish tartibiga tegishli har qanday savol bo‘yicha og‘zaki konsultatsiya berish.


Faks orqali: 9-00 dan 18-00 gacha so‘rov bo‘yicha yozma hujjatlarni jo‘natish (3 varaqgacha).



Elektron pochta orqali: har qanday yozma so‘rovlarni tekstning keng tarqalgan formatlarida sutkalab qabul qilish (oddiy tekst, DOC, RTF, PDF formatda ilova qilingan fayl yoki kelishuvga binoan, 9-00 dan 18-00 gacha yozma hujjatlarni oddiy tekst formatida yoki DOC, RTF, PDF formatda ilova qilingan holda) yoki kelushuvga binoan boshqa formatda, hozirgi standartdagi jo‘natishga tayyor fayllar, kerakli blankalar, yo‘l sxemasi mavjud.


3. Xizmat ko‘rsatish

3.1. Ish vaqti



Ish vaqti 9-00 dan 18-00 gacha. Dam olish kuni: shanba, yakshanba.



4. Xizmat ko‘rsatish tartibi



4.1. Kerakli (zarur) hujjatlar


Xizmat ko‘rsatish uchun 2.5 punktda belgilanganlaridan tashqari, boshqa hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab qilinmaydi.

4.2. Xizmat uchun to‘lov.




Barcha xizmatlar bepul



4.3. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ichki idoraviy tartibi


1) 1 tartib: Konkurs hujjatlari talablariga binoan 1-oy muddat ichida talabgorlarning kvalifikatsiya tanlovi, talab etilgan hujjatlarning borligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi, huquqiy (qonuniy) hujjatlarning (guvohnoma, patent, litsenziya va hokazo) borligini tekshiradi.


2) 2 tartib: Ishchi organ tomonidan o‘rganilib tushgan takliflardan olingan materiallarni konkurs komissiyasiga kiritish.


3) Konkurs natijalari 2 ish kuni mobaynida ishchi organ tomonidan Konkurs g‘olibiga yetkaziladi.



4.4. Rad qilish uchun asos



- xizmatni yutib olish uchun murojaat qilgan shaxsda, xizmatni olish uchun huquqi bo‘lmasa yoki boshqa shaxs nomidan ish yuritish uchun vakolatga ega bo‘lmasa;



- xujjatlar belgilangan talablarga mos kelmasa (hujjatlarning to‘liq emasligi, noto‘g‘ri to‘ldirilganligi);



- topshirilgan hujjatlarda haqiqatga mos kelmaydigan ma'lumotlar bo‘lsa;



- xizmatni yutib olish uchun murojaat qilgan shaxs, belgilangan talablarga mos kelmasa;



5. Sifat bilan ta'minlash
5.1. Sifatsiz xizmatdan shikoyat qilish


Talabgorlar “O‘zavtosanoat” AK rahbariyatiga tegishli xat jo‘natish bilan, konkurs tanlovlarida qatnashishga ruxsat etilmaganligi yuzasidan, konkurs komissiyasining ishchi organi qaroridan shikoyat qilish huquqiga ega.



Reglamentga ilova

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda “O‘zavtosanoat ehtiyoji uchun mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning optimal yetkazib beruvchilarini tanlash” xizmatini ko‘rsatish sxemasi




O‘zavtosanoat

30 kun

10 kun

Download 96 Kb.




Download 96 Kb.