• To„rtinchidan
  • Beshinchidan
  • 1. “Yashil loyihalar”ni investitsiyalash yo„nalishlari va dastaklari




    Download 0,87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/15
    Sana01.07.2024
    Hajmi0,87 Mb.
    #266295
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    6- MavzuYashil loyihalar”ni investitsiyalash yo‘nalishlari va dastaklari.

    Ikkinchidan
    , tiklanadigan energiya manbalariga nisbatan global munosabat 
    o„zgarmoqda. Avvallari tiklanadigan energiya manbalariga investitsiya sarflash past 
    daromadli soha hisobalanib, davlat sohaga investitsiya jalb etishda investorlar 
    uchun turli xil imtiyozlar va preferensiyalar berishga harakat qilar edi. Hozirda 
    jahon hamjamiyatining tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, umuman 
    “yashil iqtisodiyot”ga investitsiya sarflash borasidagi fikrlari tubdan o„zgardi. 
    Quyosh va shamol energiyasiga investitsiya sarflash moliyaviy jihatdan serdaromad 
    sohaga aylanib borayotganligi mazkur tarmoqqa investitsiyalar oqimining ortishi, 
    moliyaviy omiliga aylandi;
    Uchinchidan
    , quyosh va shamol energiyasi kelajak energiyasiga aylanib bormoqda. 
    Bloomberg agentligi 2020 yilga kelib 600 GVt elektr energiyasi quyosh 
    batareyalari hisobidan olinishi, 2030 yilga kelib esa mazkur ko„rsatkich 1900 GVt 
    ga yetishini bashorat qilmoqda. Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida muqobil 
    energiyaga o„tish jarayonlarining jadallashuvi sohada yangi eraning boshlanishi 
    sifatida baholanmoqda.
    To„rtinchidan
    , jahonda neft narxining arzonlashishi. So„nggi yillarda jahon energiya 
    bozorida neft bahosining pasayishi kuzatilmoqda. Tabiiyki, ushbu holat “yashil 
    enerigiya” korxonalari raqobatbardoshligini pasaytirib, investitsiya muhitiga salbiy 
    ta‟sir ko„rsatadi. Biroq “yashil energiya” tarafdorlari o„z optimistik qarashlarida 
    qolishmoqda, neft narxining pasayishi keyingi geologik qidirish ishlarini olib 
    borishga bo„lgan rag„batning kamayishiga va natijada neft ishlab chiqarish 
    hajmining qisqarishiga olib kelishi ta‟kidlanmoqda. Agar mazkur holat kuzatilsa 
    “yashil energiya”ning ahamiyati yanada ortadi;
    Beshinchidan
    , ushbu sohani yangi soha sifatida yanada chuqurroq o„rganish 
    zaruriyatining mavjudligi. Tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasi 
    yangi soha bo„lgani bois kelajakda uning samaradorligini oshirish, ekologik 
    jihatdan xavfsizligini ta‟minlash uchun katta miqdorda sarf-xarajatlar sarflash, 
    chuqur ilmiy izlanishlar olib borish talab etiladi. Misol uchun, tiklanadigan 
    energiya manbalaridan foydalanishdagi muammolaridan biri olingan energiyani 


    saqlash va uzatish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tiklanadigan energiya manbalaridan 
    olinadigan energiya akkumulatorlarda saqlanadi yoki to„g„ridan-to„g„ri 
    iste‟molchiga uzatiladi. Akkumulatorlarning avtonomlik koeffitsienti esa past 
    darajada, shu bois “yashil energetika”ni rivojlantirish va investitsiyalashda yuqori 
    texnologiyali innovatsiyalarga tayanish maqsadga muvofiq.

    Download 0,87 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. “Yashil loyihalar”ni investitsiyalash yo„nalishlari va dastaklari

    Download 0,87 Mb.
    Pdf ko'rish