111
23
0
,
3
,
21
,
0
15
3
,
12
4
,
28
Номоливий
корпорациялар
Молиявий
корпорациялар
Давлат
ташкилотлари
Таъминланган
облигациялар
Бошқалар
31
,
5
,
3
29
2
,
20
9
,
3
,
3
5
3
,
5
7
,
2
Яшил
энергетика
Қурилиш
Транспорт
Сув
Чиқиндиларни
бошқариш
Қишлоқ
хўжалиги
Бошқалар
dollarga teng “yashil obligatsiyalar” emissiya qilingan. Mazkur korporatsiya
ma‟lumotlariga ko„ra, “yashil obligatsiyalar” emissiyasi natijasida atmosferaga
chiqarilayotgan
issiqxona gazlarini 18,4 mln. tonnaga qisqartirish, 721,223
MVt/soat energiyani tejash (bir yilda 89 mingta uyga yetadigan), yiliga 20 468
892 MVt/soat (Irlandiya hududiga teng mamlakat foydalanadigan) miqdorida
tiklanadigan energiya ishlab chiqarish, 7558 MVt quvvatga ega tiklanadigan
energiya quvvatlarini ishga tushirish mumkin
7
.
3. Tiklanadigan energiya manbalarini o„zlashtirishni investitsiyalash
xususiyatlari.
Tiklanadigan energiya manbalarini o„zlashtirishga investitsiya sarflash sarmoyadorlar
uchun daromadlilik darajasini oshirish va loyihalarning risk darajasini pasaytirishga
xizmat qilishi lozim. Hozirda tiklanadigan energiya manbalariga sarflanayotgan
investitsiyalarni moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda:
-
korxona va korporatsiyalarning sof foydasi;
-
korxona va korporatsiyalarning ichki rezervlari;
-
kredit-bank tizimi muassasalari tomonidan jamg„arilgan mablag„lar; qimmatbaho
qog„ozlar emissiyasi;
-
turli darajadagi budjet mablag„lari.
Jahon amaliyoti ko„rsatishicha, an‟anaviy moliyalashtirish turlaridan tashqari “yashil
obligatsiyalar”, PPA (Power purchase agreement – energiya xaridi kelishuvi),
kommunal xizmatlar ko„rsatuvchi korxonalar, turli xil jamg„armalar va institutsional
investorlarning mablag„lari ham “yashil investitsiyalar” manbai sifatida xizmat
qilmoqda.
Tiklanadigan energiya manbalariga investitsiya sarflashning PPA manbasi “yashil
energiya”ni yirik korxonalar tomonidan avvaldan xarid qilishlarini nazarda tutadi.
Ekologik jihatdan toza elektrenergiyani sotib olishni hohlagan kompaniyalar oldida
turli tanlov yo„llari mavjud. Jumladan, o„z binolari tomlariga quyosh panellarini
o„rnatishlari yoki tiklanadigan energiya manbalariga sertifikatlarni sotib olishlari
mumkin. Biroq bu turdagi invetitsion loyihalarga faqatgina Google, Microsoft va
Amazon kabi axborot texnologiyalari sohasidagi yirik korporatsiyalargina qiziqish
bildirmoqda. Bloomberg tadqiqotlariga ko„ra, 2020 yilning 1 choragida Yevropada
qirg„oq bo„ylariga o„rnatilgan generatorlardan olinadigan shamol energiyasining
eng past PPA narxi Shvesiyada 1 MVt-s/30,5 yevro, quyosh energiyasi eng arzon
narxi esa Ispaniyada qayd etilgan bo„lib, 1 MVt-s/30,5 yevroni tashkil etdi
8
.
Yashil
iqtisodiyotning
energiya
sohasiga
sarflanayotgan
investitsiyalar
manbalarining yana biri kommunal xizmatlari ko„rsatuvchi kompaniyalar
hisoblanadi. Hozirda kommunal xizmatlar ko„rsatuvchi aksariyat yirik
kompaniyalar an‟anviy energiya manbalari bilan bir qatorda tiklanadigan energiya
manbalaridan ham faol foydalanishmoqda.
BMT ma‟lumotlariga ko„ra, jahonda 2019 yilda tiklanadigan energiya manbalarini
9
o„zlashtirishning yangi quvvatlarini ishga tushirish uchun sarflangan investitsiyalar
miqdori 282,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Ushbu ko„rsatkich 2018 yilga nisbatan
1%ga o„sgani holda 2017 yildagi ko„rsatkichga nisbatan 10%ga pasaygan. Shunga
qaramasdan 2019 yilda ishga tushirilgan yangi quvvatlar 184 GVt ni tashkil etdi va
2018 yilga nisbatan 20 GVt ga o„sdi. Bu holatni shamol va quyosh energetikasining
samardorligini boshqa energiya manbalariga nisbatan yuqoriligi hamda
ekspluatatsiya xarajatlarining arzonligi bilan izohlash mumkin. Jahonda quyosh
energiyasiga investitsiyalash ulushining yuqori bo„lishiga qaramasdan rivojlangan
mamlakatlarda
“yashil
investitsiya”lar
ko„proq
shamol
energiyasiga,
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa quyosh energiyasiga (Xitoydan tashqari)
yo„naltirilgan. Mazkur holatni ushbu mamlakatlarning geografik va iqlimiy
sharoitlari bilan bog„liq omillar orqali tavsiflash mumkin.
Tahlillar, 2005-2019 yillarda yangi quvvatlarni ishga tushirishga sarflanayotgan
investitsiyalar tarkibida rivojlangan mamlakatlar ulushi 71,7%dan 46,1%ga qadar
qisqarib, rivojlanayotgan mamlakatlar ulushi esa 28,3%dan 53,9%ga qadar
ortganligini ko„rsatmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar ulushining yarmidan
ortig„i Xitoy hissasiga to„g„ri keladi. Mamlakatda 2019 yilda muqobil energiya
ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish uchun sarflangan investitsiyalar
miqdori 83,4 mlrd. dollarni tashkil etdi (1-rasm).
|