“uzun pullar”
3
va riski past moliyaviy dastaklarga qiziquvchi investitsiya
kompaniyalari maydonga chiqishadi. Jahon amaliyotida “yashil obligatsiyalar”ning
standart, loyihaviy, sekyuritizatsiyalashgan
4
va daromad bilan ta‟minlangan turlari
keng tarqalgan (4.4.1-jadval).
“Yashil obligatsiyalar” shakllanish mexanizmi bo„yicha bir-biridan farq qiladi.
“Yashil obligatsiyalar” turining xilma-xilligi esa investorlarga o„z “yashil”
loyihalari bilan bir qatorda loyihalar “
pool”
104
ini moliyalashtirish uchun
yo„naltiriladigan obligatsiyalarni ham chiqarishlari mumkin. Emitentlar uchun
“yashil obligatsiyalar” ekologik samarali loyihalarga qo„shimcha moliyaviy
mablag„larni jalb etish imkonini beradi. “Yashil obligatsiyalar” investorlarga uzoq
muddatli davrda miqdori belgilab qo„yilgan daromad olish, “yashil loyihalar”da
qatnashayotgani uchun o„z obro„sini oshirish imkoniyatini yaratadi.