Fransiya kabi mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilishni hisobga oluvchi milliy
investitsiya strategiyalari ishlab chiqilgan. Ammo suveren jamg„armalar
strategiyasida asosiy e‟tibor “yashil loyihalar”ni bevosita moliyalashtirishga emas,
balki issiqxona gazlari emissiyasini qisqartmayotgan
loyihalardan chiqib ketish
shaklida amalga oshirilmoqda. UNEP tadqiqotlari ko„rsatishicha, suveren
jamg„armalarning “yashil loyihalar”ni moliyalashtirish
jarayonida faol ishtirok
etmayotganliklarining qator sabablari majud:
-
suveren investitsiya jamg„armalari ustavida ko„rsatilgan vazifalar – milliy boylikni
saqlash va ko„paytirish. Kapital qo„yilmalarning miqdori va sarflash yo„nalishlari
to„g„risida qarorlar qabul qilishda atrof-muhit muhofazasi muammolari
nomoliyaviy, ya‟ni ikkinchi darajali omillar
sifatida qaraladi;
-
“yashil loyihalar”ning samaradorligi borasidagi shubhalar. Ayrim “yashil”
ko„rsatkichlar dinamikasining beqarorligi va neft-gaz aktivlaridan chiqib ketish
holatida joriy daromadlarni yo„qotib qo„yish mumkinligi;
-
barqaror rivojlanish loyihalarining davlat tomonidan yetarli darajada qo„llab-
quvvatlanmayotganligi va milliy iqtisodiyotda “yashil loyihalar”ga
talabning yuqori
emasligi;
-
mavjud aktivlar portfelida “uglerod komponenti”ning miqdorini aniqlash bilan
bog„liq qo„shimcha xarajatlar.
Iqtisodiy adabiyotda ayrim tadqiqotchilar “yashil loyihalar”ni
moliyalashtirishda
suveren jamg„armalarning xususiy investorlarga nisbatan kapital bazasining juda
kattaligi, uzoq muddatli
rejalashtirish imkoniyatlari, kreditlardan foydalanish
ehtiyojining yo„qligi kabi raqobat afzalliklari mavjud, deb hisoblashadi.