muayyan qismini qayd etib qo„yilgan daromadga ega “yashil obligatsiyalar”ga
yo„naltirishga ruxsat beradi.
-
banklar tomonidan “yashil loyihalar”ni investitsiyalashga mablag„lar ajratishni
kvotalash.
Suveren jamg„armalar
2
“yashil loyhalar”ni investitsiyalashni moliyalashtirishning
istiqbolli manbalaridan biriga aylanishi mumkin. UNEP mutaxassislari fikricha,
“yashil loyihalar”ni moliyalashtirish va investitsiyalashni rag„batlantirish hamda
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda suveren jamg„armalarning potensial
imkoniyatlari yuqori bo„lsada, ular hali kam o„rganilgan” . Jumladan, 2015-2017
yillarda suveren jamg„armalar tomonidan amalga oshirilgan “yashil
moliyalashtirish” miqdori 11 mlrd. dollarni tashkil etgan. Ushu “yashil
investitsiyalar”ga yo„naltirilgan mablag„lar jahon ehtiyojiga nisbatan juda kam
bo„lib, suveren jamg„armalar jami aktivlarining bor-yo„g„i 0,2 foizini tashkil etadi
(1-rasm).