Tiklanadigan energiya manbalarini o„zlashtirishga yangidan yo„naltirilayotgan
investitsiyalar.
Tiklanadigan energiya manbalarini o„zlashtirishga yangidan
yo„naltirilayotgan investitsiyalar ob‟ektlari nuqtai nazaridan yangi texnologiyalar
va ishlab chiqarishni kengaytirish bilan bog„liq sarf-xarajatlarga bo„linadi.
Mablag„larning sohani texnologik rivojlantirish, ilmiy-texnik izlanishlarga
yo„naltirilgan qismi birinchi guruhga, ishlab chiqarish jarayonini yangi asbob-
uskunalar bilan qurollantirish va samaradorligini oshirishga yo„naltirilgan qismi esa
ikkinchi guruhga kiritiladi. Loyihalar doirasida yangi texnologiyalarni rivojlantirish
ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga asoslanadi. Yangi investitsiyalar
ilmiy izlanish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, samaradorligikni oshirish kabi
tadqiqotlarga sarflanadi. Ishlab chiqarishni kengaytirishga yo„naltirilgan
investitsiyalar esa mavjud texnika va texnologiyalar sonini ko„paytirish orqali
energiya ishlab chiqarish miqdorini ekstensiv oshirishga xizmat qiladi.