1. YoʻlovchIlarni tashish texnologiyasida logIstik yondashuv YengIl avtomobillarda yoʻlovchilar tashIsh




Download 14.53 Kb.
Sana05.10.2023
Hajmi14.53 Kb.
#86583
Bog'liq
Ismatov Ilyos[1]
Abituriyent 2013 fel [uzsmart.uz], Мавзу 8, Дастурий таъминот лойихаларини бошкариш узб, 2-amaliy ish(DT).Komilov Doniyor, Lorens kuchi. Amper qonunlari, 1588148220-os-lab-manual, 16-Laboratoriya ishi , 1. Jismnoiy tarbiya o`qitish prinsiplari-fayllar.org, Afrika mamlakatlari aholisi soni dinamikasi, Dunyo aholisi migratsiyasi, Metrologiya, Suw unemlewshi 30 test, Amir Temur buyuk davlat arbobi, 90876

1. YoʻlovchIlarni tashish texnologiyasida logIstik yondashuv
2. YengIl avtomobillarda yoʻlovchilar tashIsh
3. Shahar yoʻlovchi transportini ijtimoiy va mantiqiy

tizimlari munosabati


4. Shahar yoʻlovchI transportida logistik texnologiyalar va

logistik tizimlar strukturasi


5. Shahar yulovchilarini transport xizmatlarida soʻrovlari

omillari
1. Yoʻlovchilarni tashish texnologiyasida logistik yondashuv

Transport turlaridan qat‗iy nazar yoʻlovchilar tashishni tashkil

etishda ularga bir xil talablar qoʻyilgan boʻlib, unda yoʻlovchilarni qisqa

vaqt ichida manzillariga yetkazib qoʻyish, transport vositalarining butun

marshrut davomida aniq harakati, transport vositalaridan yaxshi

foydalanish, toʻla xavfsizlik bilan tashishni tashkil etish,

yoʻlovchilarga yuqori madaniyat bilan xizmat etish, iloji boricha

harajatlarni tejamli sarflash talablari qoʻyiladi.

Yoʻlovchilarni koʻplab tashuvchi transportning boshqa turlariga

nisbatan yoʻlovchilar tashuvchi avtomobil transportining bir qancha

afzalliklari bor. Bunday afzalliklarga eng avvalo, yoʻlovchilar

tashuvchi avtomobil transportining yuqori darajali manevrliligi, ya‗ni

yoʻlovchilarni ish va yashash joylariga yetkazib borish xususiyati,

takomillashtirilgan va qattiq qoplamali yoʻllarda yer usti yoʻlovchilar

tashuvchi boshqa transportlarga nisbatan yuqori harakat tezligiyu, zarur

boʻlganda shahar ichi marshrutlarning bir qismini dam olish (shanba

va yakshanba) kunlari shahar atrofida xordiq chiqarish joylariga

boruvchi, shahardan tashqarilarini esa uning aksi, kerak boʻlganda

shahar ichi va atrofi marshrutlaridagi bir qism avtobuslarni ekspress

harakatiga oʻtkaza olinishini kiritish mumkin.

Avtobuslarda yoʻlovchilar tashishning yana bir asosiy afzalligi bu

zarur boʻlganda yangi marshrutlarni tez ishga tushura olinishidir.

Me‘yordagi yoʻl sharoitlari bor joylarda yangi avtobus marshrutlariga

qoʻshimcha ishlar qilinmasdan, masalan, yakka inshootlar, elektr

podsantsiyasi (yordamchi elektr bekati), kontakt shahobchalari

kabilarsiz ishga tushirish mumkin. Bunday qurilmalar tramvay va

trolleybus marshrutlari uchungina zarurdir. Yangi ochilgan avtobus marshrutlariga qilingan katta xarajatlarni nisbatan qisqa davr ichida

qoplanishi mumkin.

Yoʻlovchilar zichligi quvvatiga katta boʻlgan marshrutlarga

ertalabki va kechki «tashish choʻqqisi» soatlarida 15 dan koʻp avtobuslar

chiqarilishi lozim. Harakat chastotasi harakat intervaliga bogʻliq boʻlib,

u ma‗lum joy (bekatdan) qancha vaqt ichida navbatdagi avtobus oʻtish

vaqti minutda oʻlchanadi.

Harakat intervallari shahar marshrutlarida odatda 4-6 min va

kamdan-kam paytda 12-15 min boʻladi.

Avtobuslar harkatini muntazam tashkil etish uchun ular harakat

jadvallari va chizmalari boʻlishi zarur. Harakat chizmasi har bir

marshrutdagi avtobus uchun alohida tuziladi. Bunday chizmalarni

tuzilishlikda marshrut, avtobus va haydovchilarning ish rejimlari asos

qilib olinadi. Harakat chizmalarini belgilashda sutka ichi soatlaridagi,

hafta kunlaridagi va yil fasllaridagi yoʻlovchilar oqimining oʻzgarishini

hisobga olishlik zarur.

Bir guruh marshrutlar uchun harakat chizmalarini tuzishda,

marshrutlarning har birining alohida xarakteri hisobga olinadi. Bunda

turli marshrutlardagi yoʻlovchilar zichligi oʻzgarishi hisobga olinib bir

marshrutdan boshqasiga ayrim miqdordagi avtobuslarni oʻtkazishlik

imkoniyatlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunday oʻtkazishlarda,

avtobuslar kamaytirilayotgan marshrutdagi yoʻlovchilar tashish ishi

jiddiy susaymaydigan boʻlishi nazarda tutilishi lozim. Bundan tashqari,

iqtisodiyotni nazarda tutib, oʻtkaziluvchi avtobuslar qatnovini oshirib

yubormaslikka ham e‗tibor berilishi lozim.

Harakat chizmalari asosida harakat jadvali tuziladi. Tuzilgan

jadvallar esa aholiga eng yaxshi xizmat koʻrsatish bilan birga

avtobusdan oqilona foydalanishlikni hisobga olgan boʻlishi zarur.

Jadvalda oxirgi punktlaridan joʻnash va ularga kelish hamda

yoʻlovchilar oboroti koʻp boʻlgan uzellardan oʻtish vaqtlari koʻrsatilgan

boʻladi. Bunday jadvallarni tuzishda sutka soatlari ichi ekspluatatsion

harkat tezliklarini hisob qilishni belgilanishi maqsadga muvofiq va bu

narsa yoʻllarning yuklanganligiga, avtobuslarni toʻlganligi va boshqa

sharoitlar bilan bogʻliqdir.
2. Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish

Yengil avtomobillarda yoʻlovchi tashish avtobuslar bilan tashishga

nisbatan foydalanilayotgan transport vositalari va tashish ishlarni tashkil

etish tamoyillarga koʻra tubdan farqlanadi. Yengil avtomobillarda

yoʻlovchilarni tashish asosan quyidagilarga boʻlinadi:

- maxsus taksi avtomombillarda yoʻlovchilarni tashish;

- xizmat yuzasidan yoʻlovchilarni yengil avtomobillarda tashish.

Keyingi tashishlar qatoriga aholi buyurtmasiga binoan tantanalarga

xizmat etuvchi yengil avtomobillar ishlari ham kiradi. Bundan tashqari

aholining shaxsiy mulklari boʻlgan yengil avtomobillarda tashishlar ham

bordir. Yengil avtomobillarda yoʻlovchilar tashish ishlarining aksariyati

yengil taksi va shaxsiy mulk egalari avtomobillari zimmasidadir.

Taksi yengil avtomobillarda shahardagi yoʻlovchilarni eng qulay

tashish turlariga kiradi. Ammo, taksi yengil avtomobillardagi

yoʻlovchilarni tashish shahar marshrut transporti almashtirolmay,

ularga qoʻshimcha transport turi boʻlib, aksariyat hollarda vaqti ziq

boʻlgan yoʻlovchilarni tashishlarda, yoʻlovchining talabiga binoan u

aytgan ―eshikdan-eshikgacha‖ boʻlgan tashishlarda, yukli yoʻlovchilar

qatnovida, shahar yoʻlovchilar transportning boshqa turi boʻlmagan

hududlardagi tashishlarda yoki shahar yoʻlovchilar transporti

ishlamaydigan tungi soatlardagi tashishlarda ishlovchi yoʻlovchilar

transporti hisoblanadi. Ayrim hollarda yengil avtomombillardan shahar

atrofi, qishloq joylardagi va shaharlararo yoʻlovchilar tashishda ham

foydalaniladi.

Yengil taksi avtomobillarni ishlatishlikda ulardan jadal foydalanish

xarakterlidir. Sutka davomida bunday avtomobillar 13-14 soat ishda

boʻlib, oʻrtacha bosib oʻtish masofasi 200-250 km ni tashkil etadi.

Aksariyat hollarda yengil taksi avtomobillardan foydalanuvchi

yoʻlovchilar yuk bilan qatnovchi yoʻlovchilardir.
Shuning uchun ham taksidan foydalaniladigan avtomobillarga

texnik jihatdan yuqori darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori,

yoʻlovchilarni oʻtirish va ular yuklarini joylashtirish qulay boʻlishi

talablari qoʻyiladi.

Barcha yengil taksi avtomobillarida kira haqini oʻlchab boruvchi

asbob-taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari boʻlishi lozim. Bunda

koʻk chiroqli signal taksi boʻshligini, qizil chiroqli signal uning aksi,

ya‗ni bandligini koʻrsatadi. Taksometrning bir necha xil kira haqini

hisoblovchilari boʻlib, avtomobil harakatiga uzatmalar qutisi orqali

ishlaydi, agar buyurtmachi talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat

tezligi 15 km/soatdan kichik boʻlsa, asbob ichiga oʻrnatilgan soat

mexanizm bilan avtomobildan foydalanish haqi hisoblanib boriladi.

Taksometrlar Davlat standarti talabiga binoan va avtomobil spidometri

(harakat tezligi koʻrsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart.


3. Shahar yoʻlovchi transportini ijtimoiy va mantiqiy

tizimlari munosabati

Shahar mikrotumanlari yoki yoʻlovchilar oqimi koʻp boʻlgan yirik

uzellardagi korrespondentlar (ya‗ni yoʻlovchilar) tashuvchi yoʻllarni

yoki marshrutlarni tashkil etish asoslari boʻlib, ularning yigʻindisi

shahar transport shahobchalarini tashkil etadi. Aytilgan

shahobchalarni shahar xududlariga oqilona joylashtirish va turli xildagi

shahar transportlari orasida yoʻlovchilar tashish ishini

muvofiqlashtirishda marshrutlarni iloji boricha yoʻlovchilar qatnovi

uchun zarur boʻlgan vaqtni tejash, ya‗ni uni minimal boʻlishi, harakat

muntazamligi va tekisligini hisobga olib, marshrutlarni toʻgʻri chiziqli

boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Bunday talablarni bajarishlik uchun

harakatni eng qisqa yoʻnalish boʻyicha (amalda bor yoʻl va koʻchalarni

hisobga olib), aholi zich yashaydigan va markazni chetki tumanlar bilan

birlashtiruvchi hamda turli xil, eng avvalo bor metropoliten transportlari

bilan (agar bunday transport boʻlsa) tutashuvchi marshrutlar tashkil

etilishi tavsiya etiladi.

Marshrutlar yoʻnalishi va transport shahobchalarining joylashuvi

(konfiguratsiyasi) yoʻlovchilar hosil etuvchi va yoʻlovchilarni koʻplab

qabul qiluvchi tugunlar shahar hududidagi joylashuvigi bogʻliq boʻlmay,

shaharning transport harakatlari kommunikatsiyalarini joylashuvi,

koʻchalarning alohida xususiyatlari, ulardagi harakat zichligi va jadalligi

kabilarga ham bogʻliqdir.

Amalda bor yirik shaharlardagi yoʻlovchilarga xizmat etish shahar

transporti turlari (metro, tramvay, trolleybus va avtobus) ichida eng

koʻp tarqalgani avtobus transportidir. Avtobus transporti koʻpchilik

kichik va oʻrta shaharlarda yagona yoʻlovchilar tashuvchi transport

turidir.

Trolleybus

Boshlangʻich kapital xarajatlarni kamligi

(ammo avtobusdan koʻp), harakatning tinchligi,

jadal tezlana olishligi, aloqa tezligining kattaligi,

havodagi kontakt-sim qurilmalarining

murakkabligi (ayniqsa kesishish joylari,

strelkasi), manevrchanligini avtobusga nisbatan kamligi sababli)

Tramvay


- Tashish qobiliyatining kattaligi

- Yoʻlovchilar oqimi koʻp boʻlganda joylarda

tashish tannarxining arzonligi;

- Boshqarishni soddaligi;

- Manevrchanlikning kamligi;

- Harakatdagi shovqinni koʻpligi;

- Boshlangʻich kapital harajatlarning juda kattaligi.

Metro


- Tashish qobiliyatining eng kattaligi;

- Aloqa tezligining eng kattaligi;

-Harakat muntazamligining yuqoriligi

(toʻsiqlar yoʻqligi) harakat xavsizligining eng

kattaligi;

- Boshlangʻich kapital xarajatlarning juda kattaligi.

Texnik-ekspluatatsion koʻrsatgichlariga binoan yoʻlovchilar

transportning har bir turining eng oqilona ishlatish joylari bor.

Juda katta quvvatli yoʻlovchilar oqimiga, ayniqsa markaziy joylarda

yer usti transporti ishini yengillashtirishda metroning xizmati

beqiyosdir; metroning bir yoʻnalishi soatiga 50-60 ming kishi

tashish quvvatga ega boʻlgan yoʻlovchilar oqimiga xizmat qila oladi.

Tramvay muhim ahamiyatli katta quvvatli yoʻlovchilar oqimiga

xizmat qiladi; metro yoʻnalishining davomi sifati shahar tumanlarini

shahar atrofi bilan bogʻlashda koʻpincha tramvaydan foydalaniladi; Bir

tramvay yoʻli, undagi vagonlar soniga koʻra soatiga 15-18 ming

yoʻlovchilar oqimi quvvatiga ega yoʻnalishga xizmat qila oladi.

Sutkasiga kamida 5 ming yoʻlovchilar oqimi boʻlgandagina tramvay

yoʻllarini qurishik maqsadga muvofiqdir.

Trolleybus tramvayni shaharning asosiy yoʻnalishlarida

almashtirishda hamda yoʻlovchilar oqimi kam boʻlmagan hollarda

shaharni uning atrofi bilan birlashtirishda qoʻllaniladi; bir trolleybus

yoʻli soatiga 5-9 ning yoʻlovchilar oqimiga xizmat etishi mumkin.

Trolleybus yoʻnalishini ochishlik uchun ayni yoʻnalishda sutkasiga

kamida 2 ming yoʻlovchilar oqimi boʻlishligi maqsadga muvofiq deb

topilgan.

Avtobuslar shaharning markaziy hududlaridagi qisqa masofali

qatnovlarda metro, tramvay va trolleybus yoʻnalishlariga paralel

qoʻshimcha, ya‗ni ular marshrutlarini yanada toʻldirish maqsadida

ishlatiladi. Yoʻlovchilar transportining boshqa turlari boʻlmagan yoki

yoʻlovchilar oqimi kichik joylarda musaqil ravishda avtobus

marshrutlari xizmati tashkil etiladi; shahar bilan shahar atrofi

yoʻlovchilar aloqalarini oʻrnatishda avtobus xizmatining alohida oʻrni

bor. Bir harakat yoʻnalishidagi bir avtobus yoʻli soatiga 5-7 ming

yoʻlovchilar oqimiga va parallel lentali harakatlarda esa 10 ming

yoʻlovchilar oqimiga xizmat etish qobiliyatiga ega.

Yoʻlovchilarni tashish quyidagi turlarga boʻlinadi:

a) shaharda tashish;

b) shahar atrofida tashish;
v) shaharlararo tashish;

g) xalqaro tashish.

Yoʻlovchilar:

a) yoʻnalishli avtobuslarda;

b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari

(buyurtmalari)ga yoki tashishning boshqa shartnomalari boʻyicha

beriladigan avtobus va yengil

avtomobillarda;

v) yoʻnalishsiz taksilarda;

g) yoʻnalishli taksilarda

tashiladi.

Yoʻnalishli avtobuslar va

yoʻnalish taksilari harakati:

a) shahardagi yoʻnalishlarda — shaharlarning hokimliklari yoki

shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan shahar

yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan;

b) shaharlar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo

yoʻnalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston

Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar

hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan yoʻlovchilar tashish

transporini boshqarish organlari tomonidan;

Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida

belgilangan tartibda:

a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki shahar yoʻlovchilar

tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar

ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki

ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy

yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yoʻnalishlar sxemalarini

kelishgan holda;

b) shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo

yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar

ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki

ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy

yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yoʻnalishlar sxemalarini

kelishgan holda;

v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda —

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi

bosh boshqarmasi bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda

Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga

oshiriladi.

Shahar yoʻlovchilar tashish transporti oʻnalishlari quyidagi

turlarga boʻlinadi:

a) shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tigʻiz paytlardagi

qoʻshimcha yoʻnalishlar;

b) shahar chetidan koʻpi bilan 2 km chetga chiquvchi shaharda

qatnovchi yoʻnalishlar;

v) yoʻnalishli taksilar.

Shahardagi yoʻnalishlar shahar (shaharcha)dagi turar joy va

sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sogʻlomlashtirish

tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari,

temir yoʻl platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport

aloqasini ta‗minlashi kerak.

Aholiga xizmat koʻrsatish xususiyatiga muvofiq shahardagi

yoʻnalishlar bir nechta ish rejimiga ega boʻlishi mumkin:

a) sutka, hafta kunlari, oyning belgilangan davri mobaynida amal

qiladigan doimiy yoʻnalishlar;

b) dam olish hududlari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari,

yarmarkalar va shu kabilar faoliyat koʻrsatadigan davrda tashkil

etiladigan mavsumiy yoʻnalishlar;

v) maxsus yoʻnalishlar;

g) koʻcha–yoʻl shohobchalarida favqulodda vaziyatlar paydo

boʻlganda, ayrim uchastkalar, transport yoʻllari va maydonlar

yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yoʻnalishlar.

4. Shahar yoʻlovchi transportida logistik texnologiyalar va

logistik tizimlar strukturasi

Boshqarish sistemasi transport jarayoʻnini bajarish jarayoʻnida

toʻliq va toʻgʻri informatsiyalarni egallashi kerak.

Boshqarishni logistik texnologiyasi logistik modelni mavjudligini

hisobga oladi. Boshqarishni logistik texnologiyasi kompyuter texnikasiz

amalga oshirilmaydi, qaysiki uning asosiy elementi material baza

hiosblanadi.

Transport ehtiyojlarini logistik modeli shahar aholisi uchun

marshrut tarmogʻini qurish va transport vositalarini ish rejimini

aniqlashni asosi hisoblanadi.

Boshqarish moduli turli matematik modellardan foydalanib quriladi

va dasturlarni paketini ifodalaydi. Logistik model tanlangan sistemalar

yordamida baholash imkoniyatini beradi. Shahar yulovchi transportini

boshqarishda liniyada koʻchma tarkib ishini operativ informatsiyasidan

foydalaniladi. Boshqarishni logistik logistik sistemalarini yaratish

yulovchilarni tashishda zamonaviy kompyuter texnikasi va zamonaviy

dastur vositalari yordamida amalga oshiriladi.

Logistik model shaharda yulovchilarni tashishni boshqarishni

logistik sistemalarining zarur elementi hisoblanadi va quyidagi

elementlarni tashkil etadi:

shahar aholisini transportga boʻlgan ehtiyojlari;

mavjud marshtrut tarmogʻida transportni ishlash koʻrsatkichlari

va yulovchilarni tashish xarakteristikasi;

shahar aholisiga transportli xizmat koʻrsatishni variantlari

tahlili uchun matematik model;

turli variantlar boʻyicha matematik modellashtirishni natijalari

va transportli xizmat koʻrsatishni bashoratlash sistemalari.

Yoʻlovchilarni tashishda logistik sistemalarni zanjirlar orasidagi logistik

oqimlarini ajratish logistik logistik sistemani koʻrsatishga ruxsat beradi.


5. Shahar yulovchilarini transport xizmatlarida soʻrovlari

omillari


Transport xizmatlarini bozorda samarali funksiyalashtirish uchun

birinchi navbatda ularga boʻlgan soʻrov haqida toʻliq informatsiyaga

ega boʻlish kerak.

Marshrut xabarlari va tarmoqlar farqlanadi. Marshrutli xabarlar –

marshrut tarmogʻida ishtirok etuvchi toʻxtash punktlari orasidagi siljish.

Yoʻlovchilar oqimini tekshirish metodikasiga ikkita prinsipial kamchilik

xos:

1) tekishirishlar qisqa oʻtkaziladi, olingan natijalar esa butunlay



shahar uchun umumlashtiriladi va transport ishini butun davrida

foydalaniladi;

2) tekshirishlar natijalari oʻtmishdagi joyni holatini aks ettiradi.

Bu aloqada tashish hajmini matematik modelini yaratish dolzarb

hisoblanadi. U yoki bu omillarni belgilashda, yoʻlovchi oqimlarini

bashoratini oʻzgartirish mumkin.

Omillarni katta guruhi miqdoran baholanadi. Bunday omillar

turiga shaxsiy foydalanish uchun avtomobillar miqdori hisoblanadi.

Tashishni soʻrovi aniqlaydigan omillar toʻplami tashishning turiga

bogʻliq. Masalan, yulovchilarni oqimini kattaligi kechki vaqtda

restoranlar, klublar koʻngil ochar dasturlarga bogʻliq. Radial magistral

transport oqimini shaharga kirishi, chet tumanlarni shahar markazi bilan



bogʻlash uchun xizmat qiluvchi avtomobil yoʻllari hisoblanadi.
Download 14.53 Kb.




Download 14.53 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. YoʻlovchIlarni tashish texnologiyasida logIstik yondashuv YengIl avtomobillarda yoʻlovchilar tashIsh

Download 14.53 Kb.