|
Metall konstruktsiyalar va ramalarni tiklash texnologiyasi
|
bet | 3/9 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 22,54 Kb. | | #153103 |
Bog'liq 10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja-kompy.infoMetall konstruktsiyalar va ramalarni tiklash texnologiyasi.
Mashinalarning metall konstruktsiyalari profilli (shvillerlar, burchakliklardan) va tunuka (list) materiallardan yasaladi. Nuqul metall konstruktsiyalar asosan payvandlab va kamdan-kam xolda parchalanib tayyorlanadi. Payvand choklarda darzlar paydo bo’lishi payvand konstruktsiyalarining asosiy nuqsoni xisoblanadi, parchinlar tayyorlangan konstruktsiyalarda birikmalar bo’shashib qoladi, parchinlar uzilib, parchin mix o’tgan teshiklar yeyilib ketadi. Pavandlab tayorlangan metallokonstruktsiyalarda ham, parchinlab tayyorlangan konstruktsiyalarda ham bo’ylama to’sinlarda, ko’ndalang bruslarda va tirgovuchlarda darzlar, o’zaro tutashadigan detallar uchun mo’ljallangan (o’qlar, barmoqlar, vallar o’tadigan) tashiklarning yeyilishi, tob tashlashi, egilish va buralishlar uchraydi.
Detalning qalinligi, mm
|
Elektrod dinametri, mm
|
Tok kuchi, A
|
2…4
|
3…4
|
75…125
|
4…6
|
4…5
|
180…200
|
6…10
|
5…5
|
200….400
|
Listlardan yasalgan metall konstruktsiyalarda (kabina, kuzov, sisternalar, barabanlar va b.da) zanglash va mexanik shikastlanish (darzlar, ezilishlar, uzilishlar) lar uchraydi.
- Bo’shashib qolgan parchinlar olib tashlanadi, buning uchun ularning kallagi oddiy yoki pnevmatik zubilo bilan, yoki gaz alangasida kesib tashlanadi yoki maxsus uchlik o’rnatilgan drel bilan o’yiladi. Parchin mix o’tadigan yeyilgan teshik parmalanadi va kattalashtirilgan o’lchamda yo’nib kengaytiriladi yoki teshik payvandlab to’ldiriladi va qaytadan teshik ochilib nominal o’lcham bilan yo’nib kengaytiriladi. Birikmadagi barcha parchin mixlar almashtirilganda barcha teshiklar parmalanib, konduktorlar yordamida yo’nib kengaytiriladi.
|
| |