• Standardlar.
  • 10-laboratoriya mashg`uloti preparativ xromatografiya va unga tegishli bo`lgan asbob-uskunalar bilan tanishish. Vitaminlar tahlili




    Download 1,18 Mb.
    bet1/3
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,18 Mb.
    #122297
      1   2   3
    Bog'liq
    10-laboratoriya mashg`uloti - ready


    10-LABORATORIYA MASHG`ULOTI


    PREPARATIV XROMATOGRAFIYA VA UNGA TEGISHLI BO`LGAN ASBOB-USKUNALAR BILAN TANISHISH. VITAMINLAR TAHLILI.

    Yuqori bosimli suyuqlik xromatografiyasi vitaminlarni tahlil qilishda keng miqyosda foydalaniluvchi usul hisoblanadi. Vitaminlar tuzilishi, biologik faolliklari va kimyoviy xossalari bilan farqlanuvchi, metabolizmning normal ishlashi uchun zarur bo’lgan birikmalar hisoblanadi. Vitaminlar tabiiy holda turli oziq-ovqatlar tarkibida uchraydi, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar tarkibiga ham qo’shiladi. Vitaminlar suvda va yog’da eruvchi vitaminlar guruhiga bo’linadi.


    Keng tarqalgan suvda eruvchan vitaminlar: Tiamin (B1), Piridoksin (B6), Sianokobalamin (B12), Riboflavin (B2), Niatsin (B3), Nikotinamid, Askorbin Glyukozid, Vitamin C va Eritorbin kislota.
    Yog’da eruvchan vitaminlar: Retinol (Vitamin A), Retinol Atsetat (Vitamin A Atsetat), Ergokalsiferol (D2), Xolekalsiferol (D3), dl-α-tokoferol (Vitamin E), D(L)-α-tokoferol atsetat (Vitamin E Atsetat) va Filloxinon (K1). 
    Vitaminlarning beqaror tabiati ularni tahlil qilishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Vitaminlar barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar: harorat, yorug’lik, havo, shuningdek, oziq-ovqat komponentlari bilan ta’sirlashuvlari.
    PDA detektor bilan teskari fazali yuqori bosimli suyuqlik xromatografiyasi yordamida suvda eriydigan va yog'da eriydigan vitaminlarni aniqlashning ikkita usuli ishlab chiqilgan. Miqdoriy analiz uchun vitaminlarning beqarorligi sabab namunani tayyorlash vaqtida doimiy ravishda parchalanish sodir bo’lganligi uchun har bir vitamin uchun alohida HPLC metodlari tavsiya qilinadi.
    Reagentlar
    Deionlashgan suv (Milli-Q® Gradient A10), atsetonitril (CH3CN), metanol (CH3OH), metil tertbutil efir (MTBE) va dixlormetan (CH2Cl2), Kaliy digidrofosfat (KH2PO4), fosfat kislota (H3PO4) va kaliy gidrokarbonat (KHCO3).


    Standardlar. Suvda va yog’da eruvchi vitamin standardlari:

    1. Foliy kislotasi (vitamin B9), askorbin kislota (vitamin C), filloxinon (K1), tokoferol (vitamin E), tokoferol atsetat (Vitamin E Atsetat), ß-karoten, retinol (vitamin A) va retinol atsetat (vitamin A atsetat);

    2. Retinol palmitat (vitamin A palmitat);

    3. Tiamin (vitamin B1), riboflavin (vitamin B2), nikotinamid (vitamin B3), nikotin kislota (vitamin B3), pantoten kislota (vitamin B5), piridoksin gidroxlorid (vitamin B6), piridoksal gidroxlorid (vitamin B6), sianokobalamin (vitamin B12), ergokalsiferol (vitamin D2) va xolekalsiferol (vitamin D3), lutein, likopen.




    Download 1,18 Mb.
      1   2   3




    Download 1,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-laboratoriya mashg`uloti preparativ xromatografiya va unga tegishli bo`lgan asbob-uskunalar bilan tanishish. Vitaminlar tahlili

    Download 1,18 Mb.