|
Suvda eruvchan vitaminlarning standart eritmalarini tayyorlash
|
bet | 2/3 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #122297 |
Bog'liq 10-laboratoriya mashg`uloti - readySuvda eruvchan vitaminlarning standart eritmalarini tayyorlash.
B1, B3 (nikotinamid va nikotin kislota), B5, B6 (piridoksin gidroxlorid va piridoksal gidroxlorid), B12 va vitamin C larning standartlarini tayyorlash uchun 10-20 mg vitamin kukuni tortib olinadi va deionlashgan suv qo’shib 1.0 mg/ml konsentratsiyada har bir vitaminning 10-20 gr eritmasi tayyorlab olinadi. Vitamin B2 va B9 larning suvda eruvchanligi kamligi uchun, eritmalarini tayyorlashda deionlashgan suvdan foydalanilmaydi. Vitamin B2 eritmasi 5 mM KOH yordamida, vitamin B9 eritmasi esa 0.5 mg/ml konsentratsiyada 20 mM KHCO3 yordamida tayyorlanadi. Vitamin C va B2 beqarorligi yuqoriligi uchun analiz vaqtida tayyorlab, shu zahoti analiz qilinadi.
Yog’da eruvchan vitaminlar. Vitamin A va uning atsetati, palmitat, D2, D3, vitamin E va uning atsetatlarining standardlarini tayyorlash uchun 10-20 mg tortib olinadi va metanol qo’shib, har bir vitaminning 1.0 mg/ml konsentartsiyada 10-20 gr eritmasi tayyorlanadi. Vitamin K1 standardini tayyorlashda metanol o’rniga atsetondan; ß-karoten, lutein va likopen standardlarini tayyorlashda esa metanol o’rniga dixlormetandan foydalaniladi. ß-karoten barqarorligi kamligi uchun 0.5 mg/mL konsentartsiyada analiz vaqtida tayyorlab, shu zahoti analiz qilinadi.
Tayyorlangan standardlar 4°C haroratda saqlanadi; shuningdek, yog’da eruvchan vitaminlarni qorong’uda saqlash kerak. Suvda eruvchan vitaminlarning ishchi standardlarini analiz qilinadigan vaqtda deionlashgan suv bilan suyultirib tayyorlanadi. Yog’da eruvchan vitaminlarning ishchi standardlarini esa CH3OH-CH2Cl2 (1:1, v/v) aralashmasi yordamida suyultirib tayyorlanadi.
Namuna va namunalarni tayyorlash.
Ikki xil ichimlik supermarketdan olib kelinadi; dorixonadan multivitaminli va mineral qo’shimchalar tutgan ikkita tabletka dorixonadan olib kelinadi; ikki xil hayvonlar uchun mo’ljallangan ozuqa.
Namunani tayyorlash.
Qo'shimchalar sifatida tahlil qilinadigan namunalarga vitaminlar qo'shiladi, chunki ular go'sht va o'simliklarda tabiiy ravishda mavjud bo'ladigan vitaminlardan farq qiladi. Shuning uchun, bu namunalarni fermentativ, ishqoriy yoki kislotali-gidroliz qilib emas, balki to'g'ridan-to'g'ri erituvchi yordamida ekstraktsiya qilib tayyorlanadi. Sharoitga bog’liq ravishda, ichimlik namunalarini (masalan, vitaminli ichimlik) suyultirib va to'g'ridan-to'g'ri tahlil qilinadi.
Hayvon ozuqasi hamda vitamin va mineral qo’shimchalar tutgan tabletkalardan suvda eruvchan vitaminlarni ekstraksiya qilish: tabletkalar maydalanadi va 0.100 gr og’irlikda tortib olinib, 100 ml li o’lchov kolbasiga solinadi va 80 ml suv qo’shiladi. Ultratovushli ekstraksiyadan 15 minut o’tgach belgisigacha suv quyiladi.
Yog’da eruvchan vitaminlarni ekstraksiyasi: 5 ta 10 ml li o’lchov kolbalariga 0.125 gr dan maydalangan kukunlar qo’shiladi va 8 ml CH3OH-CH2Cl2 (1:1, v/v) aralashmasi qo’shiladi. Ultratovushli ekstraksiyadan 15 minut o’tgach belgisigacha CH3OH-CH2Cl2 (1:1, v/v) aralashmasi qo’shiladi. Tayyorlangan eritmalar qorong’uda saqlanadi va kerak vaqtda suyultirib foydalaniladi. Faqat ineksiya qilishdan oldin 0.2 µm membranali filtr (Millex-GN, Sigma-Aldrich) yordamida filtrlab olish kerak.
21 ta suvda va yog'da eriydigan vitaminlarni bir vaqtning o'zida ajratish uchun optimallashtirilgan xromatografik sharoitlar 1-rasmda ko'rsatilgan, 21 ta suvda va yog'da eriydigan vitaminlar bir vaqtning o'zida quyidagi optimallashtirilgan xromatografik sharoitlarda va klapanlarni almashtirish, ikki marta in'ektsiya, konvert bilan birlashtirilgan holda ajratilgan. In'ektsiya va to'lqin uzunligini almashtirish.
|
| |