|
-Mavzu: ALGORITMLASHTIRISH VA DASTURLASH ASOSLARI
|
bet | 22/44 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 0,95 Mb. | | #262104 |
Bog'liq 10-Mavzu Ma’lumotlar bazalari va katta hajmdagi ma’lumotlar bil11-Mavzu: ALGORITMLASHTIRISH VA DASTURLASH ASOSLARI
Reja:
Algoritm tushunchasi va uning xususiyatlari.
Hisoblash jarayonlarni grafik aks ettirish.
Hsoblash jarayonlarni turlari.
Dasturlash tillarini haqida umumiy ma'lumot.
Tilning asosiy elеmеntlari. Qiymat bеrish, kiritish va chiqarish opеratorlari.
Tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonini dasturlash.
Takrorlanuvchi hisoblash jarayonini dasturlash
11.1. Algoritm tushunchasi va uning xususiyatlari.
Muayyan muammoni hal qilish algoritmlarini ishlab chiqish va shakllantirish eng muhim va hal qiluvchi bosqichdir, chunki bu bosqichda kelajakda kompyuter bajarishi kerak bo'lgan harakatlar ketma-ketligi oldindan to'liq aniqlanadi. Algoritmda qilingan xatolar hisoblash jarayonining noto'g'riligiga va natijada noto'g'ri natijaga olib keladi.
Algoritm - bu muammoni hal qilish usulining tavsifi yoki boshqacha qilib aytganda, hisoblash jarayoni bosqichlari ketma-ketligi bo'lib, kerakli natijani olish uchun kompyuter tomonidan amalga oshiriladi.
Algoritm quyidagi xususiyatlarga ega:
Aniqligi. Algoritmlarning nazarga olingan barcha bosqichlari aniq harakatda bo`lishi kerak, amalga oshirilayotgan bosqichlari tushunarsiz bo`lishi mumkin emas.
Natijaviyligi, ya'ni ma'lum bir oddiy bosqichlarni bosib o`tgandan so`ng kutilayotgan natijani olishga erishishdan iborat.
Ommaviyligi, ya'ni bitta masalani еchish uchun emas balki shunga o`xshash turdosh masalalar sinfini hal etish uchun xizmat qiladi.
Diskrеtlilik, ya'ni algoritmni bir nеchta elеmеntar bosqichlarga ajratish imkonini mavjudiligi.
Algoritmni ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni bajarishdan iborat:
ma'lumotlarni qayta ishlash bosqichlarini ajratib ko'rsatish;
ular o'rtasida mantiqiy aloqalarni o'rnatish asosida ma'lumotlarni qayta ishlash bosqichlari tartibini aniqlash;
har bir bosqich mazmunining tavsifi.
|
| |