|
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymati (narxi)ni belgilash tarkibi
|
bet | 2/9 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 33,82 Kb. | | #123455 |
Bog'liq 10-mavzu qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik10.2. Qurilishning smeta bo‘yicha qiymati (narxi)ni belgilash tarkibi,
tuzilishi va uslublari
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymati – bu loyihalarda asos solingan qarorlarga mos holda o‘sha yoki boshqa ob’yektlar va inshootlarni ko‘paytirish uchun zarur pul mablag‘lar miqdoridir. U smetaga oid hujjatlarni ishlab chiqarish paytida investor (buyurtmachi) topshirig‘i yoki vazifasi bo‘yicha loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadi. Ohirgisi yangi qurilish bilan ham, amaldagi korxonalar, binolar va inshootlarni kengaytirish yoki qayta qurish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash zaruriyati qoida bo‘yicha, asosan ikki holatda paydo bo‘ladi:
loyiha-smetaga oid xarajatlar bilan ishlash paytida, ya’ni belgilangan hujjatlarning tarkibiy va asosiy qismi sifatida;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish vaqtida (TIA).
Umuman smeta bo‘yicha qiymat kapital mablag‘larni aniqlash, qurilish uchun mablag‘ ajratishni topish, qurilish mahsulotlariga (kelishilgan) narxni shakllantirish, bajarilgan qurilish - montaj ishlariga hisob – kitoblarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Smeta bo‘yicha qiymatlardan kelib chiqqan holda qurilgan korxonalar, binolar va inshootlar bo‘yicha asosiy jamg‘armalar joriy qilingan bilans qiymati belgilanadi.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash uchun asos bo‘lib qo‘ydagilar xizmat qiladi.
loyihaga tushuntirish xati;
loyihaning o‘zi va ish hujjatlari, shu jumladan qurilish-motaj ishlari ko‘lami, chizmalari va vedomosti;
jihozlarni tasniflash;
ishlarni bajarish loyihalari (IBL) va qurilishni tashkil qilish loyihalari (QTL);
amaldagi smeta normativ baza.
Hisobga olish va rejalashtirish amaliyotidagi qurilishning smeta bo‘yicha qiymati quyidagi asosiy elementlar bo‘yicha aniqlanadi.
qurilish ishlari;
jihozlar va montaj bo‘yicha ishlar (montaj ishlari);
mashina va jihozlarni uchun xarajatlar
boshqa xarajatlar (loyiha - qidiruv va boshqalar).
Pudrat tashkilotlari faoliyatida elementlarning birinchi ikki guruhi odatda bitta moddaga - qurilish-montaj ishlariga birikadi, ular o‘z navbatida quydagi qismlardan tashkil topadi: bevosita xarajatlar (BX), ustama xarajatlar (UX) va rejali jamg‘armalar yoki smetada foyda (Rj). Qurilish mahsuloti birligini aniqlash yoki qurilish-motaj ishlarining yagona smeta bo‘yicha qiymati quydagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
|
| |