• Smeta foydasi
  • Rejadagi foyda
  • Qurilishda foyda va uni hisoblash usullari




    Download 33,82 Kb.
    bet5/9
    Sana19.12.2023
    Hajmi33,82 Kb.
    #123455
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    10-mavzu qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik

    10.3 Qurilishda foyda va uni hisoblash usullari


    Foyda – bu qurilish korxonasi ishchilarining qo‘shimcha mehnati bilan topilgan sof daromad yoki daromad va mahsulot (ish,xizmat)ning to‘la tannarxi o‘rtasidagi farqdir. U korxona moliyaviy va ishlab chiqarish birqarorligini muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Foyda hisobiga korxonalar rivojlanadi, ishchilarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi, umuman xo‘jalik sub’yektlari va davlat ehtiyojlari qondiriladi. Undan tashqari foyda olish korxona raqobatbardoshligini muhim sharti ham hisoblanadi.
    Investitsion jarayonning turli bosqichlarida foydaning quyidagi turlari aniqlanadi:
    Smeta foydasi – bino, inshoot va boshqa ob’yektlar loyihasida belgilangan foyda;
    Rejadagi foyda – muayyan shartlar uchun qurilish tashkilotlari hisobiga olingan foyda;
    Haqiqiy foyda – ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan foyda.
    Smeta foydasini boshqacha qilib, qurilish tashkilotining rejadagi jamg‘armalari, ya’ni qurilish loyihasida biriktirilgan, uni davlat tomonidan kafolatlangan daromad deb nomlanadi. U qurilish mashinalari va mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi quruvchi va ishchilar ish haqi qiymatining 50%i yoki loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan qurilish-montaj ishlari tannarxining 12%i hisobida belgilangan.
    Narx-navoni erkinlashtirish sharoitida rejadagi jamg‘armalar (smetaga oid foyda) darajasi buyurtmachi roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
    Smeta foydasi kafolatli daromad sifatida qurilish tashkilotiga soliqni, bank kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga, uy-joy-kommunal xo‘jalik ob’yektlarini saqlashga, ishlovchilarni rag‘batlantirishni amalga oshiriga yordam beradi.
    Rejadagi foyda ostida qurilish tashkiloti biznes rejasini (ishlab chiqarish-iqtisodiy rejasini) ishlab chiqish jarayonida belgilangan foyda tushuniladi. Qurilish tashkiloti imzolagan pudrat shartnomalari asosida o‘z foydasini mustaqil rejalashtiradi.
    A’lohida ob’yektlar bo‘yicha rejadagi foyda (Ra) quyidagi formula bo‘yicha: smeta foydasi yoki rejali jamg‘armalar (Rj), ish tannarxini kamaytirish orqali erishilgan rejali samara (Er) va buyurtmachidan olingan kompensatsiya (Kb) yig‘indisi sifatida hisoblanadi.

    Download 33,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 33,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilishda foyda va uni hisoblash usullari

    Download 33,82 Kb.