• St = Q qmi - R t , R t – rejadagi mablag‘larning to‘liq qiymati. Rejadagi tannarx
  • 10-mavzu: qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik




    Download 33,82 Kb.
    bet4/9
    Sana19.12.2023
    Hajmi33,82 Kb.
    #123455
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    10-mavzu qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik

    St = Qqmi – (Qqmi*Rj)/ (100+Rj)
    Qqmi - qurilish–montaj ishlarining (qurilishning)smeta bo‘yicha qiymati.
    Rj – rejali jamg‘armalar normasi, %.
    Smeta bo‘yicha tannarx – bu smetaga oid norma va narxlar bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini bajarishga ketgan xarajatlardir. U qurilish-montaj ishlarini smeta bo‘yicha qiymatidan rejali mablag‘lar qiymatiga qaraganda kamroq, ya’ni
    St = Qqmi - Rt,
    Rt – rejadagi mablag‘larning to‘liq qiymati.
    Rejadagi tannarx – bu qurilish montaj ishlarini bajarish uchun rejalashtirilgan sarf-xarajatlardir. Rejadagi tannarx smeta bo‘yicha tannarxdan rejadagi kamayish qiymaticha kamroq bo‘ladi. U texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan amalga oshiriladi va mehnat unumdorligini o‘sishi va qurilish mahsulotini yaratishning ratsional usullarini tashkil etish hisobiga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ketishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni belgilaydi. Ishlarning rejadagi tannarxi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
    Rt = Qqmi - Rj – 3 + D
    Qqmi – ishning smeta bo‘yicha qiymati;
    Rj – rejadagi mablag‘lar;
    3 – tannarxning rejalashtirilgan kamayishi;
    D – smetadan tashqari ishlar uchun to‘lovlar;
    Haqiqiy tannarx – bu qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ketgan haqiqiy xarajatlar yig‘indisidir. Haqiqiy xarajatlar iloji boricha kamroq bo‘lishi uchun qurilish maxsulotining sifatiga zarar etkazmasdan pudratchi tashkilotlar resurslardan samarali foydalanishni ko‘rib chiquvchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari, jonli mehnat va taxnikadan unumli foydalanish, bekor turib qolishlar va talofatlarga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
    Haqiqiy tannarxni shakllantirish uchun qoida bo‘yicha qurilish korxonasi buxgalteriyasi tomonidan bajarilgan ishlarni to‘g‘ri hisob-kitob qilish katta ahamiyatga ega. Bu hisob-kitob odatda qurilish tugaguncha o‘sib boruvchi uslub bilan har bir ob’yekt bo‘yicha olib boriladi. Bu yerda qurilish tashkiloti hamda buyurtmachi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bajarilgan ishlarni qabul qilish ishlari muqarrar foyda keltirishi mumkin. Bajarilgan ishlar hisobotini amalga oshirish vaqtida mutloq nojo‘ya oshirib yozishlar bo‘lib, qurilish qiymati va tannarxini sun’iy o‘stirish javobgarlikka tortiladi.



    Download 33,82 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 33,82 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu: qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik

    Download 33,82 Kb.