|
Qurilishda rentabellik va uni oshirish yo‘llari
|
bet | 8/9 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 33,82 Kb. | | #123455 |
Bog'liq 10-mavzu qurilish mahsulotining tannarxi, foyda va rentabellik10.4 Qurilishda rentabellik va uni oshirish yo‘llari
Rentabellik qurilish tashkiloti faoliyatining samaradorligini baholovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar qurilish tashkiloti, qolaversa har qanday korxona ham o‘z ishlab chiqarish faoliyatidan foyda olsa, uni daromadli hisoblash mumkin. Lekin foyda bilan qiyoslanganda rentabellik - bu foizlarda hisoblanuvchi nisbiy ko‘rstkichdir. Qanchalik mahsulot va ishlab chiqarishga sarf-xarajat kam bo‘lsa, shuncha ko‘p foyda, mahsulotning rentabellik darajasi yuqori bo‘ladi.
Qurilish mahsulotini rejalashtirish va hisoblash amaliyotida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlari hisoblanadi:
Smeta bo‘yicha rentabellik darajasi smeta foydasi yoki rejali jamg‘armalarni (Rj), qurilishning (ob’yekt, qurilish-montaj ishlari, xizmatlari) smeta qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R1 = Rj /S*100%,
Rejadagi rentabellik darajasi qurilish tashkilotlarining faoliyati natijalari bo‘yicha istiqbolni belgilash (prognozlash) maqsadlariga hizmat qiladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R2 = Rj / Nk*100%,
Rj – smeta foydasi yoki rejali jamg‘armalar;
Nk - qurilish ob’yektiga (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga) kelishilgan narx.
Haqiqiy rentabellik - qurilish tugatilishi va bajarilgan ishlar bo‘yicha butun hisob-kitoblar o‘tkazishdan keyin belgilanadigan umumlashtiruvchi samara ko‘rsatkichidir. U haqiqiy foydaning (Fh) qurilishning haqiqiy qiymatiga (tannarxi) (Nh) nisbati sifatida, ya’ni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Rh = Fh /Nk*100%,
Mexanizatsiyalashgan qurilish trestlari va boshqarmalari hamda ishlarni o‘z hisobidagi mashina va mexanizmlar parki orqali bajaruvchi qurilish tashkilotlari uchun rentabellik darajasi quyidagi formula bo‘yicha foydaning (Fb) asosiy ishlab chiqarish fondlari (Fas) va aylanma mablag‘lar (Fayl) yig‘indisiga nisbati orqali aniqlanishi mumkin:
|
| |