• Tayanch ibora va atamalar
  • 10-mavzu: ta’limda akt va interaktiv texnologiyalardan foydalanish reja




    Download 53,02 Kb.
    bet1/10
    Sana22.11.2023
    Hajmi53,02 Kb.
    #103674
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    10-seminar pedagogika


    10-MAVZU: TA’LIMDA AKT VA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH


    REJA:
    1. Ta’limda axborot kommunikatsiyalarning o‘rni va ahamiyati
    2. Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash

    3. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va interaktiv texnologiya turlari


    4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va interaktiv texnologiya ta’lim jarayonida qo’llanilishi

    Tayanch ibora va atamalar: ta’lim, axbrot texnologiyalari, zamonaviy metod, tamoyil, interfaol metod, kommunikatsiya.
    Ta’limda axborot texnologiyalari bugungi kunda axborot texnologiyalari jamiyatim iz rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari itisoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lib, hozirgi zamon axborotlashgan jam iyatning o'ziga xos xususiyati shundaki, axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar, xususan yangi texnologiyalar orasida yetakchi o ‘rin egallamoqda. Axborot texnologiyasi va texnik vositalar samarasini belgilaydigan didaktik m ateriallardan keng foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilaridan biridir. Milliy dasturda ta ’limtarbiya jarayonini boshqarishning bu m uhim vositasiga alohida urg‘u berilgan. Axborotli vositalar (kompyuter, elektron aloqa, radio, televidenie) dan foydalanish darajasi ikki omil bilan aniqlanadi: 1. O 'quv jarayoni uchun axborotli vositalar samara beradigan mavzular yuzasidan didaktik m ateriallarni ishlab chiqish. 2. Pedagoglarning o ‘z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik m ateriallardan metodik jihatdan to ‘g‘ri foydalana olish tayyorgarligini tekshirish. Axborolli ta’lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalanganday,in;i ko'/l.ingai) maqsadga erishish mumkin. Pedagogikjarayonni kompyiitcrLishlirisli asosiy yo'nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik (cxnologiyalaming sluig'ullanishi lozim bo'lgan sohasidir. Axborot texnologiyalari - bu odam larning bilimlarini rivojlan- (iradigan, ularning texnika va ijtimoiyjarayonlarni boshqarish bo'yicha imkoniyallarini kengaytiradigan m a’luniotlam i tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, m a’lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. Agar texnologik zanjirni tashkil etuvchi jarayonlar, ular orasidagi axborot almashinuvini tashkil etish va ularni uyg'unlashtirishda kompyuterlardan foydalanish imkoniyati yaratilsa, har qanday texnologiyaning samaradorligi ortadi. Albatta, buning uchun m azkur texnologiyani sinchiklab o'rganish, jarayonlardagi va ular o'rtasidagi axborot almashinuvini, shuningdek, jarayonlar zanjirini (ya’ni texnologiyani) boshqarishning axborot ta ’m inotini tahlil etish zaruriyati paydo bo'ladi. Hozirgi zamon axborot texnologiyalarining asosini quyidagi uchta texnika yutug‘i tashkil etadi: 1. Axborotning mashina o‘qiydigan tushunchalarda jam lash m uhitining paydo bo‘lishi (magnit, lentalar, kinofilmlar, magnit disklar vah.k.); 2. Axborotni yer sharining istalgan nuqtasiga vaqt va masofa
    bo‘yicha m uhim cheklashlarsiz yetkazishini ta’minlovchi aloqa vositalarining rivojlanishi, aholining aloqa vositalari bilan keng qam rab olinishi (radio eshittirish, televidenie, m a’lum otlarni uzatish tarmoqlari, vo’ldosh aloqa, telefon tarm og‘i va h.k.); 3. Axborotni kompyuterlar yordamida berilgan algoritm bo'yicha avtom atlashtirilgan ishlab chiqish im konini (saralash, tasniflash, kerakli shaklda ifodalash, yaratish va h.) oshirish. Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majrnui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. Axborot texnologiyalari ta'lim jarayonida muhim o‘rin tutib, quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: - har bir odamga xos noyob fazilatlardan iborat individual qobiliyatlarni o'qitilayotgan o ‘quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, o'zini-o‘zi kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish; - voqea va hodisalarni kompleks o'rganishni, aniq, tabiiyilmiy. texnikaviy. ijtimoiy, gumanitar fanlar va san'at orasidagi o‘zaro bog‘liqlikning chambarchasligini ta ’minlash; - o’quv-tarbiya jarayonlarining m azm un, shakl va m etodlarini doimiy tarzda va dinamik ravishda yangilash. Ta’lim tizimi nuqtai nazaridan axborot texnologiyalarining joriy etilishi bilan birga yuzaga keladigan quyidagi m uam molar muhimdir:
    1. Texnik m uam m olar — bular ta ’lim tizim ida foydalaniladigan elektron-hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga qo‘yiladigan talablarni, ularni amalda qo'llash xususiyatlarini belgilaydi;
    2. Dastur muammolari - bular ta ’lim tizimida foydalanish uchun dastur ta ’m inotining tarkibi va turlarini, ularning qo ‘llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi;
    3. Tayyorgarlik m uam m olari — bular o'qituvchi va o'quvchi, pedagog va talabalarning axborot-kom m unikatsiya texnologiyalaridan, shu jum ladan, hisoblash texnikasidan ham foydalanish uquvi bilan bog'liqdir. Bugungi kunda ta ’limni axborotlashtirishda asosiy yo‘nalish tu rli o ‘quv fanlari bo'yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat b o ‘lib qoldi. A m m o mavjud va ishlab chiqilayotgan kom pyuter texnikasi bazasidagi pedagogik dastur vositalari 0‘qitish nuqtai nazaridan ta ’lim sifatida m uhim siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri-kom pyuter texnologiyalari a n ’anaviy tashkil etilgan 0‘qitish jarayonida joriy etila boshlanganligidir. U o ‘zining asosiy m azm u n i va m eto d lari b o ‘yicha bu texnologiyalarga yo‘naltirilm agan va ularga ehtiyoj sezmaydi. Ta’lim texnologiyalari doimo axborotli bo'lgan, chunki ular ko‘p xil axborotni saqlash, uzatish, foydalanuvchilarga yetkazish bilan bog'liq edi. Kom pyuter texnikasi va kommunikatsiya vositalari paydo bo'lishi bilan o'qitish texnologiyalari tubdan o'zgardi. Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarim amalga oshirilishi quyidagilarning mavjud bo'lishini taqozo etadi: - ta’limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kom m unikatsiya vositalari; - ta’lim jarayonini tashkil etish uchun unga mos tizimli va amaliy dastur ta ’m inoti; - ta’lim-tarbiya jarayonida yangi o'quv-texnika vositalarini tatbiq etish bo'yicha mos m etodik ishlanmalar. Keyingi vaqtlarda «o‘qitishning kom pyuter texnologiyalari» tushunchasi tarqalib, bunda kom pyuterlar bazasida amalga oshirilgan o ‘qitish texnologiyalari tushuniladi. Biroq axborot texnologiyalari tushunchasi 0‘qitishning kom pyuter texnologiyalari tushunchasidan kengroqdir, chunki kom pyuterlar axborot texnologiyalari texnik vositalarining tarkibiy qismidir. Bugungi kunda turli optik xotirlovchi qurilmalar (videodisklar, optik disklar) keng tarqaldi. U lardan foydalanish m atnli grafik axborotni bir vaqt da birgalikda yozish im konini beradi, shu bilan birga, uni qayta tiklashda yuqori sifatli tasvir paydo b o ‘ladi. Magnit yozuvdan farqli o'laroq, optik disklardagi yozuv istalgan sondagi qayta tiklashlarda ham yomonlashmaydi. Kompyuterlar ishining dasturiy-m atem atik ta ’m inoti yuqori texnologik ishlab chiqarish taraqqiyotining m uhim yo‘nalishi bo'lm oqda. Shuningdek, texnik va dasturli axborot texnologiyalari ham mavjud bo ‘lib, ularga quyidagilar kiradi: EHM tarmoqlari. Hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EH M yoki kom pyuter (lokal yoki global) tarm oqlari keng tarqalgan. E H M lokal tarm oqlari uncha katta bo'lm agan fazoda amalga oshiriladi va axborot xizmati turli tarm oqlarining integratori bo'ladi. Ular tashkilotlardagi barcha axborot texnologiyalari vositalarini birlashtiradi ham da ularning samaradorligini oshiradi. EHM global tarmoqlari esa, axborotni katta masofalarga uzatilishini amalga oshirish im konini beradi. Yo‘ldoshli aloqa tizimlari. K o‘plab yer ustidagi stansiyalam i va yer sun’iy yo‘ldosbidagi retrenslyatorlam i o ‘z ichiga oladi. Bugungi kunga kelib, bu tizim lar kom pyuterlar orasidagi aloqani amalga oshirish uchun m a’lum otlar to ‘plash ham da televidenie dasturini uzatish uchun ishlatilmoqda. Sun’iy intellekt tizimlari. Sun’iy intellekt elementli AKTning boshqalaridan farqi shundaki, oddiy AKTlari faqat statistik ma’lum otlarni, sun’iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi. Informatikaning alohida yo'nalishi-sun’iy intellektdir. Odam aqliy faoliyatining ba’zi turlarini amalga oshiruvchi dasturli-texnika vositalari ishlab chiqilmoqda. Elektron pochta. «Elektron pochta» — bu korrespondensiyalar almashishi uchun pochtaga o'xshash axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan foydalanish, ya’ni bosma materiallar, jadvallar vajurnallarni uzatish ham da elektron pochta yoki qog'ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bo'lib, u xabarlarni to'plash, ishlab chiqish va taqdim etish ham da m a’lum otlarni uzatish tarm oqlari tizimidir. Elektron pochta asosida aholiga elektron gazetavajurnallar kabi axborot xizmati ko‘rsatish amalga oshirilgan. So'nggi yillarda jahon bozorida elektron nashrlar borgan sari k o'p o 'rin egallamoqda. Bu jarayon kompakt optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi. Telekonferensiyalar. Telekonferensiyalar zam onaviy axborot texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bo'la oladi. Telekonferensiyalarni o'tkazish uchun quyidagi apparaturalardan foydalaniladi: term inallar, televezion kam eralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb m asalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, m uhokam a uchun istalgan rasrnli m ateriallardan foydalanish, dolzarb masalalarni m uhokam a qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro m a’lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi. O 'qitishning zamonaviy axborot texnologiyalari o'quvchi-talabaning emas, u, eng aw alo, o ‘qituvchi(pedagog)ning texnologiyasidir. O'quvchi-talaba zamonaviy axborot texnologiyasini o'rganmaydi, balki uning m ahsulotidan o'qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi. O'qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, o ‘quvchi- talabalar bilimini nazorat qiladi va uning vazifasi ta’lim m azm unini takomillashtirish uchun kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasidagi axborot texnologiyalarini ta ’lim jarayoniga olib kirishdan iborat bo'ladi. Axborot texnologiyalari, kom pyuterlashtirish va kom pyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlaslmi rivojlantirish om illari kom pyuterlashtirishning har ikkala yo'nalishini ham rivojlantirib borish zaruriyatiga bog'lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta ’lim tizimining ham m a bosqichlarida «kompyuterlashtirishning konsepsiyasi» yaratilishi lozim. Kompyuterli texnologiyalar dasturli o'qitish g'oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalaming noyob im koniyatlari bilan bog'liq ta ’lim ning hali tadqiq qilinm agan yangi texnologik variantlarini ochadi. T a’lim ning kom pyuterli (yangi axborot) texnologiyalari — bu axborotni tayyorlash va uni ta'lim o lu v - chiga uzatish jarayoni bo'lib, uning amalga oshirish vositasi kom - pyuterdir, ya'ni: - o'quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash m ahoratini shakllantirish, ularning kom m unikativ qobiliyatlarini rivojlantirish; - «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash; - ta ’lim oluvchilarning o'zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli m iqdorda axborot bilan ta ’minlash; - o'quvchi-talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish. Kom pyuterli texnologiyaning m azm uni bir qancha shakllantirilgan m odelni qo'llashga asoslangan bo'lib, bu m odel kom pyuter xotirasiga yozib qo'yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekom - munikatsiya tarm og'ining im koniyatlari orqali nam oyon bo'ladi. Axborot texnologiyalaridan faqat o'quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta ’lim tizimida faoliyat yuritayotgan o'qituvchilarni ilmiy- texnik va maxsus axborot bilan ta’minlaydigan axborot ishida, ta ’lim tizimini boshqarishda va kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizim ida ham foydalanish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalarini ta’limga joriy etishda ularning texnik vositalarini integratsiyalash asosiy yo‘nalish boMmoqda. Shu m unosabat bilan, hatto «multimedia» tushunchasi paydo b o ‘ldiki, u o'qitishda ko‘pchilik texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. M ultimediani qo‘llagan holda eng muhim narsa o ‘quvchi-talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga o ‘rgatishdan iborat bo‘ladi. 0 ‘qituvchi(pedagog)ning vazifasi axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat b o ‘ladi, 0‘qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yo‘l ko'rsatuvchi hamdir. Bu kabi 0‘qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda o‘quvchi-talabaga ta ’sir ko‘rsatish birgina axborot kanallari (ko‘rish, eshitish va h.k.) orqali amalga oshiriladi. Bu esa ta ’lim sam aradorligini oshiradi. T a’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanilganda o ‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini tiklash m uam mosi yangicha hal etilishi lozim. Agar an ’anaviy ta ’lim sharoitlarida bilish faoliyatini tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar bo‘ladigan bo‘lsa, axborot texnologiyalaridan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir vaqtda foydalanish mumkin. Shuningdek, ta ’lim jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi o ‘qituvchi (pedagog) vazifasining o ‘zgarishiga sabab b o ‘ladi, ya’ni pedagog ta ’lim -tarbiya berishdan ko‘ra ko‘proq tadqiqotchi, tashkilotchi, maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi. Bulaming hamm asi esa o‘qituvchi(pedagog)larni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o ‘zgartirishni talab qiladi. Tadqiqotchilar ta ’kidlaganidek, 0‘qituvchi (pedagog)larning axborot m adaniyati asoslari m etodologik, um um ta’limiy, um um m adaniy xarakterda boMib, pedagog xodimiarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va m alakasini oshirish jarayonida barcha o'quv fanlari kompleksini 0‘rganishda shakllanishi lozim. Keyingi yillarda Oliy va o ‘rta maxsus o ‘quv yurtlarini axborot texnologiyalari bilan jihozlash, ta ’lim tizim i m azm uni, uni tashkil etish shakllari ham da sifatini oshirish borasida katta ijobiy o ‘zgarishlar ro ‘y berdi va bermoqda. M a’lumki, o ‘qituvchi(pedagog)larning an ’anaviy o'qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar o ‘tkazilishiga ko‘p vaqt ajratiladi. Bu mutaxassis tayyorlashning juda m uhim tarkibiy qismidir. U nafaqat o ‘quvchi-talabaning nazariy bilim larini m ustahkam lashga, o'quv m aterialini o'zlashtirish samarasini oshirishga, balki m uayyan sohada amaliy ko‘nikm alarni hosil qilishga ham ko'm ak beradi. Biroq bunday m ashg'ulotlar to'laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi — laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi ham da ko'pgina laboratoriya va o'quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan jihozlanm aganligi, mavjudlarining ham aksariyati m a’naviy eskirib qolganligi va bugungi kun talablariga to ‘liq javob bera olmasligidadir. Texnologiyalar tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy m ashg'ulotlar uchun laboratoriya va stendlarni har bir o'quv yilida takom illashtirish talab etiladi. Buning uchun esa qo'shim cha sarf-xarajatlar qilish kerak. Boshqa yana bir m uhim om il shundaki, b a ’zi laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlam ing sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta'lim oluvchilar takror tahlil yoxud sinovlar o'tkazishga qiynalishadi, holbuki, m a’lum bir sohada yetarlicha ish ko'nikmalari va tajriba orttirish uchun amahy mashg'ulotlarni qayta-qayta takrorlash zarur. Afsuski, an ’anaviy ish olib borish sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining teztez buzilishi va shu bilan bog'liq ashyolarga qo'shim cha sarflar qilinishi bois har doim ham bunday qilinavermaydi. Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim mutaxassis kadrlarini tayyorlash uchun m uhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi samarali, ham m abop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug'ildi, deb ayta olamiz. Buning uchun laboratoriya stendlari va o'quv ustaxonalaridagi m ashg'ulotlar barcha talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo'lishiga erishmoq lozim. M ashg'ulotlar o'ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo'shqin tarzda nam oyon etishi, m ashg'ulotlar o'tkazish va o'qitilayotgan fanni o'zlashtirishni, um um an butun o'qitish samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida o'ziga-o'zi baho berish im konini ta ’m inlam og'i zarur. Aynan shu nuqtai nazardan zamonaviy axborot texnologiyalarining tatbiq etilishi yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni m aqbul tarzda hal qilish va a n ’anaviy o'qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko'm ak beradi. Bugungi kunga kelib, Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida virtual stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. X o‘sh, virtual stend deganda nimani tushunam iz? Virtual stend — o ‘quv amaliy stendi yoki o'quv-m alaka ustaxonasi bo'lib, o ‘quvchi-talabalarning nazariy bilim larini m ustahkam lashga, kom pyuter dastur va texnologiyalari orqali m a’lum yo‘nalishda zaruriy ko'nikm alarni hosil qilishga yordam beradi. Virtual stendlar har bir o ‘quvchi-talaba uchun texnikaga o ‘zining kirish param etrlarini «buyurishga», o 'z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini o'tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog'liq vaqtdan yo'qotish esa kom pyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi. Bunda, ayniqsa, zam onaviy jihozlar va apparatlarni xarid qilish, ularni barcha ta ’lim muassasalarida taqsimlash bilan bog'liq ulkan moliya zaxiralarining tejab qolinishi m uhim dir. Zam onaviy axborot texnologiyasi bo'lgan oddiy kom pakt diskka o'nlab, ba’zan esa, yuzlab laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi esa bir dona shunday virtual laboratoriya stendi necha rnarta arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga ta ’lim muassasalarini yalpi ta ’minlash m um kin. Agar ularda Internetga ulangan kompyuter tarm og'i bo'lsa, undan ham yaxshi bo'ladi. Bundan shuni ko'rish m umkinki, virtual stendlar ko'proq qo'llansa, shunday sarflarning oldini olish m um kin bo'ladi. Internet tizimining xalqaro axborot tizim i orqali masofali usullar yordam ida mutaxassis kadrlar tayyorlash va pedagog kadrlar malakasini oshirish imkoniyati respublika Vazirlar M ahkam asining 2001 yil 4 oktyabrda e ’lon qilingan maxsus qarorida ko'zda tutilgan. Tahsil olayotganlar ham, ta ’lim muassasalari ham virtual stendlardan foydalanishdan m anfaat ko'radilar. Ularning joriy qilinishi natijasida, an ’anaviy ta ’limga qiyoslaganda, mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ta’lim jarayonining yanada yuqori sifati ta ’minlanadi. Bunga avtomatlashtirilgan o'qituvchi (pedagog) va test o'tkazuvchi, tizim lar, test topshiriqlari va o 'z-o 'zin i tekshirish uchun savollarni o 'z ichiga olgan ixtisoslashgan o'quvuslubiy qo'llanm alardan foydalanish, o'quv jarayonining uslubiy negizini tezkor yangilash hisobiga erishiladi. Biz o'qitishning tashkiliy shakllari, zamonaviy axborot texnologiyalari ham da turli ta ’lim maskanlarining o'quv imkoniga ega bo'lamiz. Bu esa m a’lum darajada turli muassasalar mutaxassislari diplom larining qadri teng b o '­ lishini ta ’minlaydi. Demak, ta’lim jarayonida virtual stendlardan sam arali foydalanish ta ’lim sifatini oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zaxiralarini tejashga imkon beradi ham da xavfsiz, ekologik toza m uhitni yaratadi. Virtual stendlar joriy etilishi ta ’lim, ishlab chiqarish, boshqa davlat muassasalarining um um iy yondashuvini talab qiladi. Virtual o'qitish stendlarini, ayniqsa, qim m atbaho jihozni xarid qilishdan oldin diqqat bilan o'rganib chiqish zarur. Bu xodim lam i m ahalliy sharoitda o'qitishga, ta'lim oluvchilami xorij mamlakatlariga guruhguruh b o ‘lib jo ‘nashining oldini olishga im kon yaratadi. Shunday qilib, ta ’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi quyidagilarga olib keladi: - ta ’lim jarayonini, o'quvchi-talabalarning aniq tayyorgarlik darajasini, qobiliyatlarini, yangi m aterialni o'zlashtirish sur’atini, qiziqish va mayllarini hisobga olib ko'proq individual ravishda yordam berish; - o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatlarini kuchaytirish, ularning o 'z- o'zini takomillashtirish, ta ’lim va kasbga qiziqishlari ham ­ da intilishlarini qo'llab-quw atlash va rivojlantirish; - ta ’lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, borhq hodisalarini kompleks o'rganish; - ta ’lim jarayonining m oslashuvchanligi, omilkorligi, tashkil topish shakllari va usullarini takomillashtirish hisobiga uni doimiy va dinam ik yangilash; - barcha ta ’lim muassasalarida o'qitishning m uam m oli va kom ­ pyuter vositalaridan ham da virtual stendlardan foydalanish; - ta ’lim jarayonining texnologik bazasini hozirgi zam on texnik vositalarini joriy etish yo'li bilan takomillashtirish. 3.3. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va vositalar Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tum an axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, zam onaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish m exanizm ini yaratishni o 'z zimmasiga olm og'i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta ’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta’limning o'rni va darajasini aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, m adaniyat, iqtisod ham da jam iyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta ’lim jarayonini uning bosqichlari va kom ponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta ’lim natijalarining jam iyat hayotiga ko‘rsatadigan ta ’sir darajasini oldindan loyihalashtirisfiga asos bo‘la oladi. Dem ak, shundaginao'quv-tarbiyajarayonini yangi prinsiplar vayangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta ’lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta ’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o ‘quv-m etodik m ajm ualar tajribasinov asosida amaliyotga joriy qilishning m etodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. T a’lim jarayonining tashxis qilish m exanizm i shu jarayonning yutuq va kam - chiliklari, ta ’lim natijasining sifat ko‘rsatkichlari, ta ’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta ’lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta ’limning taraqqiyotiga to ‘sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo'naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O'tkazilayotgan tajriba-sinovning xarakteri bilan bog'liq tarzda o'quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo'llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o'quv dasturi tajribadan o'tkazilayotgan bo'lsa, kuzatilayotgan ta ’lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko'rgazm ali qurollar, o'quv qo'llanm alari bilan ta’minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e’tibor o'qituvchining qaysi m etod yoki pedagogik texnologiyani qoilaganligiga emas, balki o'quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o'quv m ateriallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. C hunonchi, tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar ham da tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-pedagogik jam oalar ham da yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko'lam li tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy-pedagogik jam oalar to ­ monidan oldindan tasdiqlangan nizom talablari asosida amalga oshirilishi kerak. Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida pedagogik prognostika o'zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, obyekti va predm eti, tadqiq etayotgan m uam m olarning m antiqiy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, o'zining tayanch metodologiyasiga ega bo'lgan pedagogika fanining m uhim tarm og'i sifatida namoyon bo'ladi. Pedagogik prognostika ilm ning ustuvor sohasi sifatida davlat va jam iyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta ’lim tizim ini yangidanyangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta ’lim m odellari va texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgandir. Pedagogik prognostika o'quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda ta ’lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan muayyan ta ’lim texnologiyalari doirasida o'quvchi-talabalarga turli darajadagi tushunchalarni ham da mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish yo'llarini, shakl va vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan asoslaganda pedagogik prognostika o'quvchi ham da o'qituvchining jonli faoliyat ko'rsatishini ta'm inlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutm og'i lozim. T a’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, lining kom poncntlari xoh ta’lim m azm uni, xoh o'quv dasturi yoki darslik, xoh o'qituvchi faoliyati orqali o'tishidan qat'iy nazar, o'quvchining jonli tarzdagi erkin va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xi/m at qilishiga erishish talab qilinadi. Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o'quvchi-talabaning boshqa o'quvchi-talabalar, dars m ateriallari ham da o'qituvchi (pedagog) bilan erkin larzda m uloqot qilishini, fikr almashishini ta ’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o'quvchi yoki talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jam iyat hodisalarini, kishilik m adaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini lanituvchi shakli sifatida nam oyon bo'lishi lozim. Bu sohada na/aiiy jihatdan qat’iy asoslangan, har tom onlam a sinovdan o'tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish maqsadga muvoliqdir. Pedagogik texnologiyaning asosiy m ohiyati har bir shaxsda mavjud bo'lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va im koniyatlari asosida ularda ijobiy xislat va fazilatlami shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o'rinda ta ’lim m azm uni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun m uhit sanaladi. Shuning uchun ta ’lim m azm uni insonparvarlikka yo'naltirilgan gumanistik g'oya va m e’yorlami o'zida mujassam lashtirgan bo'lishi lozim . Pedagogik m unosabatlarni insonparvarlashtirish va dem okratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo'lib, pedagogik jarayonda ham korlik, g'am xo'rlik, o'quvchi-talabalar shaxsini hurm at qilish, e ’zozlash orqali shaxsni rivojlantirish va ijod qilishga qulay m uhit yaratadi. A n’anaviy ta ’limda o'qituvchi (pedagog) ta ’lim m azm unining subyekti, o'quvchi-talabalar pedagogik jarayonning obyekti deb qaralsa, ham korlik pedagogikasida o'quvchi-talaba o 'z o'quv faoliyatining subyekti sanaladi. Shu sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta ’lim jarayonining ikkita subyekti hamkorlikda o'quv-tarbiya vazifalarini hal etadi. Ushbu pedagogik texnologiyada ta ’lim tizim i m arkazida barkam ol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan insonparvarlik g'oyasi m uhim o'rin tutadi. Bu g'oya qay darajada am alga oshirilganligi ta ’lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jam oa m ehnatining sifatiga berilgan baho asosida aniqlanadi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda o'quvtarbiya viy jarayonning asosiy natijasini aniqlovchi m uhim omil shaxsga bo'lgan m unosabat hisoblanadi. Insonning boshqa m avjudotlardan farqi — o 'z oldiga m a’lum bir maqsad qo'yib, so'ng unga tom on harakat qilishidadir. Kishining m aqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida m uayyan tabiiy va sun’iy to'siqlarni engib o'tadi. Bu to'siqlarni bartaraf etish uchun u bir qator tadbir va choralardan foydalanadi. M aqsadga yetishda muayyan to'siqni engib o'tish uchun qo'llanadigan tadbir va choralar m ajmui usul deb ataladi. Inson maqsadga etishda bir necha, b a’zan esa o'nlab-yuzlab to'siqlarni yengishiga to 'g 'ri keladi. Bu to'siqlarni yengish uchun tegishli usullar m a’lum bir tizim da qo'llanadi. M aqsadga yetishda qo'llanadigan usullar tizim ini uslub deb ataladi. Usullarni m a’lum bir uslubda qo‘llash jarayonida har bir harakat m aqom i m uayyan m aqsad ko ‘rsatkichlariga bo'ysundiriladi. U ndan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi. T a’lim uslubi — o'qituvchi (pedagog) bilan o ‘quvchi-talabalar orasida bihm berish va uni olish maqsadida amalga oshiriladigan o ‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. 0 ‘qitish uslublari o ‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz pedagogik faoliyatni amalga oshirib boim aydi. Uslublar bilimlarni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab so'z orqali ifodalash, ko'rgazm ali va amaliyga bo'linadi. T a’lim m azm unini o'zlashtirishda o ‘quvchi-talabalarning ta ’lim faoliyatiga m unosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish — illyustrativ, reproduktiv, m uam m oli bayon, xususiy qidirish yoki evristik ham da yarim tadqiqot uslublari qo‘llaniladi. Ta’limning og'zaki uslublariga: hikoya, m a’ruza, suhbat va boshqalar kiradi. Bu uslublarni qo'llashda o'qituvchi (pedagog) so'z vositasida o'quv m aterialini bayon qiladi, tushuntiradi, o'quvchitalabalar esa tinglash, eslab qolish orqali uni faol qabul qiladi. Hikoya uslubida o'quvchi-talabalarga beriladigan ta ’lim m azm unini og'zaki bayon qilish ko'zda tutiladi. Buuslubni qo'llashda muayyan pedagogik usullardan foydalaniladi. M asalan, diqqatni faollashtirish, bayon qilish, taqqoslash, asosiylarini ajratish, yakunlash kabi mantiqiy tadbirlar shular jum lasidandir. Hikoya samaradorligining shartlari: rcjani qunt bilan o'ylab tuzish, mavzuning izchil yoritilishini ta ’minlash, ko'rgazm alarni muvaffaqiyatli tanlash, bayonda kerakli emotsionallikka erishish. M a’ruza — bilimni so'z bilan ifodalash uslublaridan biri sifatida beriladigan bilimlarni og'zaki bayon qilishni ko'zda tutib, o 'zh ajm ining kattaligi, mantiqiy qurilishi, obrazli isbotlash va um um lashtirishning murakkabligi bilan hikoyadan ajralib turadi. M a'ruza davom ida beriladigan bilimni og'zaki bayon qilish, uzoq vaqt davom ida o'quvchi-talabalarning diqqatini tutib turish ham da ularning likrlarini (aollashtirish, isbotlash, ta ’rif berish, bir tizimga kcltirish, um um lashtirish kabi pedagogik usullardan foydalaniladi. Suhbat uslubi atroflicha o'ylangan savollar yordamida o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchi-talabalar orasidagi suhbatni ko'zda tu- tib, u o 'q livchi■■ ta 1 ;ibalaming fikrlash tizim ini, yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o'zlashtirishga olib keladi. Suhbat uslubini qo'llashda savollarni qo'yish (asosiy, qo'shim cha, yo'llovchi va boshqalar), o'quvchi-talabalarning javob va m ulohazalarini m uhokam a qilish, suhbatdan xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Ta’limning ko'rgazmali uslubini shartli ravishda ikki katta guruhga bo'lish mumkin: ko'rgazm ali va namoyish qilish uslublari. K o'rgazm ali uslubi o'quvchi-talabalarga namoyish etiladigan qo'llanm alar, jum ladan, xarita, plakat, doskadagi chizm a va rasinlar, suratlar va boshqalarni ko'rsatishni ko'zda tutadi. Nam oyish qilish uslubi. odatda, qurilm a, asboblar, tajribalar, turli tipdagi preparatlarni nam oyish qilish bilan bog'liq. T a’limning ko'rgazm ali uslublarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular so'z bilan ifodalash uslubi bilan u yoki bu darajada uyg'unlashib ketadi. S o‘z va ko'rgazm alilikning cham barchas bog'liqligi shundaki, obyektiv borliqdagi qonuniyatlar amaliyotda birgalikda qo'llanishni taqozo etadi. Dem ak, so'z va ko'rgazm alilik aloqasining xilma-xil shakllari mavjud. T a’lim vazifasining o'ziga xos xususiyati, m avzuning m azm uni, mavjud ko'rgazm ali vositalarning xarakteri, o'quvchi-talabalar tayyorgarligi darajasidan kelib chiqib, aniq bir holatda ular oqilona uyg'unlashtiriladi. Am aliy uslublar tarbiya faoliyatining xilm a-xil turlari keng doirasini qamrab oladi. Am alda quyidagi usullar qo'llaniladi: vazifa (m aqsad)ni qo'yish, uni bajarish uslubini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kam chiliklar sababini aniqlash, maqsadga to 'liq erishish uch u n ta ’lim jarayoniga tu zatish kiritish. Amaliy mashqlarning aniq turlaridan biri m ashqni sharhlash hisoblanadi. Uni bajarishda o'quvchi-talaba bo'lajak xatti-harakatini faol m ushohada qiladi, o'ziga o'zi eshittirib gapiradi ham da bo'lajak voqeani sharhlaydi. H arakatni sharhlash o'quvchi-talabaga o'zining tip ik xatosini anglashgavaharakatigatuzatishlar kiritishigako'm aklashadi. Amaliy tarbiya uslublarining ikkinclii guruhini laboratoriya tajribalari tashkil qiladi. Keyingi yillarda m aktab, o 'rta maxsus, kasbhunar ta ’lim i muassasalari va oliy o'quv yurtlarida frontal laboratoriya ishlari m ustahkam o'rin oldi. Amaliy uslublar tarbiyani so‘z orqali ifodalash vn uni ko'rgazmali uslublar bilan m ustahkam lash jarayoni bihut chnm barchas bog'liqlikda q o ‘llaniladi, bunda mashq, tarbiya, m ehnat operatsiyasini bajarishdan oldin o ‘qituvchi (pedagog) tushuntirish beradi, ko'rsatadi. Og'zaki tushuntirish va ko'rgazm ali nam oyish, odatda, m ashqni bajarish jarayonining o'zi bilan bir vaqtda olib boriladi. M uam m oli-qidiruv uslublari m uam m oli ta ’lim jarayonida qo'llanadi. Bu uslublardan foydalanishda o ‘qituvchi (pedagog) aw alo, m uam m oli vaziyat yaratadi, savollar qo'yadi, m asalalarni, to p ­ shiriqlarni taklif qiladi, m uam m oli vaziyatni yechishga qaratilgan m uhokam ani uyushtiradi, xulosalarining to ‘g‘riligini tasdiqlaydi. 0 ‘quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib m uam ­ moli vaziyatni hal qilish y o ‘llari to ‘g ‘risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini um um lashtiradi, m uam m oli vaziyatni yechishning eng oqilonavariantinitanlaydi. Buuslub o'quvchi-talabalarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. 0 ‘quv materialini m uam m oli uslub yordam ida o'tish m uam ­ moli tuzilgan m a’ruza uslubi orqali bilim bayoni davomida mulohaza yuritish, isbotlash, um um lashtirish, faktlarni tahlil qilish, o'quvchitalaba fikrini o ‘z ortidan ergashtirish, uni faolroq qilish kabi usullardan foydalanishni ko'zda tutadi. M uam m oli-qidiruv uslublari ko'proq ijodiy bilim faoliyati ko'nikm alarini rivojlantirish maqsadida qo'llanadi. Ular o'quvchitalabalarning bilimni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Bu uslublar ta ’lim jarayonida tushuncha, qonun va nazariya kabilarni shakllantirish ko‘zda tutilganda, faktik axborotni m a’Ium qilish, m ehnat faoliyatining laboratoriya tajriba o'quv ko'nikm alarini hosil qilishda, o ‘quv m aterialining mazmuni prinsipial jihatdan yangi bo'lm asdan, ilgari o ‘rganilganining mantiqiy davomi bo'lsa, uning asosida o'quvchi-talabalar yangi bilimni qidirish uchun mustaqil qadam tashlasa, m azm un hodisadagi sababoqibat va boshqalarga olib kelsa, samarali qo'llanadi. M uam m oliqidiruv uslublari ko'proq o'qituvchi(pedagog)lar o'quvchi-talabalarni m uam moli vaziyatni yechish faoliyatiga tayyorlagan hollarda qo'llanadi. Shuning uchun bu uslub o'zini ilm iy-tadqiqot ishlariga bag'ishlagan talaba yoshlarga asqotadi. Pedagog, odatda, o ‘z oldiga talabalar m aterialning m azm unini tushunib, o ‘zlashtirib olishsin, m a’lum bilim larni egallab am aliyotda qo ‘llashga o ‘rgansin, degan m aqsadni q o ‘yadi. Lekin o'zlashtirish, tushunish, qo'llash nim ani anglatadi? Pedagog o ‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishganligini qanday biladi? Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq vositalari b o ‘lgandagina, pedagog o ‘zining m ehnati samarali ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin. 0 ‘qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu narsani nazarda tutishgan edi. Pedagog jamiyat dan buyurtm ani umumiy ko‘rinishda oladi. H attoki, o ‘quv dasturlarida belgilangan m aqsadlar ham bir nechta tu - shuntirishlar bilan cheklangan. Bu erda m aqsadlarni aniqlashtirishning o ‘ziga xos pillapoyasini tuzish m umkin: jam iyatning um um iy talablaridan — ta ’lim tizim i vazifalariga, ulardan—m a’lum o ‘quv yurti, o ‘quv predm eti, uning mavzuli b o ‘lim lari va alohida o ‘quv maqsadlariga o ‘tish mumkin. M .V.Klarin ta ’lim oti bo'yicha pedagoglar tom onidan m aqsadlam i belgilashning an ’anaviy usullari quyidagilar: 1. 0 ‘quv m aterialining rejasidan kelib chiqib, m aqsadni belgilash. 2. M aqsadni pedagog faoliyati orqali ifodalash. 3. Talabaning intellektual, emotsional, shaxsiy rivojlanishi ichki jarayonlari va qonununiyatlari orqali o ‘quv m aqsadni q o ‘yish. 4. 0 ‘quv m aqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo‘yish. Shu m unosabat bilan o'qitishning m aqsadlarini ta ’lim m azm uni, pedagog yoki talabaning faoliyati orqaU belgilash ta ’lim da kutilayotgan natijalar haqida aniq tasaw urga ega b o ‘lishga im kon bermaydi. Bu natijalar haqida talabalar faoliyatining faqat tashqi nam oyon bo ‘lishidan xulosa chiqarish mumkin. Pedagog o ‘qitish natijasini aniqlashtira borib, uning kuzatish m um kin b o ‘lgan tashqi belgilarini, ya’ni so‘zlashish, harakatlanish jarayonini to ‘la tasvirlashga intiladi. Ba’zida, tasvirlash jarayoni tashqi belgilarini sanab chiqishga olib keladi va ushbu jarayon orqali natijani sezilarli darajada soddalashtirish mumkin. Zamonaviy pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlam i qo‘yish uslubi o ‘zining ashyoviy xususiyatiga ega. Bu shundan iboratki, o'qitish maqsadlari talabalar harakatida ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan va oMchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Dem ak, an ’anaviy o ‘quv jarayonida asosiy omil bu pedagogning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o ‘ringa ta’lim jarayonidagi talabalarning faoliyati qo‘yiladi. Ilg‘or ijodkor pedagoglar, a n ’anaviy ta ’lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o'ziga xos ta ’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. M ana shu izlanishlar zam irida zam onaviy pedagogik texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. Qo'llanadigan pedagogik texnologiyalami bir tizim ga solish, unga maqsadli yo‘nalish berish ta ’limni amalga oshirishdagi shakl va m azm un yaxlitligi ta ’m inlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi m um kin. T a’limga testlar, diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko'p balli baholash tizimida aniqlashga o ‘tish, bo ‘lim m azm unini yaxlit holda o ‘zlashtirishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o ’rganib qolgan an ’anaviy ta’lim o ‘m iga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta ’limga o'tishni taqozo qiladi. T a’limni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalami kiritish quyidagilarga asoslanadi: - ta ’lim jarayonida ishtirok etuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta ’minlash; - ta ’lim m aqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish; - ta ’lim jarayoni boshqariluvchi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqariluviga erishish; - ta ’lim m azm unini ta ’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir tizimga keltirish. Hozirgi vaqtda zamonaviy pedagogik texnologiyalaming asosiy tam oyillari quyidagilardir: - m untazam tahlil qilib borish; - loyihalashtim vchi vositalarning eng zarurini tanlash; - m etod va usullarning maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish; - olinishi zarur bo'lgan natijasini oldindan taxmin qilish, ya’ni m aqsadlaming amalga oshishiga erishish; - ta ’lim jarayonining yaxlitligini ta ’minlash. Zam onaviy pedagogik texnologiya ta ’lim jarayoniga bir qator yangi elem entlam i olib kirishni taqozo qiladi. Bular quyidagilar: 1. Diagnoz. 2. O'quv birliklarini (mezonlarini) belgilash. 3. Diagnostik tahlil. 4. Tuzatish kiritish (korreksiya). 5. Qayta to ia tish (ketm a-ketlikni yo‘qotish). 6. Kutilishi lozim b o ‘lgan natijani olish. 7. Reyting. Yuqorida keltirilgan tamoyillar va eleinentlarga asoslangan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta ’lim jarayoniga joriy qilish, xorijiy ham da ham do'stlik davlatlaridagi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, o ‘zim izning zamonaviy pedagogik texnologiya tizimini vujudga keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni um um ­ lashtirish va am alda qo‘llash uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi: 1. T a’lim jarayonining ishtirokchilari pedagog va talaba o ‘rtasida o ‘quv m ehnati rejasini ishlab chiqish, ya’ni pedagog bo‘lim yoki bobni o ‘rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada talaba faoliyati o ‘z aksini topm og‘i lozim. 2. Fanning ichki bogianishi yoki fanlararo bog‘lanish imkoniyatlaridan m aqsadli foydalanish. M a’lumki, har bir o ‘rganiladigan kichik yoki yirik o ‘quv birliklari oldin o ‘rganilganlariga tayanadi. Dem ak, talabani yangi bo'lim , bobni o ‘rganishga olib kirishda undagi mavjud bilimlarga tayanish, agar mavjud bilimlar yangi bobni, b o ‘lim ni o ‘rganishga yetarli b o ‘lmasa. oraliq tayyorgarlik olib borish va shundan keyingina talabani bilim larni o ‘rganishning navbatdagi bosqichiga olib kirish lozim. Bunday ishlash zamonaviy pedagogik texnologiyaning asosiy elem entlaridan biri diagnoz (tashxis) hisoblanib, talabalarning yangi yangi bilim larni o ‘zlashtirishga qanchalik darajada tayyor ekanliklarini aniqlashdan iborat. 3. 0 ‘quv birliklari mezonlarini belgilash. 0 ‘quv birliklari talaba to m onidan o ‘rganilishi lozim b o ‘lgan tushuncha, ta ’rif, qoida, qonunlar, hodisa va voqealardan iborat b o ‘lib, ular orasidagi m antiqiy bog‘lanishning ta ’minlanishini shu bob yoki bo‘limning o ‘zlashtirilishiga olib keladi. Pedagog bob, b o ‘lim uchun ajratilgan soatlarda talabalar o‘rganishi kerak bo‘lgan o ‘quv birliklarini aniqlaydi, u uchun ajratilgan vaqtni ham belgilaydi. 0 ‘quv birliklari o ‘zlashtirilishi zarur bo'lgan m ezonlar hisoblanib, talabalar bilimini baholashning chegaraviy qiymati bilan o'lchanadi, ya’ni talaba ushbu ko'rsatilgan mezonlami bilsagina baholanadi. Pedagog shu paytda guruhga nisbatan o'rtacha baho bilan ishlamaydi, balki aniq o'lchovlarga asoslangan holda ish olib boradi. O'quv rejasini tuzishda pedagog talabalar bilishi lozim bo'lgan o'quv biriiklarini bo'lim , bob va semestrlar bo'yicha aniqlaydi ham da talabalarga topshiriq sifatida bo'lim ni o'rganishdan oldin vazifa qilib beradi. Berilgan topshiriqlar o'zlashtirish reytingini aniqlashda nazorat topshirig'iga o'tkaziladi. 4. Diagnostik tahlil. Bilim, ko'nikm a va m alakadagi kamchilikni aniqlash, ularni to'ldirish va navbatdagi o'zlashtirish bosqichiga ko'tarilish maqsadida quyidagi diagnostika tadbirlari amalga oshiriladi: - o'quvchi-talabalar o'zlashtirish darajasini diagnostikalashtirish; - bo'lim lardagi yetishmovchiliklarning oldini olish; - aniqlangan yetishmovchiliklarni to'ldirish m aqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish; - maxsus topshiriqlar bilan ishlash soatlarini belgilash; - yakuniy diagnostik tahlil qilish. Diagnostika ta ’lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo'lib, uning asosiy elem entlaridan hisoblanadi. O'zlashtirishdagi kam chiliklar sababini aniqlash, har bir talabaning bilim darajasini aniqlash, rejaning borishida tuzatishlar kiritish yo'li bilan ta ’lim jarayonining kafolatlanganligi ta ’m inlanadi. Diagnostik tahlil nazorat turlaridan test so'rovida amalga oshiriladi. 5. Qayta to'ldirish (nuqsonlarni yo'qotish). Qayta tuzatish kiritishdan m aqsad, olingan bilimlardagi kam chiliklarni bartaraf etishdan iborat. K am chiliklarni bartaraf etish to'ldirish asosida amalga oshiriladi. Qayta to'ldirish asosan amaliy-tatbiqiy m ashg'ulotlarda amalga oshiriladi. Shu maqsadda pedagog talabalar o'zlashtirish darajasidagi to'ldirishni amalga oshirm og'i lozim. Bunda pedagog tanlayotgan o'quv vazifasining darajasini talabalarda mavjud bo'lgan real bilimlarga moslashtirish zarur. 6. Kutilishi lozim bo'lgan natijalarni olish. Bu element pedagogik texnologiyaning markaziy g'oyasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta ’lim jarayoni natijasida kafolatlibo'lishini talab qilar ekan, pedagog oldiga jarayonning borishini ko'zda tutilgan m aqsadda amalga oshirish va aniq natijani m o'ljallab rejalashtirishni maqsad qilib qo'yadi. Jarayon borishi davom ida shu jarayon tahlil qilib boriladi, tuzatishlar kiritiladi, qayta to'ldirishlar amalga oshiriladi va oldindan kutilishi rejalashtirilgan natija olinishiga erishiladi. D em ak, zamonaviy pedagogik texnologiya deb ilgari surilgan g'oyaning maqsadi ana shundadir. Jahon pedagogika fani ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirini boshidan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizim lar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, bugungi kunda faol yangilanish jarayonlari bosqichiga q ‘tdi va inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul berm oqda. Pedagogik texnologiya uslublari dastlab ta ’lim berishning nam unaviy vaziyatdagi 0‘zlashtirish talab etiladigan m ahsuldor, ya’ni reproduktiv darajasi uchun ishlab chiqilgandi. Reproduktiv ta ’lim har qanday ta ’limning zarur tarkibiy qismi hisoblanadi, u insoniyat jam g‘argan tajribani aniq o‘quv fani doirasida 0‘zlashtirish bilan bog'liq. T a’lim oluvchilarda bilim va ko‘nikmalarning m a’lum «poydevori» hosil qilingandan keyingina, ta ’lim ning natijali, y a’ni produktiv va ijodiy yondashish uslublariga o ‘tish mumkin.
    Ta'lim tizimini modernizatsiya qilish bugungi kunda jamiyatni innovatsion rivojlanish salohiyati sifatida qaraladi va ta'limni rivojlantirishning yangi kontseptual yondashuvlarini amalga oshirishga asoslangan.
    Ta'lim sifatining yuqori darajasini ta'minlash asosiy muammo bo'lib qolmoqda. Yangi federal davlat ta'lim standartlari talabalarning asosiy kompetentsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan universal pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o'quvchilarni o'qitishning tizimli faolligini joriy qilishni nazarda tutadi. o'quv faoliyati(UUD).
    AKT texnologiyalarini maktab amaliyotiga joriy etish modernizatsiya qilishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, u nafaqat ta'lim sifatini oshirishga, balki o'quvchi shaxsining intellektual va ijodiy salohiyatini ochib berishga, axborot salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi. .
    E. I. Ogarev ostida kompetentsiya shaxsni belgilangan maqsadga erishishga qaratilgan samarali harakatlarni rejalashtirish va amalga oshirishga qodir bo'lgan faoliyat sub'ekti sifatida tavsiflovchi baholovchi toifani tushunadi.

    Download 53,02 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 53,02 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    10-mavzu: ta’limda akt va interaktiv texnologiyalardan foydalanish reja

    Download 53,02 Kb.