Mashina turini tanlash va asoslash




Download 260 Kb.
bet3/14
Sana24.07.2021
Hajmi260 Kb.
#16060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Mashina turini tanlash va asoslash

To’qimachilik sanoatining trikotaj ishlab chiqarish tarmog’ida eng ko’p turdagi mashinalar qo’llanishi barchamizga ayondir. Buni quyidagicha izohlash mumkin, birinchidan mahsulot ishlab chiqarish usullari (bichish, yarim muntazam va muntazam) bo’lsa, ikkinchidan qo’llaniladigan mashinalar konstruktiv tuzilishining turli tumanligidir (bo’ylamasiga va ko’ndalangiga to’qiydigan, yassi, aylana, bir yoki ikki ignadonli, qo’llaniladigan ignalarining tuzilishiga ko’ra ilgakli, tilchali, o’yiqli va hakozo). Haqiqatdan mashina tanlash masalasi juda ko’p omillarga bog’likligi tufayli anchagina murakkab hisoblanadi. Talabalar ko’proq ishlab chiqarishda qo’llaniladigan mashina turini tanlash bilan chegaralanadilar. Vaholanki korxonalardagi mashinalarning ayrimlari 30-40 yil avval o’rnatilgan. Hozirda ham moddiy, ham ma’naviy eskirgan ushbu mashinalarning loyihalovchi tomonidan tanlanishi loyihaning oldindan samarasizligiga olib kelishi mumkin.

Respublikamizda o’ta murakkab hisoblangan trikotaj mashinasozligi rivojlanmaganligi tufayli mashinalar qo’shni davlatlardan sotib olib kelinadi. Shuning uchun ham ularni tanlash va qo’llash vazifalarini oldindan atroflicha o’rganib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Oddiy to’qima ishlab chiqarish texnologik tizimiga asoslangan loyiha uchun imkoniyatlari keng va maxsus dasturlar asosida ishlaydigan mashinalar qabul qilingan hollar ham uchraydi, ba’zida esa mashinani o’zi to’qiy oladigan to’qimalarini qo’shimcha mashinalarda to’qish rejalashtiriladi. Bunday hollar texnologik jarayon murakkablashishi bilan bir qatorda, mahsulot sifatiga ham ta’sir etmay qolmaydi.

Odatda, dastavval to’quv mashinalar tanlanadi va ularning to’qish imkoniyatlari atroflicha taxlil qilinadi, texnik tavsifnomalari keltiriladi. Qolgan mashinalar to’g’risidagi ma’lumotlar diplom loyihasi hajmidagi qabul qilingan texnologik jarayonni tavsiflash qismiga kiritiladi. Zamonaviy, serunum, texnologik imkoniyatlari keng mashinalar tanlash bo’lajak korxona uchun yuqori samaradorlik garovi bo’lib xizmat qiladi.






Download 260 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 260 Kb.