To’qima turini tanlash va asoslash




Download 260 Kb.
bet2/14
Sana24.07.2021
Hajmi260 Kb.
#16060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
To’qima turini tanlash va asoslash

Loyihani bajarishga kirishish uchun avvalo to’qima turini tanlash lozim. Tanlangan to’qima maxalliy xom ashyodan to’qilgan bo’lib, unda bir necha turdagi trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoni mavjud bo’lsin.

Tanlangan to’qimadan ishlab chiqariladigan mahsulot xaridorgir bo’lishi asosiy shartlardan biridir. Shuningdek, to’qimaning taxtlash ko’rsatkichlari ma’lum bo’lishi kerak (ipni tarkibiy tuzilishi, chiziqli zichligi, to’qima o’rilishi, Rg, Rv, va yuza zichligi). Bu ko’rsatkichlar meyoriy xujjatlarda keltirilgan bo’ladi

Ma’lumki, to’qimalarining xilma-xilligi juda kengdir. Shu sababli ham turlari kengaytirish imkoniyatlari unchalik muammo bo’lmaydi. Shu o’rinda bir misol keltirishimiz o’rinli deb hisoblaymiz.

Masalan jakkard to’qimasi naqshli to’qima bo’lib, u o’z navbatida ko’ndalangiga to’qilgan va bo’ylamasiga to’qilishi mumkin. Bir qavatli va ikki qavatli, to’liq va to’liqmas, bir, ikki, uch, to’rt rangli bo’lishi mumkin. Masalan, to’liq va to’liq bo’lmagan lastik asosidagi jakkard halqalardan to’qimalarni oladigan bo’lsak, birinchisi orqa tomoni «kulirnaya glad’» to’qimasidan tashkil topganligi sababli bir oz yengilroq, buraluvchan, yupqa, shakl saqlash xususiyati pastroq, yuza zichligi ham bir muncha kam. Ikkinchisi esa orqa tomoni xosilali glad’ bo’lganligi sababli qalinroq, buraluvchanligi past, og’irroq va shakl saqlash xususiyati yuqoriroqdir.

Ishlab chiqarishda o’zini markasini saqlaydigan korxonalar to’liq bo’lmagan jakkard to’qimasini qo’llashsa, xom ashyoni tejayman deganlar to’liq jakkard to’qimasidan foydalanishadi. Ikkalasi o’rtasidagi farq, sifat ko’rsatgichiga ta’sir etmay qolmaydi.

Yana bir misol: odatda ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda press to’qimasidan keng foydalaniladi. Bu to’qima ham naqshli to’qima turkumiga xos bo’lib bo’ylamasiga va ko’ndalangiga to’qiladigan, bir va ikki qavatli, sidirg’a, naqshli va boshqa xillari bilan turlanadi. Ushbu to’qimani to’qish usullari uch xildir, shulardan ikki xili keng tarqtilgandir.

Birinchisi tugallash operatsiyasisiz va ikkinchisi egish operatsiyasisiz. Birinchi usulda halqa hosil qilinayotgan to’liq egilib tugallash operatsiyasini to’liq bajarmaydi, ya’ni egilgan ip igna ko’tarilganda igna tilchasida qoladi. Egish operatsiyasisiz usulda esa igna to’liq egish chuqurligiga tushmasdan yuqoriga qaytib ketadi. Bunda egilayotgan ip bamisoli igna qadami o’lchamiga ega bo’lib qoladi. Demak, birinchi usulda «nabroska» halqa uzunligi teng ravishda shakllansa, ikkinchisida bir muncha kaltaroq igna qadami o’lchamida shakllanadi. Ikkala xollarning farqi to’qima xususiyatlariga ta’sir etmay qolmaydi. Birnchisining qalinligi yuqoriroq, cho’ziluvchanligi ham yaxshi, og’irligi nisbatan yuqori, ikkinchisining farqlari o’z navbatida yupqaroq, kamroq cho’ziluvchan, engilroq. Ushbu farqlar o’z navbatida mahsulot sifatiga ta’sir etmay qolmaydi. To’qima turini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish tavsiya etiladi:

1. Loyihalanayotgan korxona turli tarkibli xom ashyolardan to’qimalarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’lishi.

2. To’qimalar zamon talabiga javob bera oladigan xaridorgir bo’lishi.

3. Tanlangan to’qima maxalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan bo’lishi.



Download 260 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 260 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’qima turini tanlash va asoslash

Download 260 Kb.