Texnologik jarayon ketma-ketligini tanlash




Download 260 Kb.
bet5/14
Sana24.07.2021
Hajmi260 Kb.
#16060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Texnologik jarayon ketma-ketligini tanlash

Texnologik jarayon deb, to’qimachilik materiallari, tolalar, kalava iplar, to’qimalar, trikotaj mato va boshqalarning xususiyatlari o’lchamlari va shakli kabi sifat ko’rsatkichlarini mexanik ta’sir, havo, issiqlik, elektr, kimyoviy usullar yordamida o’zgartirishga yo’naltirilgan ishlov berishdir. Bunday ma’lum ketma-ketlikga asoslangan tizim ishlab chiqarish texnologiyasi deb yuritiladi. Odatda, texnologiyalar eski, zamonaviy va kelajakda qo’llaniladigan bo’lishi mumkin. Hozirda mamlakatimizga yangi zamonaviy texnika-texnologiyalar kirib kelayotgan bo’lsada, aksariyat tarmoq korxonalarida eski texnologiyalar mavjuddir. Buning asosiy sabablaridan biri o’tmishda yengil sanoat rivojiga yetarlicha diqqat e’tibor berilmaganligidir. Endilikda zamonaviy texnika texnologiyalarga asoslangan qo’shma korxonalarni barpo etib mavjud muammolar hal etilmoqda.

Texnologik jarayon ketma-ketligi loyihalanayotganda zamon talablariga javob bera oladigan texnologiyalarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Shuni unutmaslik lozimki 30-40 yil avval ishlab chiqarilgan mashinalardan to’la to’kis foydalanib bo’lingan, ularning ish xolati, tezligi, imkoniyatlari talabga javob bermasligi aniq. Hozirda ulardan vaqtinchalik, yangilarini sotib olgunga qadar foydalanilmoqda.

Har bir loyihalovchi sodda texnologik jarayon bilan murakkabi o’rtasidagi tafovutni ajrata olishi lozim. Sodda texnologiyada qo’l mehnati-hissasi ko’proq, konstruktiv tuzilishi jithatidan oddiydir, texnologik jarayonlar ko’p bosqichlidir. Murakkabida bir qancha texnologik vazifalar soddalashgan, komp’yuter yordamida boshqariladigan kam bosqichli jarayonlar avtomatlashtirilgandir.

Talabga javob bera oladigan zamonaviy texnologik jarayonga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini loyihalashga mutaxassislik fanlarini mukammal o’zlashtirgan, turli axborot manbalari (jurnal, patent, firma prospektlari, internet axborotlari) orqali hozirgi zamon texnologiyalari yutuqlaridan xabardor, mustaqil fikrga ega, mulohazali talabagina erisha olishi mumkin.



Download 260 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 260 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik jarayon ketma-ketligini tanlash

Download 260 Kb.