• Ikkinchi yo‘nalish
  • Uchinchi yo‘nalish
  • 102B guruh talabasi: Umarova Ziyoda Reja




    Download 41,26 Kb.
    bet2/5
    Sana18.12.2023
    Hajmi41,26 Kb.
    #122538
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    4. O`zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar

    Birinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Mazkur sohadagi chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi:

    • ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatishning aniq mezonlari hamda tartib-taomillarini joriy qilish;

    • kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalangan holda, ijro etuvchi hokimiyat organlarini optimallashtirish;

    • ijro etuvchi hokimiyat organlarining mustaqilligini oshirish hamda ularning Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish;

    • davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini izchil takomillashtirish va «Elektron hukumat» tizimini yanada keng joriy etish;

    • ma'muriy adliyani rivojlantirish va murojaatlarni kollegial eshitishni joriy qilish.

    Ikkinchi yo‘nalish ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalarini, ularni amalga oshirish mexanizmlari va javobgarlik sohalarini aniqlashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan quyidagi masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘riladi:

    • rivojlanish dasturlarini shakllantirishda hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tashabbuskorligi va rolini oshirish;

    • maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan, barcha darajadagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial yangi tizimini joriy qilish;

    • xalqaro amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan, shu jumladan, sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish, autsorsing, kraudsorsing kabi ishni tashkil etishning zamonaviy uslublaridan foydalanish;

    • rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilishda jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikning zamonaviy shakllarini joriy etish.

    Uchinchi yo‘nalish iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sirni qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda quyidagilar rejalashtirilmoqda:

    • xususiy sektor samarali faoliyat ko‘rsatayotgan sohalarda davlat ishtirokidagi tijorat tashkilotlarini tuzishni cheklash va amaldagi davlat korxonalarini qayta tashkil etish;

    • iqtisodiy faoliyatda davlat ishtirokining aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish;

    • ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishda ijtimoiy hamda davlat-xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish;

    • ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish.


    Download 41,26 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 41,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    102B guruh talabasi: Umarova Ziyoda Reja

    Download 41,26 Kb.