O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO - TEXNOLOGIYA INISITUTI
SHAHRISABZ FILIALI
“KIMYOVIY TEXNOLOGIYA VA SIFAT MENEJMENTI” KAFEDRASI
5310900 – “Metrologiya, standartlashtrish va mahsulot sifati menejmenti
(Tarmoqlar bo’yocha)” ta’lim yo’nalishi bo’yicha
Bitiruv malakaviy ishi
Mavzu: O’zbekiston respublikasi korxonalarida sifat menejmenti tizimlarini joriy etishda xalqaro standartlarni o’rni va ahamiyati.
Kafedra mudiri
Bitiruv malakaviy ish rahbari
HFX qism maslahatchisi
Iqtisodiy qism maslahatchisi
Taqrizchi
Bitiruvchi Fazliddinov Salohiddin Faxriddin o’g’li
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………………..
I-BOB RESPUBLIKADA XALQARO DAVLATLARARO, MINTAQAVIY STANDARTLARNI VA XORIJIY MAMLAKATLARNING STANDARTLARINI QABUL QILISH VA QOLLASH TARTIBLARI
1.1 Xalqaro standartlarni qabul qilish va umumiy qoidalar………………….
1.2 Mintaqaviy yoki Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish……
1.3 Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish sxemasi………………………...
1.4 Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom……………………………………………………….
II-BOB STANDARTLASHTRISH ISHLARINI TASHKIL ETISH, HOZIRGI TOZALASH TEXNOLOGIYALARINI KAMCHILIKLARI VA. INNOVATSION TAKMONLASH USULLARI (Ichimlik suvi bo’yicha)
2.1 Standartlashtirish ishlarini tashkil etish……………………………….
2.2 Ichimlik suvini tozalash jarayonining samaradorligini oshirish sifat menejmenti tizimiga asoslangan suv ta'minoti korxonasi…………………….
2.3 Ichimlik suvini tozalash ishlab chiqarish sifatini boshqarish tizimini tahlil qilish “Favorite ENERGO STORY”korxonasida suv………………….
III- BOB LOYIHADAN FOYDLANGAN HOLDA SUV SEKTORIDA ISO 9001: 2015 NI JORIY QILISH. BOSHQARUV TAMOYILLARI.
3.1 Korxonada ISO 9001ni joriy etishning ta’siri……………………………
3.2 ISO 9001 mezonlarini amalga oshirish uchun talab qilnadgan talablar…..
KIRISH
“O‘ZSTANDART” AGENTLIGI HUZURIDAGI STANDARTLASHTIRISH, SERTIFIKATLASHTIRISH VA TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti to‘g‘risidagi ustav.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi)
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish va qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom
2. Institut Toshkent shahri, Cho‘ponota ko‘chasi, 9-V uy manzili bo‘yicha operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
3. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi:
Standartlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda tasdiqlasin;
yangidan tashkil etilayotgan Institutni zarur moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish orqali uning samarali ishlashini tashkil etsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyati va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
|