Standartlarni kelishish va qo‘llash tartibi




Download 170,22 Kb.
bet5/26
Sana19.06.2024
Hajmi170,22 Kb.
#264279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
salox (2)

Standartlarni kelishish va qo‘llash tartibi
1. Standartlarini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ariza tushgandan so‘ng O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ushbu standartlarni qabul qilgan vakolatli organlarga ularni qo‘llash to‘g‘risida roziligini olish uchun so‘rov yuboradi.
2. Qabul qilinayotgan Standartlarni manfaatdor tomonlar bilan kelishish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari, ular bo‘lmagan taqdirda — Institut tomonidan amalga oshiriladi.
3. Qabul qilinayotgan Standart manfaatdor tomonlar tomonidan o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi va ushbu standartni respublikada qabul qilishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) bo‘yicha takliflar kiritiladi.
4. Manfaatdor tomonlar tomonidan o‘n besh kun mobaynida takliflar kiritilmasa, ushbu Standart kelishilgan hisoblanadi.
5. Kelishish natijalariga ko‘ra standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari (ular bo‘lmagan taqdirda — Institut) besh kun muddatda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga ushbu Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosani taqdim etadi.
6. Standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qaror qabul qilinadi.
7. Standartlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi manfaatdor tomonlarga asoslangan rad javobini yuboradi.
8. Standartlar ularni amalga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oydan kechikmay kuchga kiradi.
Amaldagi davlat standarti o‘rniga Standart qabul qilingan taqdirda o‘n ikki oydan ko‘p bo‘lmagan o‘tish davri nazarda tutiladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning Davlat fondi tarkibiga kiritiladi.
10. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, qabul qilingan standartlar reyestrini yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan Standartlar to‘g‘risidagi ma’lumot O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Institutning rasmiy saytlarida qo‘llash haqidagi qaror qabul qilingandan so‘ng 5 kundan kech bo‘lmagan muddatda e’lon qilinadi.
11. Xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlarning standartlari ularni qo‘llash doirasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan qo‘llaniladi.

Download 170,22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 170,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlarni kelishish va qo‘llash tartibi

Download 170,22 Kb.