• Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish
  • Mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni qabul qilish




    Download 170,22 Kb.
    bet4/26
    Sana19.06.2024
    Hajmi170,22 Kb.
    #264279
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    salox (2)

    Mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni qabul qilish
    1. Respublikada mintaqaviy standartlarni qabul qilish standartning identifikatsiya raqamini davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida saqlangan holda bevosita qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
    2. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zo — mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi doirasida qabul qilinadigan standartlar Davlatlararo kengashning standartlashtirish bo‘yicha ishlarni olib borish qoidalariga muvofiq qabul qilinadi.
    3. Agar qabul qilinadigan hududiy yoki davlatlararo standartlarda respublikada qabul qilinmagan boshqa xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarga havolalar bo‘lsa, ularni bir vaqtda qabul qilish bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak.
    4. Xalqaro, mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish bo‘yicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan mintaqaviy yoki davlatlararo standart bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va ularning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilingan standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak.


    Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish
    1. Respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish mazkur mamlakatlar bilan tuzilgan kelishuv va/yoki bitimlarga muvofiq standartning identifikatsiya raqamini saqlagan holda davlat tilida hamda standartning asli yozilgan tillardan birida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    2. Xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organlaridan olingan ushbu mamlakatlarning standartlarini qo‘llash to‘g‘risidagi rozilik respublikada xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
    3. Qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatlar standartida respublikada qabul qilinmagan boshqa Standartlarga havolalar mavjud bo‘lsa, ularning bir vaqtda qabul qilinishi bo‘yicha ishlar olib borilishi kerak.
    4. Havola qilingan Standartlarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish bo‘yicha ish olib borishda, birinchi navbatda qabul qilinayotgan xorijiy mamlakatning standarti bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va ularning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilingan Standartlarni qabul qilish muhimligini hisobga olish kerak.

    Download 170,22 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 170,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mintaqaviy yoki davlatlararo standartlarni qabul qilish

    Download 170,22 Kb.