Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning vazifalari va funksiyalari




Download 170,22 Kb.
bet8/26
Sana19.06.2024
Hajmi170,22 Kb.
#264279
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
salox (2)

Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning vazifalari va funksiyalari
1. Quyidagilar TQning asosiy vazifalari hisoblanadi:
standartlashtirish tizimlarining faoliyatini va rivojlanishini ta’minlashda qatnashish, xalqaro standartlarni qo‘llash asosida uni xalqaro, davlatlararo tizimlar bilan uyg‘unlashtirish;
standartlarni ishlab chiqish, qabul qilish, qayta ko‘rib chiqishda ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish yo‘li bilan, shu jumladan, ularda an’anaviy texnologiyalarning oldinda boruvchi imkoniyatlarini, istiqbolga dastlabki talablarni belgilashni hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobatdoshligi oshirilishini ta’minlashda ishtirok etish.
2. Quyidagilar TQning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
standartlarni ishlab chiqishda manfaatdor tomonlarning takliflarini ko‘rib chiqish;
standartlarni ishlab chiqish, o‘zgartirishlar kiritish, qayta ko‘rib chiqish va bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
TQning ish dasturiga muvofiq standartlarni ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, va tasdiqlashga tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan va ushbu TQga biriktirilgan standartlarni tahlil qilish (keyingi o‘rinlarda standartlarni tekshirish deb ataladi);
O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni joriy etish va amaldagi davlat standartlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash; xalqaro, mintaqaviy va boshqa davlatlarning milliy standartlarini qo‘llashda ko‘maklashish;
TQ faoliyati sohasida standartlashtirish holati bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish.
TQga a’zo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillari, TQ, quyi qo‘mita, ishchi guruh yig‘ilishlarida, shuningdek, bevosita o‘z tashkiloti tomonidan yuklangan funksiyalarni masofadan turib bajaradi.
3. Quyidagilar TQ raisining asosiy vazifalari hisoblanadi:
TQning, jumladan, uning quyi qo‘mitalari va ishchi guruhlari ishini tashkil qilish va rahbarlik qilish;standartlashtirish maqsadlari va vazifalariga muvofiq TQ faoliyatining texnik siyosatini belgilash;
TQ faoliyati sohasi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha barcha davlat va jamoat tashkilotlarida TQ nomidan vakillik qilish;
TQning ish dasturini tasdiqlash;TQ yig‘ilishini o‘tkazish.
TQ raisining o‘rinbosari rais tomonidan berilgan vazifalarni, shuningdek, rais o‘qligida uning vazifalarini bajaradi.
4. Quyidagilar TQ mas’ul kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
TQ yig‘ilishlarini o‘tkazishga tayyorlash va o‘tkazilishini ta’minlash;
TQ tarkibiga kiradigan quyi qo‘mitalar va ishchi guruhlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
TQ ish dasturlari loyihalarini tayyorlash va ushbu dasturlarning bajarilishini nazorat qilish;
standartlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etish;manfaatdor tomonlar tarafidan standartlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish, ularni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etishga tayyorlash;
manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilish uchun standartlar loyihalarini intenet tarmog‘iga joylashtirish;
TQga a’zo tashkilotlar tomonidan TQga tushgan materiallar va hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
TQga biriktirilgan standartlar ro‘yxatini yangilash;
TQ qarorlarini rasmiylashtirish;
ish yuritish, hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, shu jumladan, tashkilotlar bilan yozishmalar olib borish;
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning namunaviy yillik hisobotini tayyorlash;
yillik hisobotni tasdiqlash uchun TQ raisiga taqdim etish va 1-fevraldan kechiktirmay Institutga va TQ ga a’zo tashkilotlarga yuborish.


Download 170,22 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Download 170,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning vazifalari va funksiyalari

Download 170,22 Kb.