O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV




Download 170,22 Kb.
bet2/26
Sana19.06.2024
Hajmi170,22 Kb.
#264279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
salox (2)

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari aniq ishonchli o‘lchash natijalarini olish, o‘lchash vositalarini keng qo‘llanishini talab qiladi. Shuning uchun Oliy ta’lim Davlat standartida “Muxandislik va muxandislik ishi” ta’lim sohalarida “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” faniga keng o‘rin ajratilgan. Metorlogiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fani dasturi axborotva kommunikatsiya texnologiyalari uchun zarur bo‘lgan o‘lchashlar birliligini ta’minlash, o‘lchash vositalari, o‘lchashlar yagonaligi, o‘lchash xatoliklari va noaniqliklari, standartlashtirish turlari, normativ hujjatlar toifalari, sertifikatlashtirish turlari va sxemalari, mahsulot sifati va xavfsizligi bo‘yicha boshlang‘ich tushunchalar va ularning amaliy tadbiqlarini o‘zichiga olgan bo‘limlaridan tashkil topgan.
Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida turli metrologik, standartlashtirish sifat va sifat boshqaruvi, sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yo‘nalishga mos yetarli bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdir. Shuning uchun o‘lchashlar birliligini ta’minlash, standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ushbu fan axborot va kommunikatsiya texnologiyalarida qo‘llaniladigano‘lchash vositalari metrologik tavsiflarini, xatoliklar klassifikatsiyasi, noaniqliklar turlari va manbaalari standartlashtirishning turli darajadagi ob’ektlari, sertifikatlashtirish tizimi bosqichlarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga oladi. Mazkur fan talabalarga tabiiyfanlarni o‘zlashtirishda, keyinchalik esa ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi. Fanning vazifasi - talabalarga uzluksiz ta’lim tizimida “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqib, bunda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha nazariy, amaliy va me’yoriy hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganiladi. Bu borada asosiy masala qilib sifat masalasiga e’tibor qaratiladi.
"Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan metrologik ta'minot, sohaga ISO 9000:2000 standartlari asosida sifat menejmenti tizimini joriy qilish, standartlashtirish ishlari va sertifikatlashtirish muolajalari bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanish, hamda me'yoriy-texnik hujjatlar va soha standartlari bilan ishlash borasida etarli bilim va malakalarni hosil qilishdir. Asosiy vazifasi esa talabalarga uzluksiz ta'lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish" asoslari bo‘yicha mukammal bilim berishdir. Ushbu fan namunaviy o‘quv rejasining umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta'lim oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. Fanni o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy qoidalarni, talablar va me'yorlarni, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha me'yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu hozirgi kunda, ayniqsa, xalqaro standartlarning talablariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va uning raqobatbardoshliligini ta'minlashda dolzarb masalalardan biri sanaladi. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy maqsad mahsulotlar va xizmatlar sifati, havfsizligi va raqobatbardoshliligini ta'minlashdir. Standartlashtirishning afzallik jihatlari. Uni shunday ta'riflash mumkin, standartlashtirish iqtisodiyotni maksimallikka erishishiga qaratilgan. Standartlar jamiyatning turli jabhalarida bir qancha afzalliklar olib kiradi. Texnologlar uchun standartlar: Tovarlar va xizmatlarni yanada takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlar va rivojlantirishning yangi bosqichlarini shakllanishida xizmat qiladi

I-BOB. RESPUBLIKADA XALQARO DAVLATLARARO, MINTAQAVIY STANDARTLARNI VA XORIJIY MAMLAKATLARNING STANDARTLARINI QABUL QILISH VA QOLLASH TARTIBLARI.


1.1 Xalqaro standartlarni qabul qilish va umumiy qoidalar

Download 170,22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 170,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Download 170,22 Kb.