|
Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirishda ishtirok etish
|
bet | 9/26 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 170,22 Kb. | | #264279 |
Bog'liq salox (2)Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirishda ishtirok etish
1. TQ Standartlashtirish davlat rejasini, standartlashtirish tarmoq dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi.
2. TQ kotibiyati TQ ga a’zo tashkilotlarning takliflarini, TQ (quyi qo‘mita) qarorlarini va Agentlik tomonidan belgilangan ustuvor vazifalarni hisobga olgan holda standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ish dasturini ishlab chiqadi. Standartni ishlab chiqish to‘g‘risida taklif tushsa, kotibiyat uni ishlab chiqishning maqsadga muvoiqligini yig‘ilishda yoki masofadan turib TQ a’zolari o‘rtasida muhokama qilishi kerak.
3. TQga a’zo tashkilotlarning takliflari asosida TQ har yili standartlashtirish davlat rejasiga taklif-buyurtmanomalar tayyorlaydi.
4. Agar tasdiqlangan standartlashtirish davlat rejasiga o‘zgartirishlar kiritish zarur bo‘lsa, a’zo-tashkilotlar TQ doirasida ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha taklif-buyurtmanomalar beradi.
Standartlarni ishlab chiqish va tekshirish
1. TQ standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq holda standartlarni ishlab chiqadi.
2. TQ standartlarning O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, texnik reglamentlarga, xalqaro (mintaqaviy) standartlarga muvofiqligini tahlil qilish maqsadida ularni tekshiradi, buning natijasida ularni qayta ko‘rib chiqilmasdan va o‘zgartirmasdan amalda saqlash yoki qayta ko‘rib chiqish, o‘zgartirish yoki bekor qilish zarurati to‘g‘risida xulosaga keladi.
3. Standartlarni tekshirishda TQ standartlashtirish tizimi talablariga amal qiladi.
4. Agar standartlarni tekshirish jarayonida standartni bekor qilish maqsadga muvofiqligi aniqlansa, u holda TQ kotibiyati standartlashtirish tizimi talablariga muvofiq ushbu standartni bekor qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi.
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari (quyi qo‘mitalar, guruhlar) ishida ishtirok etish
1. TQ standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning standartlari loyihalarini ko‘rib chiqish va ushbu loyihalar bo‘yicha ovoz berishda, O‘zbekiston Respublikasi takliflarini tayyorlashda ishtirok etadi.
2. TQ ayni shunday faoliyat sohasi bo‘lgan xalqaro (mintaqaviy) standartlashtirish tashkilotlarining TQ (quyi qo‘mitalar, guruhlar) ishida qatnashadi.
3. Agentlik standartlashtirish bo‘yicha xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning TQ ishida ishtirok etish uchun TQga kirishni ta’minlaydi. TQ standartlashtirish bo‘yicha tegishli xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning ishlash qoidalariga muvofiq holda faoliyat yuritadi.
4. TQ kotibiyatini boshqarishda, xalqaro (mintaqaviy) tashkilotlarning yoki ularning TQ ishida ishtirok etishda TQ xalqaro (mintaqaviy) TQ nizomiga amal qiladi.
|
| |