|
Kimyoviy texnologiya va sifat menejmenti
|
bet | 6/26 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 170,22 Kb. | | #264279 |
Bog'liq salox (2)Yakunlovchi qoidalar
1. Standartlar va ularga kiritilgan o‘zgarishlarni nashr qilish va qayta nashr qilish ularni tasdiqlagan xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning standartlashtirish bo‘yicha milliy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida qabul qilingan standartlarni va ularga o‘zgarishlarni qabul qilish ularni tasdiqlagan tegishli xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning milliy organlari bilan tuzilgan bitimlarga va shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
1.3 Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish sxemasi
Bosqichlar
|
|
Subyektlar
|
|
Tadbirlar
|
|
Muddatlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich
|
|
Manfaatdor tomon
|
|
Standartni qabul qilish uchun buyurtmanomani berish
|
|
Zaruratga ko‘ra
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich
|
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
|
Xorijiy mamlakat standartini qo‘llash to‘g‘risida roziligini olish uchun ushbu mamlakatning vakolatli organlariga so‘rovni yuborish
|
|
5 kun davomida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich
|
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
|
Standartni qabul qilish buyurtmanomasini texnik qo‘mitalarga yoki Institutga yuborish
|
|
5 kun davomida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich
|
|
Manfaatdor tomon, Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, Institut
|
|
Standartni qabul qilishga (ishlab chiqish. tarjima qilish, rasmiylashtirish) tayyorlash
|
|
Shartnomada kelishilgan muddatlarda
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
5-bosqich
|
|
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, Institut
|
|
Qabul qilinadigan Standartni manfaatdor tomonlar bilan kelishish
|
|
15 kun davomida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6-bosqich
|
|
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar, Institut
|
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga Standartni respublikada qabul qilish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi xulosani kiritish
|
|
5 kun davomida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7-bosqich
|
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
|
Standartni Respublika hududida qo‘llash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish
|
|
5 kun davomida
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
8-bosqich
|
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
|
Standartni ko‘llash haqidagi qaror qabul qilinganda ularni �malga kiritish
|
|
uch oydan kechikmay
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
9-bosqich
|
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Institut
|
|
Respublika hududida qabul qilingan Standart to‘g‘risidagi ma’lumotni rasmiy saytlarda e’lon qilish
|
|
5 kun davomida
|
|
|
|
1.4 Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom.
Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning (keyingi o‘rinlarda TQ deb ataladi) faoliyatini tashkil etish, tugatish tartibi, asosiy funksiyalarini, TQ doirasida ishlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita — faoliyatning biriktirilgan sohasi bo‘yicha milliy, mintaqaviy, davlatlararo va xalqaro standartlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha manfaatdor tomonlarning hamkorlik qilish shakli;mas’ul kotib — TQ ishlarini yurituvchi shaxs;manfaatdor tomon — standartlarni qabul qilish va qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan tegishli mahsulot (xizmat) turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlatva xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar;standartlashtirish sohasi — standartlashtirishning o‘zaro bog‘liq obyektlari majmui;standartlashtirish tizimi — standartlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga soluvchi tizim;
3. TQ o‘z ishida:
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga;
O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlariga;
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarga;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita to‘g‘risidagi namunaviy nizomga amal qiladi.
4. TQ faoliyatiga umumiy rahbarlikni Agentlik, uning faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish, axborot-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va kuzatib borish — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti tomonidan amalga oshiriladi (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi)
Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning tuzilmasi
1. TQ tuzilmasiga quyidagilar kiradi: rais, rais o‘rinbosari (zarur bo‘lganda), mas’ul kotib, TQga a’zo-tashkilotlar.
2. TQga rais boshchilik qiladi.
Rais, rais o‘rinbosari tashkilotlar rahbarlari, rahbar o‘rinbosarlari, bosh konstruktorlar, bosh texnologlar va TQ a’zolari bo‘lgan bo‘limlar rahbarlaridan saylanadi.
3. TQ kotibiyati ishiga TQ mas’ul kotibi rahbarlik qiladi.
Mas’ul kotib TQ kotibiyatini boshqaruvchi tashkilot xodimlaridan tanlanadi.
4. TQ faoliyatiga tegishli tartibga solish sohasiga taalluqli bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organi vakili bo‘lmagan TQ kotibiyati Institut tomonidan yuritiladi.
5. TQ tuzilmasida TQ faoliyatining ayrim sohalari bo‘yicha ishlarning muayyan qismini bajarish uchun TQ faoliyati sohalari tegishlicha chegaralangan holda quyi qo‘mitalar tuzilishi mumkin. tandartlashtirish bo‘yicha quyi qo‘mitani tuzish uchun kamida uchta TQga a’zo tashkilot uning ishida ishtirok etishga tayyorligini bildirishi kerak.
6. Quyi qo‘mitalarni tuzish, ularning raislari va mas’ul kotiblarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi.
7. TQ doirasida aniq loyiha bo‘yicha ishlarni tashkil etish uchun quyi qo‘mita ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlar va manfaatdor tomonlardan tashkil topgan ishchi guruhlarni tashkil etishi mumkin.
Ishchi guruhlarni tuzish, ularning rahbarlarini tayinlash ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq TQga a’zo tashkilotlarning ovoz berishi orqali amalga oshiriladi
Ishchi guruhning faoliyati loyiha tugagandan so‘ng to‘xtatiladi.
8. TQ tuzilmasi va tarkibining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot qaror qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun mobaynida Institutga yuboriladi.
Texnik Qo’mita faoliyatini tashkil etish va tugatish
1. Har qanday manfaatdor tomon TQni tashkil etish tashabbusi bilan chiqish huquqiga ega.
2. TQ faoliyatini ta’minlash TQ kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. TQ kotibiyati faoliyatning Institut, muayyan sohalariga va mahsulot turlariga, uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish (foydalanish), saqlash, tashish (transportda tashish), realizatsiya va utilizatsiya qilish jarayonlariga ixtisoslashgan yoki ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga hamda ushbu sohada eng yuqori ilmiy-texnik salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari yoki boshqa manfaatdor tomonlar tomonidan yuritiladi.
3. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirayotgan tashkilot quyidagilarga ega bo‘lishi lozim:
TQ faoliyatining tegishli sohasida o‘qigan va ish tajribasiga ega bo‘lgan standartlashtirish sohasidagi mutaxassislar; zarur moddiy-texnik baza va aloqa vositalari; hujjatlarni chet tilidan davlat tiliga tarjima qilishni tashkil etish imkoniyati.
4. TQni shakllantirish uchun tashabbus ko‘rsatuvchi standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitaning ishida ishtirok etish uchun TQ va uning taxmin qilingan faoliyat sohasini tuzish zarurati asoslarini keltirgan holda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasining namunaviy ish dasturi loyihasiga va TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasiga binoan standartlarning davlatlararo tasniflagichiga muvofiq kodlar bilan standartlashtirish obyektlarini o‘z ichiga olgan taklif-xatni Institutga, shuningdek, barcha manfaatdor shaxslarga yuboradi.
5. Manfaatdor tomonlarning ko‘pchiligiga TQni tuzishni boshlash haqida ma’lumot berish uchun Institut, Agentlik va Institutning rasmiy saytida tegishli xabarnomani joylashtiradi.
6. TQ tarkibi manfaatdor shaxslarning manfaatlarini hisobga olgan holda quyidagilarning vakillaridan shakllantiriladi:
TQ faoliyati sohasiga tegishli sohaga taalluqli bo‘lgan tartibga solish doirasiga doir davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar (iste’molchilar) bo‘lgan tashkilotlar;
TQ faoliyati sohasiga tegishli mahsulotlar iste’molchilari (buyurtmachilari) bo‘lgan tashkilotlar;
iste’molchilarning jamoat birlashmalari;
ilmiy-tadqiqot institutlari, ta’lim muassasalari;
Institut;
muvofiqlikni baholash organlari va boshqalar.
7. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtiradigan tashkilot TQ faoliyatida ishtirok etish istagini bildirgan manfaatdor shaxslar vakillarining tashkiliy yig‘ilishini o‘tkazadi, unda standartlarning davlatlararo tasniflagichi kodlari bilan standartlashtirish obyektlari, TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi, TQning ish dasturi ko‘rsatilgan holda TQ faoliyati sohasi ma’qullanishi kerak hamda rais, rais o‘rinbosar(lar)i va mas’ul kotib lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatiladi.
O‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilish natijalariga ko‘ra barcha ishtirokchilar tomonidan imzolangan bayonnoma tuziladi.
TQni tuzish to‘g‘risidagi taklif kamida beshta manfaatdor shaxs tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak.
TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi TQ raisi lavozimiga taklif etiladigan vakil tashkilotning boshlig‘i (rahbar o‘rinbosari) va TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot rahbari (rahbar o‘rinbosari) bilan kelishilishi kerak.
8. TQ kotibiyatini yuritishni rejalashtirgan tashkilot TQ to‘g‘risidagi nizom loyihasi (qog‘oz va elektron tashuvchi) bilan TQni tuzish bo‘yicha qaror qabul qilish haqida ma’qullangan materiallarni, TQning ish dasturini, TQ tarkibini (TQga a’zo tashkilotlar ro‘yxati) Institutga yuboradi.
9. Institut Agentlikning TQni tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘i loyihasini bir haftalik muddatda tayyorlaydi va belgilangan tartibda tasdiqlashga taqdim etadi, unda TQning nomi mavjud bo‘ladi, kotibiyatni yuritish vazifasi yuklangan tashkilot, TQ faoliyati sohasi, TQ nizomi, uning tarkibi belgilanadi.
10. Agentlik bir hafta muddatda buyruqni qabul qiladi va uning nusxasini Institut va TQ kotibiyatiga yuboradi.
11. Identifikatsiya va hisoblash maqsadlari uchun tuzilgan TQga “STQ” (Standartlashtirish texnik qo‘mitasi) harflaridan, identifikatsiya (tartib) raqami va TQ nomidan tashkil topgan belgilar beriladi.
Identifikatsiya (tartib) raqamlari Agentlik tomonidan tuzilgan va TQ yagona reyestriga kiritilgan tartibda beriladi va quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
TQni ro‘yxatga olish tartib raqami;
TQ nomi;
qoshida TQ tuzilgan manfaatdor tomon nomi;
TQ faoliyati sohasi;
TQ faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa TQga berilmaydi.
12. Har bir quyi qo‘mita o‘z identifikatsiya (tartib) raqami va nomiga ega bo‘ladi. Quyi qo‘mitaning belgilanishi “STQQ” harflari, quyi qo‘mita raqami va uning nomini o‘z ichiga oladi.
Quyi qo‘mitalar tuzilgan tartibda raqamlanadi. Quyi qo‘mitaning faoliyati tugatilganda uning raqami boshqa quyi qo‘mitaga berilmaydi.
13. TQ to‘g‘risidagi tasdiqlangan nizom, TQ tarkibi va TQ ish dasturi Institutning saytiga joylashtiriladi.
14. TQ faoliyati quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
tashkil etilish maqsadidagi ishlarni bajarilishi yakuniga yetganda;
TQ faoliyati sohasida o‘n ikki oy davomida ishning mavjud emasligi;
ushbu Nizomning 53-bandiga muvofiq ovoz berish;
TQga a’zo — tashkilotlarning soni beshtadan kamayganda;
TQ faoliyatining samaradorligini baholashning salbiy natijalari.
TQ faoliyatining to‘xtatilishi TQ yig‘ilishi bayonnomasini taqdim etish yoki Institut taklifiga binoan Agentlikning qarori bilan rasmiylashtiriladi
15. TQ yagona reyestri Agentlik va Institutning rasmiy saytlarida joylashtiriladi.
|
| |