|
Kimyoviy texnologiya va sifat menejmenti
|
bet | 3/26 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 170,22 Kb. | | #264279 |
Bog'liq salox (2)Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini (keyingi o‘rinlarda Standartlar deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish va qo‘llash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
xalqaro standart — standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
mintaqaviy yoki davlatlararo standart — standartlashtirish sohasida mintaqaviy tashkilot doirasida qabul qilingan standart;
xorijiy mamlakatning standarti — xorijiy davlatning standartlashtirish bo‘yicha vakolatli organi tomonidan qabul qilingan standart;
manfaatdor tomonlar — Standartlarni qabul qilish va (yoki) ularni qo‘llashdan manfaatdor bo‘lgan mahsulotlarning (xizmatlarning) tegishli turlarini ishlab chiqaruvchi yoki iste’mol qiluvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar.
3. Standartlarni qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘lishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshiriqlarini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan Standartlarni qabul qilish bo‘yicha rejalar, dasturlar va tadbirlar;
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan tasdiqlanadigan Respublika standartlashtirish yillik dasturi;
standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalarining ish rejalari;
manfaatdor tomonlarning O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga buyurtmanomalari (murojaatlari).
Respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlarni va xorijiy mamlakatlarining standartlarini qabul qilish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Standartlarni davlat tiliga tarjima qilish manfaatdor taraf tomonidan ta’minlanadi.
Xalqaro standartlarni qabul qilish
5. Xalqaro standartlar O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari shaklida, davlat tilida va standartning asli yozilgan tillardan birida qabul qilinadi.
6. Respublikada xalqaro standartlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari shaklida quyidagicha amalga oshiriladi:
IDT qisqartirma bilan belgilangan, xalqaro standartlar bilan aynan o‘xshash;
MOD qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan;
NEQ qisqartirma bilan belgilangan xalqaro standartlarga nisbatan ekvivalent bo‘lmagan.
7. Xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari sifatida qabul qilishga tayyorgarlik bo‘yicha ish standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalari, ular bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O‘zbekiston standartlar instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
8. Agar O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan xalqaro standartda davlat standarti sifatida qabul qilinmagan standartlarga havolalar mavjud bo‘lsa, ularni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilishi zarur.
9. Havola qilinadigan xalqaro standartlarni bir vaqtda qabul qilish ishlari olib borilayotganida, birinchi o‘rinda, qabul qilinayotgan xalqaro standart bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan va uning talablari bajarilishini ta’minlaydigan havola qilinadigan xalqaro standartlarning ahamiyati hisobga olinishi zarur.
10. O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti quyidagi hollarda xalqaro standartlar bilan aynan o‘xshash hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti texnik tarkibi, tuzilishi va mazmuni jihatidan aynan o‘xshash bo‘lsa;
O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti texnik tarkibi jihatidan aynan o‘xshash, biroq, unga tahririy o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
11. Xalqaro standartga aynan o‘xshash bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami titul varaqda aynan o‘xshash xalqaro standartning raqami ko‘rsatilgan holda saqlab qolinadi.
masalan: O‘z DSt ISO 5524:2017 (ISO 5524:1991, IDT).
12. O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti quyidagi shartlar bilan xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan hisoblanadi:
identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan texnik og‘ishlarni o‘z ichiga olgan;
identifikatsiyalangan va tushuntirish berilgan hamda har ikkala standart tuzilmasini oddiy taqqoslash imkoni bo‘lsagina o‘zgartirish kiritishga ruxsat beriladigan xalqaro standartning (xalqaro hujjatning) tuzilmasini aks ettiradi;
xalqaro standartlarga havolalarni almashtirishi mumkin bo‘lgan normativ havolalar shaklida O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari mavjud bo‘lmasa — har bir havola o‘rniga havola qilinadigan xalqaro standart mazmunini (uning bo‘limlari, bo‘linmalari, bandlarini, kichik bandlari, ilovalarini) muqobil almashtirishi mumkin bo‘lgan qoida keltiriladi;
qo‘llaniladigan xalqaro standart matnida aynan o‘xshash yoki modifikatsiyalangan davlat standartlari sifatida qabul qilingan boshqa xalqaro standartlarga havolalar bo‘lsa — o‘zgartirilgan standart loyihasini tayyorlashda xalqaro standartlarga havolalar o‘rniga ular bilan uyg‘unlashtirilgan davlat standartlariga havolalardan foydalanadi.
Modifikatsiyalangan standart matnida xalqaro standartga havola o‘rniga bir xil standartlashtirish obyektiga (mahsulot, jarayon yoki xizmat) tatbiq etiladigan, biroq havola qilinadigan xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirilmagan davlat standartiga havola qilishga ruxsat etiladi.
13. Xalqaro standartga nisbatan modifikatsiyalangan O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga qo‘yilmaydi. Modifikatsiyalangan xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qo‘yiladi.
Masalan: “O‘z DSt 3220:2019” (ISO 9227:2012, MOD).
14. O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti quyidagi shartlarda xalqaro standartga nisbatan noekvivalent hisoblanadi:
identifikatsiyalanmagan va ularni kiritish sabablari tushuntirilmagan texnik og‘ishlarni o‘z ichiga olgan;
identifikatsiyalanmagan va tushuntirilmagan, tuzilmasida xalqaro standart bilan oddiy taqqoslashni ta’minlamaydigan o‘zgarishlarga ega;
xalqaro standart talablarining katta bo‘lmagan (miqdori va/yoki ahamiyati jihatidan) qismini o‘z ichiga olgan.
15. Xalqaro standartga nisbatan noekvivalent O‘zbekiston Respublikasining davlat standartini qabul qilishda, xalqaro standartning identifikatsiya raqami tartib raqamiga qo‘yilmaydi. Noekvivalent xalqaro standartning raqami titul varaqqa yozib qo‘yiladi.
Masalan: O‘z DSt 3722:2014 (ISO 3290-1:2008, NEQ).
1.2 Mintaqaviy yoki Xorijiy mamlakatlarning standartlarini qabul qilish
|
| |