• Texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari
  • Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita ishida qaror qabul qilish




    Download 170,22 Kb.
    bet10/26
    Sana19.06.2024
    Hajmi170,22 Kb.
    #264279
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
    Bog'liq
    salox (2)

    Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita ishida qaror qabul qilish
    1. TQga a’zo tashkilotlar doimiy vakolatli vakillarining bevosita TQ yig‘ilishida yoki masofadan turib ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qiladilar.
    2. Tartibotlar masalalari (TQ ish dasturiga qo‘shimcha kiritish, tarkibga yangi a’zo tashkilotlarni qabul qilish, TQ faoliyatini tugatish, raisni, rais o‘rinbosar(lar)ini, mas’ul kotibni saylash, ishchi guruh, quyi qo‘mitalarni tuzish va tugatish) bo‘yicha qaror TQga a’zo — tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining ko‘pchiligi uning uchun ovoz berganda qabul qilingan deb hisoblanadi.
    3. Standart loyihalari bo‘yicha qaror ovoz berishda ishtirok etuvchi TQga a’zo tashkilotlarning doimiy vakolatli vakillarining to‘rtdan uch qismi uning uchun ovoz berganda qabul qilinadi. Bunda ovoz berish natijalari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ovoz berish byulleteni bilan rasmiylashtiriladi. Ovoz berish byulleteni asosida hisobot tuziladi, unda ovoz berish natijalari, ovoz berishda kelishmovchilikni bartaraf etish bo‘yicha TQ harakati va mavjud e’tirozlar keltiriladi. Hisobot har bir TQga a’zo tashkilotlarga ovoz berish yakunlangach bir oy muddat mobaynida yuboriladi.
    4. TQ faoliyati samaradorligini baholash standartlashtirish tizimining asos bo‘luvchi normativ hujjatlari talablariga muvofiq holda Institut tomonidan amalga oshiriladi.
    Texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari
    1. Quyidagilar texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlari hisoblanadi:
    TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati;
    xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish bo‘yicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi;TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi.
    2. TQga biriktirilgan standartlar fondining sifati quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
    TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan davlat standartlari soni;
    xalqaro standartlar asosida ishlab chiqilgan standartlar soni.
    3. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish bo‘yicha ishlarda TQ faoliyatining samaradorligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
    xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlashtirish kotibiyatini yuritish;
    TQga biriktirilgan va ishlab chiqilgan xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarning umumiy soni.
    4. TQ faoliyatining uyushqoqligi va ochiqligi quyidagilardan kelib chiqib baholanadi:
    TQ ish dasturining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ko‘rsatkichlari;
    TQ faoliyati haqidagi axborotning mavjudligi va sermazmunligi;
    TQ faoliyati haqida taqdim etilgan yillik hisobotning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi ko‘rsatkichlari.
    5. TQ faoliyatining samaradorligini baholash ro‘yxatga olingan texnik qo‘mitalar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari qiymatlarining nisbiy yig‘indisidan kelib chiqib aniqlanadi.
    6. TQ faoliyati samaradorligini baholashni TQning yakunlangan yilgi faoliyati bo‘yicha Institut amalga oshiradi. Bunda tashkil etilganiga ushbu baholash o‘tkazilishiga qadar bir yildan kam bo‘lgan TQ faoliyati baholanmaydi.
    7. TQning faoliyati samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha quyidagi rag‘batlantirish choralari ko‘riladi:
    standartlashtirish sohasidagi normativ hujjatlar davlat fondidan bepul yillik foydalanish;
    xalqaro grant mablag‘lari hisobiga xorijiy tajriba orttirish, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ustunlik.
    8. TQ faoliyatining samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha vakolatli shaxslarga quyidagi javobgarlik choralari ko‘riladi:
    TQga a’zo — tashkilotlarning tarkibidan vakolatli shaxs(lar)ni chiqarish;
    standartlashtirish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda TQ ishtirok etishini to‘xtatish.

    Download 170,22 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




    Download 170,22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita ishida qaror qabul qilish

    Download 170,22 Kb.