|
11-§. Texnikada titrashni kelib chiqish sabablari
|
bet | 1/3 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 4,74 Mb. | | #151591 |
Bog'liq kitob
11-§. Texnikada titrashni kelib chiqish sabablari
Sanoat korxonalarida sodir bo`ladigan mexanik tebranishlar vaqt bo`yicha o`zgarib turadigan kuchning ta`siri natijasida vujudga keladi. Turli mashina, mexanizm konstruktsiya va qurilmalarning ishlash jarayonlarida vaqt bo`yicha o`zgaruvchi bunday kuchlarning paydo bo`lish sabablari turlichadir. Shu boisdan bunday kuchlarni taxlil qilish oson bo`lishi uchun ularni kategoriyalarga bo`lish maqsadga muvofiqdir.
1. Muvozanatsizlik holatida aylanishida va ko`cherish joyini o`zgartirish jarayonida vujudga keladigan kuchlar, texnikada muvozanatsizlik holati odatda jismning aylanish jarayonida aylanuvchi o`qining aylanuvchi jismning biror asosiy interval o`qi bilan mos kelmasligi tufayli vujudga kelishi amalda tasdiqlangandir. Bunday kuch ham asosan vaqt bo`yicha o`zgaruvchi sinusoidal bo`lib asosiy chastotasi ( n-aylanish chastotasi, ayl/min) bilan aniqlanadi.
Muvozanatsizlik vaqtidagi hosil bo`ladigan kuchlar mashinadagi detallarning aylanish sonlari yoki aylanishlarining yo`nalishlari o`zgarganda vujudga kelishi amalda tasdiqlangandir.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, muvozanatsizlik vaziyatida vujudga keladigan kuchlarning kattaliklari va yo`nalishlari tegishli konstruksiyalkardagi alohida alementlaridagi tezlik va tezlanishlarning o`zgarishiga bog`liq bo`lib, natijaviy titrlanishlar murakkab, lekin davriy bo`ladi va hokazo.
Tayanchlar orqali mashinalarning KORPUSLARIGA BERILADIGAN KUCHLAR.
Bu kuchlar tashqi muvozanatlash yoki tormozli elementlar bilan muvozanatlashmasa u holda mashinaning korpuslari shu kuchlarga nisbatan qarama – qarshi tomonga harakatlanish kerakki, natijada mashinalarning og`irlik markazi stakionar bo`lib qolishi aniq. Ana shundagina ichki muvozanatsizlik kuchlari mashinalarning tashqi xarakatlarini keltirib chiqaradi.
Vibratsion kuchlar mashina detallarida, ya`ni podshimnik tayanchlari, shesternyalar, friksion tormozlar va tishlagichlarning ishlashi vaqtida vujudga keladi. Bulardan tashqari bunday kuchlar elektrodivigitellardagi aylanuvchi rotor bilan stator o`rtasidagi xavo bo`shlig`ida ham sodir bo`ladi.
Magnitli kuchlar magnit oqimining kvadratiga proporsionaldir. Binobarin vujudga keladigan titrovchi kuchlar faqat chastotaga emas, balki chastota kvadratiga proportsional ham bo`ladi. Gidranlik sistemada bunday titrovhi kuchlar suyuqliklarni siklik siqilishi orqali oqimlarni ketma-ket ozod qilish jarayonida vujudga keladi. Masalan: Porshenli va parrakli nasoslarda zaruriy suyuqlik tegishli kameraga kiradi, keyin esa teshik orqali siqib chiqarilishi natijasida hosil bo`ladigan kuchlar shular jumlasidandir.
|
| |