-§. Titrashning organizmga ta`siri




Download 4,74 Mb.
bet2/3
Sana05.02.2024
Hajmi4,74 Mb.
#151591
1   2   3
Bog'liq
kitob

12-§. Titrashning organizmga ta`siri
Ma`lumki turli sanoat korxonalarida ishlaydigan ishchi organizmga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi ko`pgina omillar mavjud. Bunday salbiy ta`sir ko`rsatuvchi omillar ichida eng asosiylaridan bittasi titrash xodisasidir. Bunday titrashning operator organizmida xar doim (ish smenasi davomida) ta`sir etib turishi albatta organism uchun turli kasalliklarni keltirib chiqarishini hisobga olmoq kerak. Shu boisdan sanoat korxonalaridagi operatorlarning organizmida titrash tufayli vujudga keladigan kasallik eng ko`p tarqalgan kasbga aloqador `kasalliklar jumlasiga kiradi. Bunday kasalliklarni keltirib chiqaruvchi asosiy omillar jumlasiga titrashning organizmga ta`siri, muskullarning statik zo`riqish , gavdaning majburiy xolati va shovqin kabilarni qayd qilish mumkin.
Organizmda vibratsion kasallik periferi va markaziy nerv sistemalriga uzoq muddat (vaqt) titrashning ta`sir etishi oqibatida paydo bo`ladi. Natijada organizmda tomir faoliyati o`zgaradi va trfik buzilishlar kelib chiqadi, suyak va muskul sistemalarida turli o`zgarishlar yuz beradi va nixoyatda buning oldini olmasa boshqa organ va sistemalar funksiyalarida har xil buzilishlarni vujudga keltiradi. Masalan: Mahalliy titrash ta`sirida kelib chiqadigan vibratsion kasallik tabiati yoki manzarasi har xil, ammo titrashning ta`siri va unga qo`shilib kelgan kasbga aloqador omillarning turiga, shuningdek har bir organizmning o`ziga xos xususiyatlariga bo`g`liq ravishda bir-biridan farq ham qiladi va hokazo.
Qo`l panjalarini bir -biriga uzoq ishqalayotgan odamga kuzingiz tushganini eslay olasizmi? Qo`llar odatdan tashqari sovqotgani, barmoqlari qaqshab og`riyotganidan ko`pincha inson shunday tashvishlarga tushadi. Bunday kishilarning qo`llari sovuq suvga yuvganlarida ham og`riydi, og`riq asta sekin yelkagacha chiqadi va keyinchalik organizmning boshqa qismlariga o`z ta`sirlarini o`tkaza boshlaydi. Natijada titrashning mahalliy ta`sir etish oqibatida yuzaga kelgan vibratsion kasalliklar vujudga kelishi hisobga olmoq kerak.
Yana huni hisobga olmoq zarurki, mahalliy titrashning inson organizmiga ta`siri havo temperaturasining pasayishi bilan kuchayib (oshib) boradi va aksincha.
Vibratsion kasallikda asosan tomirlar spazmga uchraydi. Bu jarayon asta – sekin rivojlanib boradi va aksariyat markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi sifatida yuzaga chiqadi. Shu boisdan bunday kasallikka chalingan bemorlar asosan qo`l panjalari, barmoqlarning jonsizlanishi, uvishishi, qo`llarning tez-tez charchashi, og`rib turishi, ayniqsa ishdan keyin kechasi qaqshab og`rib bezovtalanishidan shikoyat qiladilar. Ba`zan barmoqlar changak bo`lib qoladi yoki panjalar dam-badam xolsizlanadi, oqibatda ishchilar qo`lidagi asboblari qo`lidan tushib ketish hollari sodir bo`ladi va shu bilan birga bora bora qo`llarga sovuq o`ta sezgir bo`lib qoladi va hokazo. Shunday qilib vibratsion kasallikda odatda markaziy nerv sistemasi ishi buziladi. Bemorlar bosh og`rishidan, uyqu buzilishidan, tez charchab qolishidan, serzardalikdan nolib shikoyat qiladilar. Bunday kasallikning boshlang`ich turida harakat funktsiyalari deyarli o`zgarmaydi, ya`ni kishining sog`ligi va ish qobilyati yomon bo`lmaydi. O`rtacha turida esa sog`likda o`zgarishlar yuzaga keladi, ish qobilyati pasayib borishi meditsina amaliyotida tasdiqlangandir. Kasallikning keying turida esa deyarli organizmning ko`p qismlaridagi funksiyalar ishdan chiqish holatiga kelib qoladi. Bunda bolder va tovon muskullarining tortishib turishi, oyoqlardagi zegetativ-tomir buzilishlari va sezish qobilyatining izdan chiqishi, oyoq kaftining tez terlanishi, ko`karishi, ba`zi qon tomirlaridagi o`zgarishlar, miya qon tomirlarining buzilishi va nerv sistemasining zaiflanishi, bosh aylanishi, og`rish, tez charchash, uyqusizlik, yurak o`ynashi va og`rishi, ba`zilarda qon bosimining oshishi kabilar vibratsion kasalliklarning chiqishi va ularning oqibatlarini xarakterlaydigan asosiy sabablaridandir va hokazo.
Yuqorida keltirilganlardan shuni xulosa qilish mumkinki, titrash tufayli operator organizmi uchun yanada og`irroq xolatlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan darak berishini hisobga olmoq kerak. Shu boisdan ushbu qo`llanmaning keying qismlarida vibroshovqinlar ta`sirida ishlaydigan paxtachilik sanoati korxonalarida texnologik mashinalarga qaraydigan yoki idora qilinadigan operatorlar organizmida qanday o`zgarishlar va kasalliklarni keltirib chiqarishlari bo`yicha alohida olib borilgan yoki kuzatgan amaliy natijalarimiz bo`yicha tegishli materiallarni keltirib siz kitobxonlarni batafsil tanishtirishga harakat qilganmiz. (VI-bobga e`tibor bering).



Download 4,74 Mb.
1   2   3




Download 4,74 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Titrashning organizmga ta`siri

Download 4,74 Mb.