11-Ma’ruza
Mavzu: Plastmassalardan buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi va sifatni
Reja:
1. Plastmassalar haqida asosiy ma’lumot.
2.
Plastmassa turlari
3. Buyumlar ishlab chiqarish usullarining sinflarga bo‘linishi
Plastmassa
- plastik
(yunon.
qayishqoq) va
massa
(lot.
yumaloqfangan
narsa) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan. Albatta, bu so‘z shartli tushunchaga
ega. Birinchi kashf qilingan plastmassalar bosim va qizdirish
natijasida muayyan
shaklga aylanib, sovigandan keyin tashqi muhit ta’sirida ilgarigi holatiga qaytolmas
edi. Keyinchalik issiqlik ta’sirida qayta ishlanadigan
plastmassalar ham ixtiro
qilingan. Jahonda birinchi bo‘lib plastmassa - selluloidni 1856- yili ingliz kimyogari
Aleksandr Parkes ixtiro qilgan.
Plastmassalar shaklini qayta tiklanishi bo‘yicha termoplast va reaktoplast turlariga
bo‘linadi. Termoplast plastmassalarning (masalan,
polietilen,
polivinilxlorid,
polistirollarning) molekulalari bo‘ylama joylashganligi sababli issiqlik ta’sirida
shaklini o‘zgartiradi. Ya’ni ulardan qilingan buyumlar chiqindilarini qayta ishlash
mumkin.
Reaktoplastlarning
(masaian,
aminoplast
va
ftoroplastlarning)
molekulalari to‘rsimon joylashganligi sababli ularni qayta ishlab bo‘lmaydi.
Plastmassalar arzonligi va ba’zi xususiyatlari bo‘yicha
boshqa materiallardan
qolishmasligi sababli, ishlab chiqarishda ko‘p qo‘llaniladi.
Hozirgi vaqtda ishlab
chiqarilayotgan materiallarning 20%ini plastmassa tashkil qiladi.
Lekin ular
parchalanmasligi
tufayli
atrof-imihitni
ifloslaydi, o‘simliklar
tomirlarini
oziqlanishiga to‘sqinlik qiladi va gidrofobligi (suv shimmasligi) uchun organizmga
zarari bor. Jizzax viloyatida Italiya bilan hamkorlikda qurilgan «O‘zitalplast» turli
xil xalq iste’mol mollari ishlab chiqarmoqda. Plastmassalar olinishi bo‘yicha uch
guruhga bo‘linadi: polimerizatsion hamda polikondensatsion
qatronlar va tabiiy
polimerlar
asosida
olinadigan
plastmassalar.