11-Mavzu: Internet asosiy protokollari r eja




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana17.05.2024
Hajmi2,28 Mb.
#240042
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
4.11-Mavzu

IPv4 protokolini adreslashdagi umumiy tamoyillar 
IP-adreslash asoslari. IP-adres o‘nlik sonlarda ifoda etilgan, W.X.Y.Z 
shaklida nuqtalar bilan ajratilgan. Unda nuqtalar oktetlarni ajratish uchun 
foydalaniladigan (masalan, 10.0.0.1) noyob to‘rt oktetlik (32-bitlik) kattalikni 
o‘zida ifoda etadi. Adresning 32 biti ikki qismdan iborat: tarmoq yoki aloqa adresi 
(o‘zida adresning tarmoq qismini ifoda etuvchi) va xost adresi (tarmoq segmentida 
xostni identifikatsiyalovchi). Tarmoqlarni ulardagi xostlar soni bo‘yicha ajratish 
IP-adreslarni sinflarga ajratish asosida amalga oshiriladi. IP-adreslarning 5 ta: A, 
B, C, D va E sinflari mavjud. Faqatgina A, V va S sinflari adreslari noyob sifatida 
foydalanilishi mumkin. D sinfiga oid adreslar tugunlar to‘plamiga murojaat qilish 
uchun qo‘llaniladi, «E» sinfiga oid adreslar esa tadqiqot olib borish maqsadida 
zahiralashtirilgan va hozirgi vaqtda ulardan foydalanilmaydi. Bundan tashqari, 
barcha sinflardagi bir necha adreslar maxsus maqsadlar uchun zahiralashtirilgan. 
«A» sinf adreslari. «A» sinf tarmoqlari adresdagi eng katta (chap) bitning 0 
qiymati bilan aniqlanadi. Birinchi oktet (0 dan 7 gacha bitlar) adresdagi chap 
bitdan boshlanadi. Ushbu oktet tarmoqdagi tarmoqosti (tarmoqning ichidagi kichik 
tarmoq)lar sonini belgilaydi, ayni vaqtda, qolgan uchta oktet (8 dan 31 ga qadar 
bitlar) tarmoqdagi xostlar sonini ifoda etadi. Misol uchun, tarmoqdagi A 124.0.0.1 
sinfi adresini olaylik. Bunda 124. — tarmoq adresini ifoda etadi, adres oxiridagi 
0.0.1 esa, ushbu tarmoqdagi birinchi xostni anglatadi. «A» sinfi adreslari 
yordamida, har bir tarmoqda faqatgina 16 777 214 (224-2) ta xostlarni ifoda etish 
mumkin. 
«B» sinf adreslari. «B» sinf tarmoqlari adresning katta bitlarida 1 va 0 
qiymatlar bilan belgilanadi. Adresdagi birinchi ikkita oktet (0 dan 15 ga qadar 
bitlar) tarmoq adreslarini ifoda etish uchun xizmat qiladi, qolgan ikkita oktet esa, 
ushbu tarmoqlardagi xostlar raqamlarini ifoda etadi. Natijada biz 65534ta 
xostlarning har biridan 16384ta tarmoqlar adreslariga ega bo‘lamiz. Misol uchun, 
«B» sinfi adresidagi 172.16.0.1, tarmoq adresi — 172.16, xost raqami — 0.1. 
«C» sinf adreslari. «C» sinf tarmoqlari adresdagi katta bitlar 1, 1 va 0 
qiymatlari bilan aniqlanadi. Birinchi uchta oktet (bitlar 0 dan 23 ga qadar) 
tarmoqlar raqamlarini ifoda etish uchun foydalaniladi, so‘nggi oktet esa (bitlar 24 
dan 31 ga qadar) tarmoqdagi xostlar raqamini o‘zida ifoda etadi. Shunday qilib, 2 
097 152 ta tarmoqqa ega bo‘lamiz, ularning har birida 254ta xost bo‘ladi. Misol 


uchun, S 192.11.2.1 sinfi tarmog‘idagi adresni olaylik, undagi 192.11.2 tarmoq 
adresini o‘zida ifoda etadi, tarmoqdagi xostning raqami esa — 1. 
«D» sinf adreslari. «D» sinf tarmoqlari IP — adresning birinchi to‘rtta 
bitlarida 1, 1, 1 va 0 qiymatlari bilan belgilanadi. «D» sinfining adres kengligi 
tugunlar to‘plamini adreslash uchun foydalanuvchi, guruhiy IP — adreslarni ifoda 
etish uchun zahiralashtirilgan. Bu mazkur paketning adres maydonida ko‘rsatilgan 
raqam bilan guruhni tashkil etuvchi bir nechta tugunlarga darhol yetkazilish 
lozimligini anglatadi. 
«E» sinf adreslari. «E» sinf tarmoqlari IP — adresning katta to‘rtta bitlarida 1, 
1, 1 va 1 qiymatlari bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda ushbu diapazon adreslaridan 
foydalanilmaydi. Ular tajriba maqsadlari uchun zahiralashtirilgan. Tarmoqostilarni 
adreslash. «A» sinfi, «V» sinfi va «S» sinfi tarmoqlaridagi xost -mashinalari 
raqamlari singari, tarmoqosti adreslari lokal ravishda beriladi. Boshqa IP — 
adreslari singari, tarmoqostining har bir adresi noyobdir. 

Download 2,28 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Mavzu: Internet asosiy protokollari r eja

Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish